Qozog‘iston hamda Qirg‘izistondan topilgan bitiklar – ushbu bitiklar XX asrning 60–70 yillarida topilgan. Lekin, hali to‘liq o‘rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidan (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo‘rg‘on, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma ota, Tolg‘ar, Tinbas) topilgan bitiklar muhim ilmiy ahamiyatga egadir.
Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston hududidan topilgan bitiklarning ba'zilari S.Sodiqov, M.ye.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboev, Ch.Jumag‘ulov hamda G.Karag‘ulovlar tomonidan o‘rganib chiqqilgan va e'lon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |