Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


O’zbek mumtoz adabiyotida nazmiy janrlarning o’ziga xosligi



Download 163,5 Kb.
bet4/10
Sana02.01.2022
Hajmi163,5 Kb.
#311882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-B Bazarova Rahima kurs ishi

O’zbek mumtoz adabiyotida nazmiy janrlarning o’ziga xosligi

Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri bu lirik tur bo’lib, unda voqelik lirik sub'ekt his-tuyg’ulari orqali akslanadi. Lirikada ko’proq tuyg’ular, kechinmalar tasvirlanadi. Lirik turga kiruvchi asarlar kichik hajmli bo’lishiga qaramay, turmushni badiiy, obrazli aks ettirishning barcha xususiyat va belgilariga ega. Lirik turning quyidagi janrlari mumtoz adabiyotda eng ko’p qo’llanadi: g’azal, murabba’, qasida, muxammas, musaddas, musamman, tarji’band, tarkibband, musabba’, mutassa’, muashshar, fard, masnaviy, ruboiy, qit’a, tuyuq, lug’z, chiston, muammo, muvashshah, ta’rix.

O’zbek mumtoz she’riyati janr e’tibori bilan juda boy va xilma-xildir. Har bir lirik janr voqealikni, inson fikr va xis-tuyg’ularini o’z badiiy ifoda usullari hamda harakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Shuning uchun ularni mohiyat e’tibori bilan biri ikkinchisiga uncha o’xshash bo’lmagan, o’z-o’zicha tugal bir san’at olami deyish mumkin.

Lirik janrlar tarixi va poetikasiga qiziqish o’zbek adabiyotida keyingi yillarda ancha rivojlandi. Ba’zi lirik janrlar haqidau yoki bu san’atkorning adabiy faoliyati bilan bog’liq holda muhim nazariy fikrlar bayon etildi. Ammo shunga qaramasdan, bu sohada hali ko’pgina jiddiy tadqiqotlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bu gap qit’a janriga ham tegishli edi. To’g’ri ushbu janr uzoq zamonlardan beri olimlarning diqqatini o’ziga qaratib keldi. Bu o’rinda E.Bertels, A.Mirzoev, A.Xayitmetov, A.Abdug’afurov, Y.Is’hoqov, R.Orzibekov, L.Serikova va boshqa adabiyotshunoslar kabi qit’a haqidagi ilmiy qayd va maqolalarini eslash mumkin. Shunga qaramasdan, bu masalaning ayrim tomonlari hali tadqiqga muhtoj. Lirik janr ya’ni nazmiy janrlarning bir-biridan farqli badiiy qonuniyat orqali, uzoq yillar adabiyotlar va ijodkorlar to’plagan ma’lum usul hamda yo’llari bo’ladi. Shoirlar lirik janrlarning hammasida ham bir xil usul, bir xil imkoniyat, bir hil ruhiy kayfiyat bilan yoza olmaydilar. Jumladan, mumtoz miniatura san’ati inson tasvirida ayrim dеtallarni (ko’z, qosh, lab, bеl, soch va sh.k.) bo’rttirgan bo’lsa, mumtoz shе’riyatimizda ham xuddi shu hol kuzatiladi. O’zbеk mumtoz shе’riyatidagi payg’ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona, may, soqiy kabi qator takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin. O’zbеk mumtoz shе’riyatida o’zining muayyan shakliy bеlgilariga ega bo’lmish turg’un shе’riy janrlar yеtakchi o’rin tutgan. O’zbеk mumtoz adabiyotiga nazar soladigan bo’lsak, unda shе’rlarning ko’proq shakl xususiyatlaridan kеlib chiqilgan holda janrlarga ajratilishiga guvoh bo’lamiz.

O’zbek mumtoz adabiyoti nazmiy janriga g’azal, murabba’, qasida, muxammas, musaddas, musamman, tarji’band, tarkibband, musabba’, mutassa’, muashshar, fard, masnaviy, ruboiy, qit’a, tuyuq, lug’z, chiston, muammo, muvashshah, ta’rix va shu kabi boshqa janrlar kiradi.

G’azal. G’azal fors-tojik va o’zbek mumtoz adabiyotida juda keng tarqalgan janrlardan biridir. G’azal arabcha so’z bo’lib, ayollarga xushomad qilmoq, oshiqona munosabatda bo’lmoq degan ma’noni bildiradi. “Bilki, g’azal lug’atda ayollarga do’st bo’lishga intilish demakdir”, - deb yozadi XIX asrda yashagan hindistonlik olim Qobul Muhammad “Haftqulzum” nomli asarida.7 G’azal lirik turning Sharq adabiyotida eng ko’p tarqalgan va eng mashhur janri bo’lib, o’ziga xos qofiyalanish, taxallus qo’llash, o’zida ko’proq ishqiy mavzu-muxabbat tufayli tug’ilgan his-tuyg’ular yoritish, ba’zan esa zamon bilan taalluqli siyosiy masalalarni ham o’zida jamlash kabi xususiyatlarga ega. G’azal ikki misrali baytlardan tashkil topadi. Odatda g’azalning dastlabki ikki misrasi o’zaro qofiyalanib, qofiyalangan bayt matla’ deyiladi. Undan keyingi baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralar matla’ bilan qofiyadosh bo'ladi. Oxirgi bayt maqta’ deb ataladi va aksar hollarda maqta’da (ba’zan undan oldingi baytda) shoirning taxallusi keladi. Masalan, yetti baytli g’azalning qofiyalanish tartibi quyidagicha bo’ladi:

a-a, b-a, v-a, g-a, d-a, e-a, j-a.

Ba’zan g’azallar taxallussiz bo’lishi ham mumkin. Masalan, Navoiy devonidagi 27 ta g’azalda taxallus uchramaydi. “G’azalning chegarasi 11 baytdir”,-deb yozadi Qobul Muhammad. Ammo o’tmish va keyingi davrlarda yozilgan g’azallar ko’zdan qochirilsa, g’azallar besh baytdan o’n besh baytgacha bo’lishi ko’zga tashlanadi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, g’azallarning aksariyati 7 va 9 baytli g’azallardir. Masalan, Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi 2600 g’azaldan 1747 tasi 7 baytli, 695 tasi 9 baytli g’azallardir. G’azal baytlari orasidagi mazmuniy aloqadorlik ham muhim masalalardan biridir. Baytlararo mazmuniy aloqadorlik ikki xil bo’lib, g’azallar kompozitsion jihatdan ikki turga bo’linadi:
1.Parokanda g’azallar.

2.Yakpora g’azallar.

Parokanda so’zi tarqoq, sochilgan degan ma’nolami bildiradi. Parokanda g’azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil bo’lib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo’qligi sababli parokanda g’azallardagi baytlarning o’rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib qolsa ham, g’azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla’ va maqta’ bundan mustasnodir. Parokanda g’azal namunasi bo’lgan Atoiyning quyidagi g’azalini ko’rib chiqaylik:

Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizordi gul uyattin anjumanda.

Tamanno qilg’ali la’lingni ko’nglum,

Kishi bilmas onikim qoldi qanda.

G’azalning kompozitsion jihatdan ikkinchi turi yakpora g’azallardir. Yakpora so’zi butun, yaxlit degan ma’nolami bildiradi. Yakpora g’azallarda baytlararo munosabat parokanda g'azallarning aksi bo’lib, matla’da biror kechinma yoki holat qalamga olinadi-da, keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog’liq masalalar izchil tasvirlanadi. Yakpora g’azallardagi har bir bayt o’zidan avvalgi baytning bevosita davomi bo’lib, g’azaldan biror baytni olib tashlash ham, baytlaming o’rnini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday hol sodir bo’lsa, baytlarni mantiqiy jihatdan bog’lab turgan ip uzilib, g’azal mazmunida g’alizlik yuzaga keladi. Alisher Navoiyning quyidagi g’azalini ko’rib chiqaylik:

Yordin ayru ko’ngul mulkedurur sultoni yo’q,

Mulkkim sultoni yo’q, jismedururkim, joni yo’q.

Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul

Bir qaro tufrog’dekdurkim, gul-u rayhoni yo’q.

O’zbek adabiyotida yakpora g’azallar Lutfiy ijodida shakllana boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go’zal bir an’anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi.

Yakpora g’azallar syujetli-syujetsizligiga ko’ra ham ikkiga bo’linadi:

1 .Musalsal g’azallar.

2. Voqeaband g’azallar.

Musalsal so’zi zanjirsimon degan ma’noni bildiradi. Musalsal g’azallar deganda baytlar mazmuni bir-biri bilan zanjirsimon bog’langan, ammo syujetga ega bo’lmagan g’azallar nazarda tutiladi. Yuqorida tilga olingan Navoiyning ikkita g’azali ham musalsal g’azalning yetuk namunalaridir. Voqeaband g’azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalari shu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog’liq holda tasvirlanadi. Alisher Navoiyning quyidagi g’azalida bu holat ko’zga aniq tashlanadi:

Hava xush erdiyu, oldimda bir qadah mayi nob,

Ichar edim vale g’amdin qadah-qadah xunob.

Ki hozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,

Valek rag’mima qilmas edi qadahg’a shitob...


Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish