Oʻlka bolsheviklari Turkiston muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston oʻlkasi ishchi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4-sʼyezdi (Toshkent shahri, 1918-yil 19—26 yanvar)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy oʻrinda turdi. Sʼyezd Turkiston muxtoriyati hukumati va uning aʼzolarini qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. 1918-yil 30-yanvarda Turkiston oʻlkasi XKS Turkiston muxtoriyatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Toshkentdagi bolsheviklar buning uchun qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoqlari drujinalaridan (qarang Dashnaksutyun) keng foydalandi. Milliy matbuotning yozishicha, 31-yanvar (yangi hisob bilan 13-fevral)da janglar boshlandi. Turkiston oʻlkasi XKS 1918-yil 14-fevralda (yangi hisob bilan) Fargʻona viloyatida harbiy holat eʼlon qildi. - Oʻlka bolsheviklari Turkiston muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston oʻlkasi ishchi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4-sʼyezdi (Toshkent shahri, 1918-yil 19—26 yanvar)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy oʻrinda turdi. Sʼyezd Turkiston muxtoriyati hukumati va uning aʼzolarini qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. 1918-yil 30-yanvarda Turkiston oʻlkasi XKS Turkiston muxtoriyatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Toshkentdagi bolsheviklar buning uchun qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoqlari drujinalaridan (qarang Dashnaksutyun) keng foydalandi. Milliy matbuotning yozishicha, 31-yanvar (yangi hisob bilan 13-fevral)da janglar boshlandi. Turkiston oʻlkasi XKS 1918-yil 14-fevralda (yangi hisob bilan) Fargʻona viloyatida harbiy holat eʼlon qildi.
Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qoʻshinidan tashqari qoʻqonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, choʻkich, tayoq koʻtargan xaloyiqning soni 10.000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qoʻqon shahriga qilgan hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shu orada muxtoriyatchilar safida parokandalik yuz berdi (18 fevralda ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Choʻqay isteʼfoga chiqdi va baʼzi vazirlar singari Qoʻqonni tark etdi. Ayrim vazirlar (H.Agayev va boshqalar) jangda halok boʻldi. Hukumatning boshqa aʼzolari (O.Mahmudov, Nosirxon toʻra, S.Gersfeld, U.Asadullaxoʻjayev, I.Shoahmedov) esa keyinchalik bolsheviklar tomonidan qoʻlga olindi. - Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qoʻshinidan tashqari qoʻqonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, choʻkich, tayoq koʻtargan xaloyiqning soni 10.000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qoʻqon shahriga qilgan hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shu orada muxtoriyatchilar safida parokandalik yuz berdi (18 fevralda ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Choʻqay isteʼfoga chiqdi va baʼzi vazirlar singari Qoʻqonni tark etdi. Ayrim vazirlar (H.Agayev va boshqalar) jangda halok boʻldi. Hukumatning boshqa aʼzolari (O.Mahmudov, Nosirxon toʻra, S.Gersfeld, U.Asadullaxoʻjayev, I.Shoahmedov) esa keyinchalik bolsheviklar tomonidan qoʻlga olindi.
- Qoʻqon sh. qoʻrboshi mirshablari boshligʻi Kichik Ergash 18 fevraldan boshlab amalda Turkiston muxtoriyati hukumatining rahbariga aylandi. 19 fevralga oʻtar kechasi Toshkentdan Turkiston oʻlkasi harbiy komissari Ye. Perfilyev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon qoʻshin yetib keldi. 19 fevraldan boshlab 3 kun davomida qizil askarlar shahar ustiga toʻplardan yondiruvchi snaryadlar yogʻdirishdi. Shahar butunlay vayron boʻldi va oʻtolov ichida qoldi. Qoʻqonning oʻzida 3 kun davomida 10 mingdan ziyod kishi oʻldirildi. Muxtoriyat qoʻshinining tirik qolgan qismi Kichik Ergash boshchiligida (200—300 yigit) Qoʻqon yaqinidagi Bachqir qishlogʻiga chekindi va mudofaa istehkomlarini qurib, dushman hujumini qaytardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |