Turkistonda paxta yetishtirishning o‘sib borishi rus yengil sanoati doiralarini chet el paxtasiga qaramlikdan ozod qilgan. Chunonchi, 1908-1909 yillarda rus yengil sanoati uchun zarur paxta xom ashyosining 56 foizi chetdan olib kelinib, 44 foizi Turkiston paxtasi hisobidan qoplangan bo‘lsa, 1914-1915 yillarga kelib, o‘lkada yetishtirilgan paxta umumiy ehtiyojning 70 foizini qondirgan. Turkistonda paxta yetishtirishning o‘sib borishi rus yengil sanoati doiralarini chet el paxtasiga qaramlikdan ozod qilgan. Chunonchi, 1908-1909 yillarda rus yengil sanoati uchun zarur paxta xom ashyosining 56 foizi chetdan olib kelinib, 44 foizi Turkiston paxtasi hisobidan qoplangan bo‘lsa, 1914-1915 yillarga kelib, o‘lkada yetishtirilgan paxta umumiy ehtiyojning 70 foizini qondirgan. Turkistonda paxtachilikning keng ko‘lamda rivojlanib borishida boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarga nisbatan paxta ekiladigan yer maydonlari va undan olinadigan hosilga berilgan imtiyozlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1891 yil 11 iyunda qabul qilingan qonunga ko‘ra paxta ekilgan yer maydonlaridan undiriladigan soliq miqdori boshqa ekinlarga belgilangan, yalpi daromadning 10 foizi miqdorida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqdan ancha kam bo‘lgan. Mazkur qonunga asosan paxta ekiladigan yerlarning imtiyozli soliqqa tortilishi vaqtinchalik chora sifatida 6 yil muddatga belgilangan edi. Turkistonda paxtachilikning keng ko‘lamda rivojlanib borishida boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarga nisbatan paxta ekiladigan yer maydonlari va undan olinadigan hosilga berilgan imtiyozlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1891 yil 11 iyunda qabul qilingan qonunga ko‘ra paxta ekilgan yer maydonlaridan undiriladigan soliq miqdori boshqa ekinlarga belgilangan, yalpi daromadning 10 foizi miqdorida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqdan ancha kam bo‘lgan. Mazkur qonunga asosan paxta ekiladigan yerlarning imtiyozli soliqqa tortilishi vaqtinchalik chora sifatida 6 yil muddatga belgilangan edi. Turkistondan metropoliyaga yetkazib berilgan paxta xom ashyosi uchun AQShdan keltirilgan paxtadan ko‘ra kam, ya’ni har pudiga o‘rtacha 2 rubl 38 kopeek haq to‘langan. 1891-1896 yillar mobaynida bojxona tomonidan amerika paxtasi uchun o‘rtacha 8 rubl 88 kopeek, Turkiston paxtasiga esa 6 rubl 50 kopeek narx belgilangan edi. Natijada rus ishbilarmon doiralari 26 mln. pud Turkiston paxtasidan 61.88 mln. rubl tejab qolishdi. Bundan tashqari, 1899 yilda har desyatina yerdan olingan umumiy yalpi daromad amerika paxta navidan 120 rubl, mahalliy navdan esa 20-50 rublni tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |