Turkiston o’lkasida aloqa sohasining rivojlanish tarixi (qisqacha) Pochta



Download 28,42 Kb.
bet3/4
Sana13.06.2022
Hajmi28,42 Kb.
#661360
1   2   3   4
Bog'liq
aloqa tarixi

Radio eshittirish
Birinchi radio ixtiro qilingan yil deb 1895 yilni etirof etishgan. Jahonda 1895 yil 7 mayda birinchi marotaba Aleksandr Stepanovich Popov tomonidan uchqunlik radiouzatgich ixtiro qilib, u o’z laboratoriyasida radiosignallarni masofalarga simsiz uzatish ishlarini namoyish qilgan.
1902 yilda Rossiya Pochta va Telegraf Boshqarmasi Angliya “Markoni” radiotexnika firmasi bilan hamkorlikda tijorat radiostansiyalarini qurish, xalqaro konvensiyalarga barcha davlatlardagi ochiq dengizlarda harakatlanayotgan dengiz kemalarni dengiz qirg’oqlari bilan aloqa qilish imkoniyatlari bilan ta`minlashga chaqirdi.
1912 yilda umumiy foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan va Rossiya janubidagi dengiz kemalarni Aleksandrovsk-Petrovsk portlari bilan bog’lovchi radiotelegraf liniyalari ishga tushirildi, natijada dengiz kemalarini Kaspiy dengizining o’ng va chap qirg’oqlari bilan aloqa o’rnatish bo’yicha imkoniyatlar yaratildi.
Ushbu punktlarda 300 kilometr uzunlik oralig’ida harakatlanadigan 1-kvtli uzatgichlar (peredatchik) o’rnatildi. Xuddi shu yo’nalishlar Turkistonda ham radioaloqalarning rivojlanishiga asos bo’ldi. Aynan shu 1912 yilda “Kushka” qo’rg’onida uchqunli janubiy xorijiy radiostansiya ishga tushirildi.
1915 yilda O’rta Osiyoda birinchi marotaba Toshkentda katta quvvatli, uchqunli, qabul qilish –uzatish radiostansiyasi qurilib, ishga tushirildi. Katta elektromagnit bilan uchqunli razryad bo’lishi ta`minlandi. Uning quvvat bazasi akkumulyator batareyasi va ikkita 160 kvtli dizel generatordan iborat edi. Qalin simlar tizimi bilan nurli antennalar orqali o’rnatilgan oltita 90 metrli metall machta 1914 yili “Simens- Galske” nomidagi nemis firmasi tomonidan loyihalangan va qurilgan edi. Radiostansiyani qurish uchun kerak bo’ladigan 60 gektarli yer maydoni temir yo’l vokzalidan uzoq bo’lmagan, shahar chegaraga yaqin bo’lgan joydan tanlandi. Bu radiostansiyani qo’riqlash va xizmat ko’rsatish vazifasi radiostansiyadan uzoq bo’lmagan xarbiy polkning xazinachisiga yuklandi. Birinchi radiogramma 1914 yilda Moskva–Toshkent–yo’nalishi bo’yicha harakatlanayotgan poyezd haqida edi.
Fuqarolik urushi va xarbiy bosib olishlar sababli, Turkiston Respublikasida apparat boshqaruvlari markazlashtirildi. Mahalliy aloqachilarga yordam ko’rsatish uchun 1920 yilda Moskvadan Narkompochtel vakili 5 nafar radiotelegrafist, 2 nafar elektrotexnik hamda 10 ta radio-uskunalar bilan Turkistonga yuborildi. Apparatlar Samarqand, Xiva, Skobelev (Marg’ilon), Farg’ona, Krasnovodsk shaharlariga o’rnatilib, ular orqali hududlar hamda Rossiya Federatsiyasining boshqa shaharlari bilan mustaxkam aloqa qilish imkoniyatlari yaratildi.
Fuqarolik urushi davrida Ittifoq Hukumatining topshirig’iga binoan, shoshilinch ravishda Ittifoqni Moskva shahri, Povoljya tumanlari hamda Kaspiy dengizi va ular orqali Baku va Turkistonga radioaloqa liniyalari o’rnatildi. 1919 yil dekabr oyidan boshlab, Xodinsk shahridagi (Moskva viloyati) radiostansiya efirga Rossiya telegraf agentligining yangiliklarini bera boshladi. Toshkentdan esa javob telegrammasi “Ovoz tiniq, baland, hatto telefon membranasiga urayapti” degan mazmundagi matn yuborildi.
O’zbekistonda 1924 yildan boshlab, radioaloqa tezlik bilan rivojlana boshladi va qisqa muddatlarda keng qamrovlarga ega bo’lishiga erishildi. 1925 yildan boshlab, radiostansiyalarda tajribali sinov ishlari olib borildi. Lekin O’zbekiston SSRda radioeshittirishlarning tashkil etilgan yoki “tug’ilgan kuni” deb 11 fevral 1927 yil belgilandi, chunki o’sha kuni yangi Toshkent radiostansiyasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tgan edi.
Respublika miqyosida eng ahamiyatli voqealardan yana biri, 1929 yil sentabr oyida Toshkent shahrida ochilgan Toshkent radiomarkazi bo’lib, bu markazning ochilishi respublikada radioeshittirish ishlarini rivojlanishiga katta asos bo’ldi.
Respublikada berilayotgan radioeshittirishlar juda katta ko’lamdagi aholiga tasir ko’rsatayotgani, 1931 yilda Toshkentda O’rta Osiyo Radioeshittirish Qo’mitasini tashkil etilishiga asos bo’ldi. Keyinchalik ushbu Qo’mita O’zbek Davlat Radiokomitetiga aylantirildi. 1932 yil 1 dekabr holatiga ko’ra, respublikadagi radionuqtalarning soni 1900 ta bo’lib, jumladan klub va choyxonalarda -176 ta, kolxoz, sovxozlarda va mashina-traktor stansiyalarida 583 ta, maktablarda- 15 ta tashkil etdi. Shuningdek, 655 ta shaxsiy radionuqtalar qo’yildi. 
Shunday qilib, radio – madaniyatning eng muhim elementlari safiga kirib bordi.
1932 yilning oxiriga kelib, respublikada 5 ta qabul qilish va uzatish radiostansiyalari (Toshkent, Samarqand, Xiva, Termiz, Yangi Buxoro) 62,65 kvtli to’qqizta uzatish moslamalari bilan ishga tushirildi.
1934 yilga kelib, respublika aholisi xar kuni 7,5 soat ichida musiqali (49,3%), adabiy-dramatik (4,4 %), bolalar uchun (26%), o’quv-ta`limiy (6.6%), axborot (13,7%) ruknidagi eshittirishlarni eshitish imkoniyatlariga ega bo’ldilar.
Qishloq joylarida ham aloqa sohasi keng ko’lamda rivojlana boshladi. Shuningdek, mazkur yilda Toshkent-Stalinobod (Dushanbe), Toshkent-Frunze (Bishkek) yo’nalishlari bo’yicha radiotelefon aloqasi ekspluatatsiyaga topshirildi.
1935 yilda Durmen aholi punktida 30 ta qisqa to’lqinli qabul qilish antennalari bilan ta`minlangan, 60 gektar yerni egallagan, 2-sonli qabul qilish radiostansiyasi ishga tushirildi. Shuningdek, Yalang’och aholi punkitida 15 ta antenna bilan jihozlangan 16 gektarli yerga joylashtirilgan 4-chi sonli radiostansiya ekspluatatsiyaga qabul qilindi. Qabul qilish radiostansiyalarining ishga tushirilishi bilan bir qatorda, ushbu yilda Yunusobod mavzesida 5-sonli uzatish radiostansiyasi qurildi. Bu radiostansiya 41 gektarli yerga joylashgan bo’lib, unga 16 ta qisqa to’lqinli qabul qilish antennalari va 11 dona 5 dan 20 kvt quvvatgacha bo’lgan uzatish antennalari joylashtirildi. Natijada, barcha ittifoqlardagi davlatlar poytaxtlari bilan aloqa bog’lash uchun radioaloqa kanallari tashkil etildi.
Aholiga ko’rsatilayotgan radio xizmatlar sifatini yaxshilash uchun 1936 yil yanvar oyida Yangi Urgench shahrida Xorazm Radiokomitet okrugi tashkil etildi.
1940 yilda katta quvvatli 1-chi radiostansiya asosida Toshkent RA va RE direksiyasi tashkil etildi hamda ushbu direksiya 1941 yil 27 martda O’zbekiston RA va RE direksiyasiga aylantirildi.
Radio xizmatidan keng ko’lamda foydalanish imkoniyatlari katta obektlar “Langar” kanali, Katta Farg’ona kanali qurilishida o’z samarasini berdi. 1940 yilning oxirlariga kelib, O’zbekistonda radionuqtalarning soni 72 mingtaga yetdi.
1941-1945 yillardagi urush davrida radiostansiya jamoasi radioaloqa va radioeshittirish uskunalarining uzluksiz ishlashini ta`minlash uchun juda katta hissa qo’shdilar hamda xarbiy avtomashinalarni harakatdagi radiostansiyalar bilan ta`minladilar. Shuningdek, Moskva shahrida qurilayotgan katta quvvatli radiostansiyasi qurilishida ishtirok etdilar.
O’zbekiston SRI (SSR) Vazirlar Kengashining ( Sovet Ministrov) 1946 yil 3 oktyabrdagi Qaroriga binoan, Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi O’rta-Ovul mavzesida katta quvvatli radiotarqatish stansiyasini qurish uchun 87,92 gektar yer ajratildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Qurilish ishlari quruvchilar va kelajakda radiostansiyada ishlaydigan xodimlari uchun kompleks yashash poselkasini qurishdan boshlandi. Shuningdek, bir vaqtda ikkita mustaqil ishlaydigan 6kvoltli elektruzatgich Bo’zsoy kaskad GESning 14-chi va 18-chi bo’linmalari o’rnatildi. 1949 yil dekabr oyida yuqoridagi obektlardagi qurish-montaj va moslashtirish ishlari yakunlandi va 1950 yil 1 yanvardan boshlab, katta quvvatli RV-154 , 150 kvtli, uzun to’lqinli diapazon bilan ishlatishga mo’ljallangan radiotarqatish uzatgichini qurish ishlari boshlandi. Antennalar ikkita 240 metr balandlikka mo’ljallangan metall machta bilan qurildi. Mazkur radiostansiya orqali berilayotgan birinchi dasturni Respublika radiotarqatish korxonasi tomonidan O’zbekiston hududiga (Buxorogacha) va chegaradosh respublikalarga ham tarqatish imkoniyatlari yaratildi.

Download 28,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish