4
KIRISH
Magistrlik dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgunga qadar yozilgan sho’ro davri
tarixi kitoblarida nafaqat bir necha ming yillik o’tmishimiz, balki XX asr
tariximiz ham tubdan o’zgartirilib, mohiyatan buzilib hukmron mafkuraga
moslashtirilib bayon qilindi. Natijada xalqning o’z o’tmishidan begonasirashi,
avlodning o’z ajdodini tushinmasligi yoki yo’qlamasligi, boshqa millatlarni
najotkor sanab, ajdodlaridan tonishi singari salbiy kayfiyat vujudga keldi. Tarix
fani milliy iftixor va
ibrat manbai, ulug’ murabbiy emas, mag’rur va hamjihatli
millatning boshini egib qo’yish vositasiga aylantirildi.
1
Holbuki mamlakatimiz, Prezidenti I.A. Karimov haqqoniy takidlaganidek
“Ma’naviyatni tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay,
boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta, tarixiy xotira kerak”
2
Mana shu xotirani mumkin qadar to’liq tiklash, xalq g’ururini ko’tarish,
uning o’zligini anglashiga turtki berish uchun. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti o’zi tashabbusi bilan chiqdi va yurtimiz tarixishunos, jamiyatshunos
olimlari oldiga ma’suliyatli vazifani qo’ydi. Yurtboshimiz o’zining “Tarixiy
xotirasiz kelajak yo’q” asarida jumladan shunday dedi: “Modomiki, o’z tarixini
bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan biz haqqoniy
tariximizni
tiklashimiz,
xalqimizni
millatimizni
ana
shu
tarix
bilan
qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish
zarur”
3
Chorizm Turkiston o’lkasida qattiqqo’llik bilan
mustamlakachilik zulmi
siyosatini olib borgan bo’lsada, tub yerli aholining tarixi, tili, dini, uf-odati,
madaniyati kabilariga sho’rolarday hukum va tazyiq o’tkazmagan edi. Sho’rolar
qisqa muddat ichida Turkiston xalqlarining milliy davlatchiligiga barham berdi,
1
Jo’rayev N. “O’zbekiston tarixi” Toshkent “Sharq” nashriyoti matbuodda konserni bosh tahriryoti 2011y 3- bet
2
Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent “Sharq” nashriyot matbaa konserni bosh tahririyati. 1998y
8- bet
3
Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent “Sharq” nashriyot matbbaa konserni bosh tahririyati 1998 y
24-25 betlar.
5
tarixidan mahrum qildi, dinini taqiqlab qo’ydi. Tiliga kishan soldi,
madaniyat va
ma’naviyatini haqorat qildi. Bularning barchasi
aniq reja asosida amalga oshirildi.
Xullas sho’rolar davrida Markaziy Osiyoning eng yirik millatlaridan bo’lgan
o’zbeklar millat sifatida halokat yoqasiga kelib qoldilar.
4
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab tariximizga bo’lgan
munosabat tubdan o’zgarib, sovet davrida nato’g’ri baho berilgan yoki yuzaki
ko’rib, chiqilgan masalalarga jiddiy ilmiy yondashuv kuchaydi.
Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27
iyuldadagi “O’z RFA tarix instituni faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaroridan
so’ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e’tibor
berish, qo’yilgan muammoni soha mutahassislari tamonidan hal etilishi, mavjud
muammolar yechimini kutayotgan muammolar talayginaligi” ana shunday
masalalardan biri.
5
E’tiboringizga havola etilayotgan disertatsiya
loyhasi mana shu talab va
ehtiyojdan
kelib
chiqib
yaratildi.
Unda
Turkistonda
sho’rolar
mustamlakachiligining o’rnatilishi, o’lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik
uchun kurashi, tarixiy vaziyati, sho’rolar istibdodining o’rnatilishi, ularning asl
mohiyatini ochib berishga harakat qilindi. Albatta hozirga qadar o’zbek
tarixnavisligi va tarixshunosligida Turkiston muxtoriyati voqiyalari ancha
o’rganilgan. Bu
davrning murakkab zidiyatlari, qarama-qarshiliklarga to’la
voqiyalar tadqiq va taxlil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: