Turk tili leksikologiyasi


Iboralarning grammatik xususiyatlari



Download 224,88 Kb.
bet30/43
Sana13.06.2022
Hajmi224,88 Kb.
#664270
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
Turk tili leksikologiyasi-fayllar.org

Iboralarning grammatik xususiyatlari. Iboralarning asosiy grammatik
xususiyatiularning kamida ikki so‘zdan iborat erkin so‘z birikmalaridan farqli,
qoliplashgan, turg‘un birikma ekanligidadir. Iboraning tabiatini to‘g‘ri tushunish
uchun, birinchidan, ushbu birliklarni u bilan umumiy belgilarga ega bo‘lgan so‘z
bilan, ikkinchidan, erkin so‘z birikmasi bilan qiyoslash kerak. Chunki so‘z
birikmasi iboralarning genetik manbai hisoblanadi.
Ibora va so‘z leksik ma’no, komponentlar tarkibi va grammatik kategoriyalar
kabi umumiy alomatlarga ega. Leksik ma’no iboraning nafaqat so‘z kabi
izohlanishi bilan, balki ibora va so‘zning leksik ma’noga ko‘ra sinonimlarni tashkil
qilishi bilan ham isbotlanishi mumkin. Masalan: ödü kopmak (o‘takasi yorilmoq) –


korkmak (qo‘rqmoq); yanağından kan danlamak (yanog‘idan qon tommoq)

sağlam (sog‘lom), tereyağından kıl çeker gibi(saryog‘dan (xamirdan) qil

sug‘urganday) – kolay (oson) va h.
Ibora gap ichida so‘zlar bilan munosabatga kirishish uchun grammatik
kategoriyalarga ega bo‘lishi, ya’ni ibora gap ichidagi boshqa so‘zlar bilan
moslashishi, so‘zlarni boshqarishi yoki boshqarilishi, bitishishi mumkin. Shunga
qaramay, ibora gap ichidagi so‘zlarga nisbatan alohida, bo‘linmas birlik sifatida
namoyon bo‘ladi, so‘zlar bilan birlashib, qismlarga parchalana olmaydi. Iboraning
gap ichidagi sintaktik vazifasini oldindan belgilovchi leksik-grammatik xarakte-
ristikaga ko‘ra, ot ibora gapda ega, murakkab ot kesimning ot qismi; fe’l ibora -
kesim, sifat ibora - aniqlovchi, ravish ibora - hol bo‘lishi mumkin. Masalan:

Gözlerine doymadan gidersem eğer, gözlerim açık gider (Ko‘zlaringa to‘ymasdan

ketsam, ko‘zim bu dunyodan ochiq ketadi). Ushbu gapdagi gözleri açık gitmek
iborasi kesim vazifasida kelgan. Chunki bu ibora gap shaklida bo‘lsa-da, uni ega-
kesimga bo‘lish mumkin emas.
Ibora ham, so‘z ham paradigmatik shaklga ega va gap ichida ular orasida
muayyan munosabat mavjud. Shu o‘rinda, «so‘z va ibora orasidagi munosabat o‘zi
42


nima?» va «Iboraning gap ichidagi so‘zlar bilan aloqasi paradigmatik shakllar


bilan chegaralanadimi?» degan savol tug‘iladi. Masalan: Kadın da nasılsa şeytana


uymuş ve çocuğunu bırakarak zabitle beraber kaçmış…(Xotin ham shayton

vasvasasiga uchib, eri bilan bolasini tashlagan-u, o‘sha ofiser bilan qochib ket-

gan…) Bu gap ichidagi şeytana uymuş iborasi kadın va nasılsa so‘zlariga
bog‘langan. Bu yerda ibora leksik birikuv qoidasiga ko‘ra leksik jihatdan,
grammatik birikuv qoidasiga ko‘ra esa grammatik jihatdan gapning boshqa
bo‘laklari bilan bog‘langan. Tilning aniq leksik ma’no va grammatik
xarakteristikaga ega bo‘lgan mustaqil birligi sifatida şeytana uymuş iborasi
gapning egasi bo‘lgan kadın so‘ziga nisbatan kesim bo‘lib, “to‘g‘ri yo‘ldan
adashmoq” ma’nosidagi harakat (holat)ni ifodalaydi. Şeytana uymuş iborasi
gapning egasi (kadın) bilan moslashgan va hol (nasılsa) bilan bitishgan. 
Iboraning so‘z bilan birikuvi negizida leksik ma’no yotadi. Grammatik birikuv
asosida esa har bir til birligining aniq grammatik kategoriyalari, ya’ni so‘z va
iboraning grammatik ma’nosi bilan bog‘liq grammatik xossalari turadi. Iboraning
so‘zlar bilan birikuvi bir vaqtning o‘zida ham leksik, ham grammatik birikuv
qonuniga muvofiq reallashadi.
Grammatik kategoriyalar iboraning leksik ma’no kabi farqlovchi belgisidir. Shu
ikki alomati bilan ibora so‘zga juda yaqin turadi. Iboraning so‘z bilan birikuvi
sanab o‘tilgan mushtarak belgi, alomatlar-ning mavjudligi bilan belgilanadi. 
Frazeologiyada ibora va so‘zning til birliklari sifatida bir-biriga muqobil
birliklar ekanligi ko‘p tilga olinadi. Ammo bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Ibora
so‘z kabi belgilar yig‘indisi, tilning o‘ziga xos birligidir. Biroq, uning kategorial
belgilari so‘znikidan farq qiladi. Bular: leksik ma’no, komponentlar tarkibi va


grammatik kategoriyalardir.
Ibora so‘z birikmasi bilan faqat genetik jihatdan o‘xshashdir. Chunki har qanday
ibora bir so‘z birikmasi yoki gapdir, faqat u oddiy so‘z birikmasi emas, inson
fikrida qayta ishlangan obrazli, metaforik birikmadir. 
Ko‘pchilik iboralarning prototiplarierkin so‘z birikmalaridir. Masalan, kuyruk

sallamak erkin birikmasi “it yoki boshqa bir hayvonning dumini likillatishi”ni
bildirsa, uning ibora ma’nosi laganbardorlik qilmoqdir. Yoki kanadını kayırmak
erkin birikma sifatida “parrandaning qanotini qayirish”ni, ibora sifatida esa

birovni mavjud imkoniyatlardan mahrum qilishni bildiradi.
Iboralar kamdan-kam hollarda o‘z birikuv manbaiga ega bo‘lmasdan so‘z
birikmasi yoki gap modeli bo‘yicha yuzaga keladi. Masalan, turkcha “o‘ta kuchli”
ma’nosidagi taşı sıksa suyunu çıkarır, “oldin yaxshilab o‘ylab, so‘ngra gapirmoq”
ma’nosidagi sözlerini tartmak iboralari erkin birikma nuqtayi nazaridan
mantiqsizday tuyuladi. Chunki hech qachon toshni siqib, suvini chiqarish, yoki
so‘zni tarozida tortish mumkin emas.


Download 224,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish