Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Download 163,5 Kb.
bet9/10
Sana02.01.2022
Hajmi163,5 Kb.
#311882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-B Bazarova Rahima kurs ishi

Chiston. Biror predmet yoki hodisaning xarakter va belgilarini ta’rif-tavsif etish orqali o’quvchini o’sha predmet yoki hodisani topishga dalolat qiladigan she’r chistondir. Lirikaning bu turi xalq og’zaki ijodidagi topishmoqlar asosida yuzaga kelgan bo’lib, X-XII asrlarda fors-tojik adabiyotida lug’z nomi bilan atalgan. Bu she’riy forma XV asrdan o’zbek yozma adabiyotida fors-tojik so’zi chiston, (chist-nima, on-u) nomi bilan yaratila boshladi. Alisher Navoiy o’zbek yozma adabiyotida bu lirik janrning dastlabki na'munalarini yaratib, uning adabiyotdagi o'rnini qonunlashtirgan va “Badoe’ ul-vasat” devoniga o’nta chiston kiritgan. Ularda shoir o’z atrofini o’rab turgan predmetlarni, ijtimoiy munosabatlarni, turmush hodisalarini aks ettiradi. Chiston XV asrdan keyin yashab ijod etgan so’z san’atkorlari, jumladan, Muhammad Rizo Ogahiy, Jahon otin Uvaysiy va boshqa shoirlar ijodida ham uchraydi. Masalan:

Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yo’q nishon,

Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur, makon.

Tuynugin ochib, alarning holidin olsam xabar,

Yuzlarida parda tortug’liq, turarlar bag’ri qon.

Uvaysiy qalamiga mansub bo’lgan bu chistonda anor tasvirlangan. Lekin muallif anor tasviri vositasi bilan o’zi yashagan muhitdagi huquqsiz, bag’ri qon ayollarning ayanchli ahvolini ko’rsatishga muyassar bo'lgan. Chistonlar ruboiy, tuyuq yoki g'azal kabi hajm, qofiya va boshqa jihatlardan qat’iy qonuniyatga ega emas. Ular ko’pincha qit’aga o’xshab ketadi va qit’a kabi qofiyalanadi. Vazn, baytlar soni jihatidan qat’iy chegara bo’lmaydi. Chiston-topishmoq hozir bolalar adabiyotining muhim janri bo’lib, u bolalarning olamni bilishi va o’rganishida, aqliy faoliyatining o’sishida muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.



Qit’a. Qit’a-arabcha so’z bo’lib, bo’lak, qism, parcha ma’nolarini anglatadi. X.K.Baranov qit’ani: 1) parcha (adabiy asar); 2) kichik she’r; 3) musiqa deb izohlaydi. Qit’a arab, fors-tojik, turkiy, jumladan o’zbek klassik she’riyatida, keng tarqalgan janrlardan biridir. Odatda, qit’a ikki baytdan boshlab, o’n va o’ndan ortiq baytdan iborat bo’ladi. Odatda, qit’aning birinchi bayti qofiyalanmaydi, (a-b, v-b, g-b) sxemasida qofiyalanadi. Masalan Alisher Navoiyning qit’asini misol keltirsak,

Umrini ablah kechurib g’aflat ila,

Nuqta o’rnag'ikim tortar xarros.

Bir eshakdurki, tag’ofil yuzidin

Qilg’ay izhor payopay arros.

Bu qit’ada odamlar harakterida uchraydigan badlafzliklar, qo’rsliklar keskin qoralanmoqda. G’ofil kimsani arros eshakka qiyoslagan.

Qit’a o’zbek klassik she’riyatida, xususan Alisher Navoiy ijodiyotidan boshlab katta o’rin egallaydi. Alisher Navoiyning qit’alarida hatto tabiatdagi oddiy qurg’oqchilik hodisalaridan tortib, chumolining hayoti, inson holati va shu kabi oddiy harakatlarga ham munosabat bildirgan. Alisher Navoiyni '”Xazoyin-ul-maoniy” kulliyotining o’zidayoq 210 ta qit’a mavjud. Alisher Navoiyning “Xazoyin-ul-maoniy”sidan tashqari “Munshaot, holoti Pahlavon Muhammad”, “Hamsat-ul-mutaxayyirin” va boshqa asarlarida bir qancha qit’alar bor. Qit’a hajm jihatdan chegarani bilmaydi. Unda fikr lo’nda va konkret bayon qilinadi, murakkab usullar, qochiriq kinoyalar deyarli uchramaydi, tasvir obyekti bevosita ko’rsatiladi. Qit’aning shakliy poetik belgilari: a) She’r hajm jihatidan kichikroq (2 baytdan 19 baytgacha) bo’ladi; b) She’rning matla’si bo’lmaydi; v) Qofiyalanishida qat’iy sxema yo’q. Amalda juft misralari qofiyalanib toq misralari ochiq qoladi. Qit’alarda taxallus qo’llanishi shart bo’lmagan. Biroq ayrim qit’alarda, xususan 7 baytdan ortiq bo’lgan qit’alarda shoir taxallusi ham kelishi mumkin. Qit’a o’zbek klassik adabiyotida Navoiydan keyin ham salmoqli o’rin tutadi. Qit’a haqida tojik adabiyotshunosi B.Sirus shunday yozadi:”Mazmun jihatdan qit’a g’azaldan oz farq qiladi”.

Biz hozir siz bilan qit’a va g’azal munosabati hususida fikr yuritmoqchimiz. Adabiyotda har bir lirik janrning ikkinchi bir lirik janr bilan biron bir shaklda yaqinlik, aloqadorlik tomonlari bo’ladi. Ammo bu to’g’rida gapirganda, avvalo har bir janrning faqat o’ziga xos poetik xususiyatini e’tiborga olish lozim. Bir tomondan esa lirik janrlar o’z xususiyatiga qarab bir-biridan ajralib turadi. Xullas, qit’a, g’azal, ruboiy kabi mustaqil bir lirik janr hisoblanadi. Uning o’ziga xos poetik xususiyati bor.



Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mumtoz janrlar xalqimizning qadimiy tarixining muhim qismi ekanligini, barkamol avlod tarbiyasida adabiyotning muhim ta’limiy ahamiyat kasb etishini, mumtoz adabiyot va she’riy janrlarning xalqimiz ko’zgusi ekanligini, shu davrda yozilgan asarlar mazmuni orqali o’tmishni anglash shu xususda, o’zligimizni anglash hissini, o’zining badiiy jozibasi bilan inson qalbiga yo’l topa olish, insonning estetik hissiyotlariga kuchli ta’sir qilish hissini sezdik. Bo’lajak filologlar zamonaviy adabiyotni o’rganibgina qolmay, mumtoz adabiyotni, adabiy tur va janrlarni ham mukammal tadqiq qilishlari kerak.



Adabiyot, avvalo, so’z va ruhiyat san’atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va boshqa hislarni ilg’ab olishga, ularni o’zida aks ettirishga intiladi. Inson ma’naviyatini shakllantirishda, dunyoqarashini kengaytirishda adabiyotning o’rni albatta beqisyosdir va bunday jarayonlar, asosan, adabiyot darslarida amalga oshiriladi. O’zbek mumtoz adabiyotining uchta turi ham inson aql tafakkurining o’ziga xos bir yaratgan mahsuli hisoblanadi. Ular inson hayotini va uning dunyosini so’zda gavdalantirish, namoyon etish yo’lidagi ko’p izlanishlar oqibatida bosib o’tilgan yo’l sanaladi. Inson hayotidagi bu yo’l mustahkam qurilganligi uchun ham Aristotel “Poetika” asarida so’z san’ati asarlarini uch tur-epos, lirika, dramaga bo’lib sharhlaydi.9

Biz o’zbek adabiyoti tarixi (mumtoz adabiyot) ni o’rganar ekanmiz N.Mallaev tavsiya etgan bosqichlar asosida o’zbek adabiyotini (o’zbek mumtoz adabiyotini) o’rganamiz. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek,”....ma’naviyatni tushunish, anglash uchun, avvalo, insonni tushunish, anglash kerak”.10 Xalqimizning manaviyatini yuksaltiradigan vositalardan biri-adabiyotdir. Ma’lumki adabiyotga oid ma’lumotlar umumta’lim maktablarining adabiyot darslarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining adabiyot darslarida, oliy o’quv yurtlarida adabiyotga oid fanlarda ma’lum darajada o’tiladi. Xususan, adabiy turlar va janrlar masalasi haqida ham ko’p tayyorgarliklar bor. Chunki adabiyot darslarida qaysi bir adabiy janrlar mahsuli bo’lgan asarlar tahlilidan so‘ng nazariy ma’lumotlar beriladi. Biz talabalar orasida adabiyotni o’rganishga katta qiziqish bor albatta. Shuning uchun ham universitetlar va pedogogika institutlarida bakalavr ta’lim yo’nalishidaki 1-kurs talabalariga “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fani o’qitiladi. Bu fanning eng muhim qismlaridan biri-adabiy turlar va janrlar muammosidir. Biz adabiyotda adabiy tur va janrlar masalasini o’rganar ekanmiz bunda albatta yetuk insonlar qarashlariga e’tiborni qaratamiz. Masalan, adabiy tur va janrlar masalasi haqida Aflotun, Arastu(Aristotel) kabi yetuk insonlarimiz o’z asarlarida o’z fikr mulohazalarini yuritganlar. Biz ularni asarlarida keltirilgan fikrlariga tayangan holda adabiy turni uch tur (epik, lirik, dramatik)ga bo'lib o’tdik. Demak, adabiy turlarni belgilashdagi shu kabi tasniflarga uchrashimiz mumkin albatta, lekin deyarli barcha manbalarda shu uchta adabiy turlar tarzida qat’iylashgan. Mumtoz adabiy janrlarga ruboiy, tuyuq, g’azal, qasida, muxammas, masnaviy, murabba’, qit’a, chiston va shu kabi janrlar kirishini bilib oldik. Shulardan g’azal shoirlarning ichidagi barcha his tuyg’ular makoni ekanligini, g’azalning tili-ko’ngil tili, dard va darmon tili ekanini, mumtoz adabiyotimizdagi biror bir lirik janr inson ko’ngli va ruhining sirlarini g’azal darajasida jonli ifodalay olmasligini, g’azalning asosida boshqa janrlardan farqli o'laroq muxabbat temasi turganini, boshqa g’oyalar asosan shu ana shu mavzu orqali yoritilishini, g’azalning mazmuni ko’tarinkilikka, quvonchli bir kayfiyatlar, hayajon va ehtiroslarni ya’ni unda yorga yetish yoki yeta olmaslik dardini ifodalashini, ko’plab g’azallarda ana shu yor timsoli orqali yaratganga ilohiy muhabbatni ishodalash holatlari uchrashini, qit’aning tarbiyaviy ahamiyatini, qit’aga asosan zamondan shikoyat ma’nosi yuklanar ekan ya’ni shoirlar unga norozi qarashlarini singdirishlarini, ruboiy esa insonning hayotdagi yashash ma’nosini, borliq haqidagi falsafiy qarashlarni o’zida aks ettirishini, tuyuq omonimlarga asoslanganligi sababli turkiy adabiyotlarga kiritilganligi, bunga sabab turkiy tillar tuyuqda uchraydigandek, omonim so’zlarga boyligi ekanligini, g’azal va qit’a janrlarining o’zaro o’xshash va farqli tomonlarini, ularni farqli tomonlarini ayirib olish xususidagi ko’plab olimlarning fikrlariga tayanib ularni farqlarini o’rgandim. Men ma’lumotlar ichida O’zbekistonda adabiyot nazariyasi Belinskiy qarashlari asosida shakllanganini bilib oldim.


Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish