2
Mazkur o`quv qo`llanma 5220200-tarix ta`lim yo`nalishining
bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy
munosabatlar tarixi o`z aksini topgan. O`quv qo`llanmani
yozishda
mualliflar asosan XVI asr boshlaridan
XX asr boshlariga qadar
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarni tarixiy manbalar, arxiv,
vaqtli
matbuot materiallari, adabiyotlardan to`plangan ma`lumotlarning
umumiy xulosalariga asoslanganlar.