Teletarqatish tarmog’ining (televideniya) rivojlanishi 1907 yilda Peterburg texnologiya instituti professori B.L.Rozing “elektr teleskopi” bilan juda ham qiziqib, tasvirni ekran orqali ko’rinish prinsiplarini o’zlashtirdi. 1911 yil 9 mayda elektron nurli trubka ekraniga ko’chmas panjara ko’rinishi tushirildi.
Keyinchalik televidenie sohasining rivojlanishi Toshkent shahri bilan bog’liq bo’ldi. O’rta Osiyo Davlat universiteti laboranti Boris Pavlovich Grabovskiy harakatlangan tasvirdagi televizion apparatlar ixtiro qilish bo’yicha ishlar olib bordi. U injenerlar V.I.Popov va N.G. Piskunovlar bilan hamkorlikda ”radiotelefot” konstruksiya apparatini ishlab chiqdi va 1925 yil 9 noyabrda unga 4899 sonli buyurtma guvohnomasi hamda keyinroq 5592 sonli patent berildi. Bu barcha zamonaviy televidenielarga o’rnatilgan asosiy elementlar to’plami loyihasi edi.
Lekin o’sha vaqtlardagi moliyaviy holatlar, yordamchi apparatura va uskunalarning yetishmasligi “radio orqali ko’rish” bo’yicha olib borilayotgan ishlarni davom ettirish imkoniyatlarini bermadi.
Shunda B.P.Grabovskiyning yordamchisi I.F.Belyanskiy yordam so’rab, Respublika Raxbariyatiga murojaat qildi. Respublika raxbariyati ixtirochilarga kerakli e`tibor bilan qarab, ularga yetarli darajada mablag’ ajratdi. Toshkent korxona va laboratoriyalariga televizion uskunalar uchun buyurtma berish uchun katta va keng yo’l ochildi. Buyurtmalar Ilich nomidagi Toshkent zavodi metallistlari, universitet mutaxassislari va O’rta Osiyo aloqa Okrugi ustaxonasi chilangarlari tomonidan bajarildi.
“Tashgestrama” korxonasi konstruktori Vizgalin, injener-energetik Kopilovskiy ham shu ishlarda ishtirok etdilar.
“Telefot” ning rasmiy sinovi – zamonaviy televizorlar dodasining sinovi – 1928 yil 26 iyulda aloqa okrugi binosida O’rta Osiyo Davlat universiteti profesori N.N.Zlatovracskiy boshchiligidagi komissiya ishtirokida bo’lib o’tdi. Bu marosim muvaffaqiyatli o’tdi- birinchi marotaba harakatdagi odam tasviri ko’rsatildi. 1928 yil 4 avgustda “telefot” ko’rsatuvlari Toshkent shahrining Alisher Navoiy ko’chasida ko’rsatildi, ekranda harakatlanayotgan tramvay tasviri bor edi.
“Telefot” tizimi takomillashib, sohaning boshqa variantlari, loyihalari va chizmalari paydo bo’la boshladi. Hozirgi kundagi zamonaviy televizorlarni, avvalgi vaqtlardagilarga nisbatan mukammal darajada olib chiqish uchun olimlar, konstruktorlar va injenerlar tomonidan barcha kerakli ishlar amalga oshirildi.