Turkiston o’lkasida aloqa sohasining rivojlanish tarixi (qisqacha) Pochta



Download 28,42 Kb.
bet1/4
Sana13.06.2022
Hajmi28,42 Kb.
#661360
  1   2   3   4
Bog'liq
aloqa tarixi


Tarix

Posted on 14.07.2010 by admin




Turkiston o’lkasida aloqa sohasining rivojlanish tarixi (qisqacha)


Pochta
Avvalgi o’tgan davrlarda mamlakatlar, shaharlar bilan o’zaro aloqalar o’rnatish, xabar va axborotlar almashish va tarqatish ishlarini amalga oshirish masalalari chuqur tarixga ega.
Qadimdan xabar almashuvining xar hil turlari bo’lib, jumladan, ovozli ya`ni nog’ora sadolari, olovli, tutunli, yoruqlik nurlaridan foydalanish, kabutarlar yordamida xabar almashish hamda karvonlar orqali estafeta usuli bilan kerakli ishlar tashkil etilgan.
O’tgan asrlarda davlatlar, shaharlar va zarur joylar bilan aloqa o’rnatish, axborot almashish, xabar yuborish, o’zaro muloqot ishlarini tashkil etish Buyuk Ipak Yo’li orqali amalga oshirilganligi haqidagi ma`lumotlar Arastuning qadimiy qo’lyozmalarida o’z ifodasini topgan.
Qadimda choparlar yordamida Buyuk Ipak Yo’li orqali axborot almashish ishlari yo’lga qo’yilgan. Ushbu karvon yo’li bo’ylab, xar 15-20 kilometr oraliqda alohida pochta stansiyalari (rovotlar) bo’lib, ushbu stansiyalar maxsus xarbiylar tomonidan qo’riqlangan. Maxsus choparlik xizmatini o’tovchilar xonlikning maxsus kumush yoki bronzadan yasalgan 3-6 santimetrli, egalari nomi ko’rsatilgan tamg’alar bilan ta`minlangan. Mazkur tamg’alar choparlarga karvon yo’llari va belgilangan yo’nalishlarda erkin harakatlanishlari, xonlik pistirmalaridan bemalol o’tish, pochta stansiyalarida ovqatlanish, otlarni almashtirish, dam olish va o’zidagi barcha axborotlarni keyingi choparga uzatish imkoniyatlarini bergan.
Mo’g’ul-Tatar hukmronligi davrida qo’llanilgan ushbu estafeta orqali axborot almashish ishlari qulay, ishonchli va sifatli bo’lganligi sababli, uzoq muddatlargacha, ya`ni Temuriylar davridan to XIX asrgacha qo’llanib kelingan hamda ushbu yo’nalish pochta xizmatining rivojlanishiga asos bo’lgan. Stendga qo’yilgan xaritada XVII asr boshida Imomqulixon zamonida davlatlar chegaralarining bo’linishi ko’rsatib berilgan. Xiva, Qo’qon Xonliklari va Buxoro Amirligi hamda chegaradosh bo’lgan davlatlar bilan Buyuk Ipak yo’li orqali axborot va ma`lumotlarni yuborish hamda tijorat ishlari amalga oshirilgan yo’nalishlar ko’rsatilgan.
O’rta davrlarda, shu jumladan, XVIII asrga kelib, pochta jo’natmalari ot arava yoki piyodalar bilan ayrim holatlarda esa savdo karvonlari orqali yetkazib berilgan.
O’tgan davrlardagi oddiy aholi qatlami bir –birlari bilan faqat og’zaki xabar almashib turganlar.
XIX asr oxirlariga kelib, O’rta Osiyoda yozma yoki og’zaki ma`lumotlarni yuborish juda qiyin ahvolda bo’lib, qo’llanilayotgan imkoniyat va choralarga moslashish ham juda murakkab edi. Pullik xizmatning asosini yozma jo’natmalar va ularni joylarga yetkazish tashkil etardi.
Aholiga xizmat ko’rsatadigan maxsus aloqa korxonalari, pochta xizmati uchun mo’ljallangan pochta qutilari ish hajmining juda kamligi sababli ochilmagan. Pochta almashinuvi asosan hukumat korrespondensiyalarini yetkazib berish bo’yicha ishlarni amalga oshirilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston xarbiy okrugining tashkil etilishi, ushbu hududlarning taraqqiyot yo’lini ochib berdi, iqtisod va ma`lumotlar almashish ishlari hamda elektr aloqa sohasining rivojlanishiga asos bo’ldi.
Turkistonda iqtisodiy munosabatlari bilan ajralib turgan aholi yashash punktlari bilan shaharlari o’rtasida yangi pochta traktlari qurildi. Pochta aloqa tarmog’i asosan shaharlarni qamrab oldi, shaharlarda pochta qutilari o’rnatildi, lekin qishloq joylarida pochta xizmatlari deyarli yo’q edi. Viloyatlardagi ayrim joylari gubernatorlar pochtasidan foydalanmaslik maqsadida, viloyat idoralari bilan pochta korrespondensiyalarini almashib turish maqsadida o’zlarining pochta bo’limlarini ochishga majbur bo’ldilar. Pochta xizmatlarini ko’rsatish juda past darajada edi: korespondensiya juda kech muddatlarda egalariga yetkazib berilgan, yetqazish yo’llari orqali yurishda ko’p qiyinchiliklar mavjud edi. Shuning uchun pochtani joylarga yetkazish maqsadida asosan otli, tuyali aravalardan foydalanilgan.
Aravalar orqali yuborilayotgan korrespondensiyalarning maxsusligi, muhimligi va qiymatiga qarab, 2 tadan 10 tagacha qurollangan soqchilar aravalarni qo’riqlab borishgan. Bu xizmat turi bilan 1865 yildan 1888 yilgacha pochta aloqa xizmatlari ko’rsatilgan.
O’zbekiston hududida, 1888 yildan boshlab, pochta aloqasi temir yo’l transporti orqali amalga oshirilgan.

Download 28,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish