Turk tili leksikologiyasi


VI. Ma’ruza Turk tilining lug‘at tarkibi va ning



Download 224,88 Kb.
bet22/43
Sana13.06.2022
Hajmi224,88 Kb.
#664270
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
Turk tili leksikologiyasi-fayllar.org

VI. Ma’ruza

Turk tilining lug‘at tarkibi va ning

boyish manbalari
31




(Türkçenin Kelime dağarcığı ve kaynakları

)

Dars rejasi:
1. Turk tilining lug‘at tarkibi
2. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘zgarishlarning til taraqqiyotiga
ta’siri

3. Til leksikasining boyishi


4. Tilning o‘z qatlami va o‘zlashgan qatlam
5. Hozirgi turk tili lug‘at boyligining tarkibi (umumturkiy so‘zlar, turkcha
so‘zlar, arab va fors tillarsi hamda yevropa tillaridan kirgan so‘zlar
6. Turk tili lug‘atining boyish manbalari (ichki va tashqi manba)

Tayanch tushunchalar: so‘z boyligi (kelime dağarcığı, kelime hazinesi, söz

dağarcığı; söz varlığı), sof turkiy so‘zlar (öz Türkçe kelimeler; asıl Türkçe

kelimeler; tilning o‘zlashgan qatlami (Türkçeye girmiş yabancı unsurlar)

So‘z boyligi (Kelime dağarcığı). So‘z boyligi turk tilshunosligiga oid turli
kitoblarda turlicha nomlanadi: kelime hazinesi; kelime dağarcığı; söz dağarcığı;


söz varlığı. Bir tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar uning so‘z boyligini tashkil
etadi. So‘z boyligi bir kishi yoki bir jamiyatning so‘z zahirasidan joy olgan
so‘zlarning jamidir.
Turk tilining lug‘at tarkibi tilning butun tarixiy taraqqiyoti davomida
shakllangan hodisadir. Davr o‘tishi bilan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
hayotdagi o‘zgarishlar natijasida tilning fonetikasi, leksikasi va grammatik
qurilishi ham o‘zgarib boradi. Bunda ko‘proq tilning lug‘at tarkibi, ya’ni
leksikasi boyib boradi. 
Turli davrlarda turli sabablarga ko‘ra turk tiliga ko‘plab yangi so‘zlar qabul
qilingan, ayrim so‘zlar eskirgan va iste’moldan chiqqan. Shunga ko‘ra tilning
lug‘at tarkibi ikkiga bo‘linadi:

1. Öz Türkçe kelimeler; asıl Türkçe kelimeler (Tilning o‘z qatlami);

2. Türkçeye girmiş yabancı unsurlar (Tilning o‘zlashgan qatlami).
Tilning o‘z qatlamiga turk tiliga tegishli bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar
uchunumumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. Masalan: baş, kaş, dağ.
Tilning o‘z qatlamiga turk tiliga tegishli bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun
umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. Masalan: baş, kaş, dağ, boğa, bilgi kabi.
Tilning o‘zlashgan qatlamiga arab, fors va bir qancha yevropa tillaridan
o‘zlashib qolgan so‘zlar kiradi. Masalan, kitap (kitob), cevap (javob), mânâ
arab tilidan, nar, peygamber, namaz – fors tilidan, vişne – slavyan tillaridan,


vagon – nemis tilidan, futbol, boks, volleybol – ingliz tilidan o‘zlashgan.
Hozirgi turk tilining lug‘at boyligi, asosan, 5 manba negizida tarkib topgan: 
32




umumturkiy so‘zlar (Öz Türkçe kelimeler);




turkcha so‘zlar (Türkçe kelimeler);


arab tilidan kirgan so‘zlar (Arapçadan Türkçeye girmiş kelimeler);


fors tilidan kirgan so‘zlar (Farsçadan Türkçeye girmiş kelimeler);


yevropa tillaridan kirgan so‘zlar (Batı dillerinden Türkçeye girmiş

kelimeler).
Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda turk tili lug‘atining boyish manbalarini
belgilash mumkin. Demak, turk tilining lug‘at tarkibi ikki xil manba asosida
boyib boradi:


1. Ichki manba (iç kaynaklar). So‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi
so‘zlar hosil bo‘lishi va shevalardan so‘z o‘zlashtirilishi natijasida yangi ma’noli
so‘zlar vujudga keladi.

2. Tashqi manba (dış kaynaklar) – boshqa tillardan, ya’ni qardosh bo‘lmagan
tillardan so‘zlar olish hisobiga til lug‘atining boyishi. So‘zlar bir tildan ikkinchi
tilga siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar natijasida o‘tadi va o‘zlashadi.
Tillar doimo boshqa tillardan so‘z oladi. Masalan, XIX asrda yashagan olmon
olimi Fridrix Hommelning aniqlashicha, Shumer dostoni “Gilgamish”da 350 ta
turkcha so‘z uchrar ekan. Bugungi kunda turkiy xalqlarda rivojlangan sport turi
hisoblangan kurashning ommalashishi hisobiga güreş, yanbaş, yağlı güreş kabi
so‘zlar dunyoning ko‘pgina tillariga kirib bormoqda.



Download 224,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish