Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana08.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#435830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Turkiston va Rossiya munosabatlari

2. O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy, 
ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar
. Tarixiy jarayonlar tahlili shuni 
ko`rsatadiki, O`rta Osiyo va Rossiya munosabatlari o`zaro umumiy 
manfaatlarga asoslangan edi. O`zaro munosabatlarda rus podsholari 
dastlabki paytlarda, O`rta Osiyo xonliklariga nisbatan tajovvuzkorlik 
niyatidan yiroq, ya`ni tinch-totuv, savdo, iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirishga qaratilgan siyosatni olib bordilar.
O`rta Osiyo va Rossiya munosabatlarida Sibir bilan aloqalar 
muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki, O`rta Osiyo qadim zamonlardan 
Sibir bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar o`rnatgan, 
barqaror savdo yo`llari muntazam xususiyatga ega bo`lib kelgan. O`rta 
Osiyo xonliklari va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar har ikki tomon 
uchun ham, xususan savdogarlar uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan. 
Masalan, o`z davrida mashhur bo`lgan “Stroganovlar savdogarlar va 
sanoatchilar uyi” Sibir xonliklari ustiga yurish qilishi uchun o`zining 
qurolli otryadlarini tuzgan. Bundan maqsad nafaqat mo`yna olish, balki 
u yerda o`rta osiyolik savdogarlar bilan savdo qilish uchun yangi 
imkoniyatlarni ham nazarda tutgan. Stroganovlarga berilgan yorliqda 
(1574) buxoroliklar bilan erkin va o`lponsiz savdo qilish huquqi taqdim 
etilgandi. Sibir uchun O`rta Osiyo bilan savdo qilish naqadar ahamiyatli 
ekanligi haqida quyidagi dalil asos bo`la oladi: Masalan, 1596- yili 
shohga Sibirdan arznoma yuboriladi, unda savdoni izga solish uchun 
Buxoroga elchilarni yuborish so`ralgan, chunki keyingi paytlardagi 
bosqinchiliklar oqibatida O`rta Osiyo bilan savdo aloqalariga putur 
yetkazilgan edi. Oxir-oqibatda bunday arznomalar o`rganib chiqilib,
barcha Sibir shaharlarida o`rta osiyolik savdogarlar o`lponsiz savdo 
qilish imtiyozlariga va huquqlariga ega bo`lganlar. Hattoki, podsho 



hukumati O`rta Osiyodan kelganlarni G’arbiy Sibir hududlariga ko`chib 
o`tishlarini va o`zbek xonliklari bilan qayta o`zlashtirilgan yerlarda 
savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashni ma`qullab chiqqan edi. 
O`rta Osiyo savdogarlari nafaqat mahalliy, balki Eron, Hindiston va 
boshqa mamlakatlarning mollari bilan ham savdo qilar edilar. Natijada, 
bularning barchasi O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasida anchagina faol 
diplomatik munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi. 
Yuqorida qayd etilganidek, Moskva davlati tomonidan Qozon 
xonligi (1552) va Astraxan xonligini (1556) bosib olinishi muhim 
strategik ahamiyat kasb etdi. Sharqiy slavyan pravoslav aholisi ustunlik 
qiluvchi Sharqiy Yevropada Moskva davlati endi uzil-kesil yirik va ko`p 
elatli imperiyaga aylanib bo`lgandi. Volga yo`li ustidan nazorat 
o`rnatilishi va shu bilan bog’liq ravishda Dashti qipchoqning o`zaro 
urushlar natijasida parokandalikka yuz tutishi Moskva hukmdorlarini 
Oltin O`rda xonlarining merosxo`rlariga aylantirdi va keyingi bir necha 
o`n yilliklardagi rus sharq siyosatini “Oltin O`rda yerlarini to`plash” deb 
tavsiflasa bo`ladi. 
Sharqiy bozor Rossiya uchun foydali edi, uning iqtisodini rag’bat-
lantirib turardi. Savdo munosabatlarining rivojlanishi, diplomatik aloqa-
larning mustahkamlanishi uchun ham asos bo`lib xizmat qilardi. 
Mavjud manbalarning shohidlik berishicha, 1583- yildan 1600- yilga 
qadar Moskva davlati O`rta Osiyodan kamida 17 elchilikni: Buxorodan 
8, Xivadan 3, Qozoq o`rdalaridan 2 elchilikni qabul qilgan. Ular har 
galgidek, Sharq savdogarlari karvonlari hamrohligida kelar va o`zlari 
bilan xonning “sovg’a-salomlari”ni olib kelar edilar. Agar G’arbdan 
Rossiyaga xom-ashyo olib kelinib, hasham buyumlari va zarb qilingan 
tangalar olib ketilgan bo`lsa, Sharq mamlakatlariga esa tayyor buyumlar 
chiqarilib, qimmatbaho buyumlar bilan bir qatorda arzon narxdagi 
matolar, xalq iste`moli uchun ipak va paxta olib kelinardi. O`zaro 
munosabatlarning 
umumsiyosiy 
shart-sharoitlari 
shakllanishida, 
xususan, Rossiya tashqi siyosatida Sharq va G’arb masalalari nisbatiga 
kelsak, bu vaqtda A.A. Ordin-Nashchokin asosiy shaxs bo`lgan. U 
elchilik buyrug’ining boshqaruvchisi hisoblanar va “shohning bosh 
muhrdori va elchilikning buyuk davlat ishlari muhofizi” degan dabdabali 
unvonga ega bo`lish bilan birga davlat kansleri ham edi. A.A. Ordin-
Nashchokin Rossiyaning taqdiri ham Yevropa, ham Sharq davlatlari 
bilan o`zaro munosabatlarni rivojlantirishga bog’liq ekanini tushunardi. 
A.A. Ordin-Nashchokin Rossiyaning Sharq mamlakatlari bilan 
o`zaro munosabatlari nechog’li ulkan ahamiyat kasb etishini anglar edi. 


10 
V.O. Klyuchevskiy yozadi: “Uning siyosiy nigohi xazina va xalq uchun 
yangi foydalarni diqqat bilan kuzatgan va hamma tomonga baravar 
qarab turardi. U Fors va O`rta Osiyo, Xiva va Buxoro bilan savdo 
aloqlari o`rnatishga harakat qilardi...”
O`zaro munosabatlar rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy shart sharo-
itlar diplomatik aloqalarni har tomonlama olib borishni, bu masala 
yechimida savdo munosabatlarini tuzish hamda savdo karvonlari 
o`tadigan yo`llarni ma`lum darajada nazorat ostiga olish, xususan bu 
yo`llardagi 
sun`iy 
to`siq, 
taqiqlarga 
barham 
berib, 
yo`llarni 
qaroqchilarsiz bo`lishiga erishish zarur edi.
O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi umumsiyosiy aloqalar, xususan 
diplomatik munosabatlar doimiylik xususiyatidan yiroq bo`lib, amalda 
imzo-muhrlar qo`yilgandan keyin ham, bu shartnoma u yoki bu tomon 
nuqtai nazaridan qachongacha foyda keltirsa, o`sha paytgachagina 
kuchda bo`lgan.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish