Kul tegin bitigi – Bilga hoqonning (716 – 734 y.y.) inisi 731 yili vafot etgan Kul tegin sharafiga yozilgan. Mo‘g‘uliston Kosho Saydan vodiysida Ko‘kshin O‘rxun daryosi bo‘yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrinsev tomonidan 1889 yili topilgan. Bitik V.V.Radlov tomonidan 1891 yili, A.Xaykel tomonidan 1892 yili, V.Tomsen tomonidan 1896 yili, P.M.Melioranskiy tomonidan 1897 yili, X.Sheder tomonidan 1924 yili, S.ye.Malov tomonidan 1951 yili, G.Aydarov tomonidan 1971 yili yaxshi o‘rganilgan. Bitik nemis, fransuz, ingliz va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. G‘.A.Abduraxmonov hamda A.Rustamov tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilinib 1982 yili chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |