I) ishning xulosalanmasligi. Xulosa
O`quvchilarga xos tipik imloviy xatolarni bartaraf qilish texnologiyalari‖ mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishni yozish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
1.Respublikamizda umumiy o`rta ta’lim maktablari uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilganligi munosabati bilan yozma ishlarga bo`lgan talablar ham ortmoqda.
2.Har bir o`quvchi ijodiy ishni yozishdan oldin mavzuni to`liq o`zlashtirgan va mustaqil tahlil qila oladigan bo`lishi kerak. Tanlangan mavzuni dalillar asosida, manbalar bilan boyitgan holda ijodiy yondashib bayon etishi kerak.
3.Dars jarayonida amalga oshiriladigan yozma mashg’ulotlarning aksariyati ko`chirib yozish, savollarga javob yozish, tayanch so`zlar asosida matn yaratishdir.
4.Yozma mashg’ulotlar o`quvchilarning yoshi va bilim darajasiga qarab soddadan murakkabga tomon berilishi kerak.
5.O`quvchilarning egallashi lozim bo`lgan ko`nikmalaridan biri grammatik atamaga asoslanib, grammatik vositani va qoidani, grammatik vositaga asoslanib, grammatik atama va qoidani eslay olish, unga amal qilib tuzatishdir.
6.O`quvchilarning yozma ishlarida quyidagi xatoliklar uchraydi:
a)bayon va insholar uchun to`g’ri epigraf tanlay olmaslik;
b)bayon va inshoga reja tuzish malakasining etarli emasligi. Reja tuzishda izchillikning yo`qligi;
c)reja bandlarining yoritilmasligi, reja asosida mavzuni izchil yorita olmaslik (to`g’ri kelgan fikrni yozib mavzuga amal qilmaslik) ;
d)bo`g’in ko`chirish qoidalarini bilmaslik;
e)qo`shimchalar imlosi (-ning o`rnida -ni, -da o`rnida –ga, - ni ishlatilishi h.k);
qo`shma, juft, takroriy so`zlar imlosini bilmaslik;
p)ishora xatolariga yo`l qo`yish (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, ko`p nuqta, undov, qo`shtirnoq, tire);
i)xat boshiga rioya qilmaslik (matnni qismga bo`la olmaslik);
l)ma`nodosh, shakldosh va paronim so`zlarni o`rinli qo`llay bilmaslik (bog’lanmaydigan so`zni bog’lash);
j.badiiy tasvir vositalaridan o`rinli foydalana olmaslik, jumlada gap bo`laklari tartibiga amal qilmaslik, matniy xato (bir so`zni takror –takror qo`llash) , mavzuni yoritish ko`nikmasi, bayon va insho mavzusi bilan matnning
k)nomutanosibligi (mavzudan chetga chiqish), badiiy izchillikning etishmasligi (ma`lumot matni bo`lishi), fikrlarning asoslanmasligi, so`z va so`z birikmalari, fikrlarning bir-biriga bog’lanmasligi;
o)ishning xulosalanmasligi.
5.Yozma ishdagi o`quvchi yo`l qo`ygan yuqoridagidek xatolarni tuzatish uchun imlo qoidalarini tez-tez esga tushirish.
6.Yo`l qo`yilgan xatoni topish uchun qaerdan qidirish kerak, ya`ni til sathlarining qaysi qismidan topishni o`rgatish.
7.Har bir darsda sinf taxtasida mashq bajarish, tahlil qilish, o`quvchining yozuvda yo`l qo`yadigan har bir xatosini doimiy ravishda hisobga olib borish, uning o`z vaqtida tahlilini o`tkazish.
8.Mantiqiylikka rioya qilishga, ijodiy va mustaqil fikrlay olishga o`rgatish.
9.Xatolar ustida ishlash uchun alohida daftarlar yuritish, unda xatolarni qaysi til hodisasiga muvofiq tuzatilishini qayd etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |