Bunday ob’ektlarga masalan, hunarmandchilik yoki ustachilikni olganimizda dastlab dunyoning barcha davlatlarida yashayotgan xalqlarning ham o‘ziga xos milliy hunarmandchilik va milliy ustachilik sohalari albatta bor. Ekskursiya jarayonida gid o‘zimizning hunarmandchilik yoki ustachilik sohalari buyumlarining noyobligi, go‘zal-bejirimligi, mustahkamligi, bu buyumlarda ekskursantlarni hayratga soladigan ijod namunalarining ko‘pligidan, boshqa davlatlardagi xuddi shunday buyumlar, mahsulotlardan ancha ustunligiga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi. Masalan, kashtachilikdagi ikki yo‘nalish: oddiy kashtachilik va zardo‘zli kashtachilik. O‘zbekistonga kelib ketayotgan davlat rahbarlari, xalqaro miqyosdagi taniqli sport va san’at yulduzlariga maxsus marosimlarda zardo‘zli to‘n va do‘ppi kiydirilmoqda. Ikkala buyum ham faqat o‘zbekistonliklar uchun milliy buyum xillari hisoblanadi. E’tibor qilsak qozoq, qirg‘iz, turkmanlarning ham to‘nlari, do‘ppilari, o‘zlarining milliyligini ko‘rsatib turadi. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishlari deyarli bir, yashash manzillarining yaqin-qo‘shni ekanligidan bizdagi do‘ppi va zardo‘zi to‘n tikish ularda ham bo‘lishi mumkin edi. Lekin qadimiy tub aholining buyumlar yaratishdagi milliy urf-odatlari va iqlim xususiyatlari, bayram tantanalarda kiyish odatlari va xush ko‘rishlari nuqtai – nazaridan Markaziy Osiyo xalqlarida qayd qilingan ikkala buyumni tikishda turli uslub, tanlash va yo‘nalish hosil bo‘lgan. Demak, bizdagi milliy do‘ppichilik va zardo‘zli to‘n tikish qo‘shni davlatlarda rivojlanmagan ekan dunyoning boshqa bironta davlatlarida bizdagidek usullari umuman yo‘q hisoblanadi (Xitoy xalq respublikasidagi uyg‘ur xalqida ham zardo‘zli kashtachilik rivojlangan). - Bunday ob’ektlarga masalan, hunarmandchilik yoki ustachilikni olganimizda dastlab dunyoning barcha davlatlarida yashayotgan xalqlarning ham o‘ziga xos milliy hunarmandchilik va milliy ustachilik sohalari albatta bor. Ekskursiya jarayonida gid o‘zimizning hunarmandchilik yoki ustachilik sohalari buyumlarining noyobligi, go‘zal-bejirimligi, mustahkamligi, bu buyumlarda ekskursantlarni hayratga soladigan ijod namunalarining ko‘pligidan, boshqa davlatlardagi xuddi shunday buyumlar, mahsulotlardan ancha ustunligiga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi. Masalan, kashtachilikdagi ikki yo‘nalish: oddiy kashtachilik va zardo‘zli kashtachilik. O‘zbekistonga kelib ketayotgan davlat rahbarlari, xalqaro miqyosdagi taniqli sport va san’at yulduzlariga maxsus marosimlarda zardo‘zli to‘n va do‘ppi kiydirilmoqda. Ikkala buyum ham faqat o‘zbekistonliklar uchun milliy buyum xillari hisoblanadi. E’tibor qilsak qozoq, qirg‘iz, turkmanlarning ham to‘nlari, do‘ppilari, o‘zlarining milliyligini ko‘rsatib turadi. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishlari deyarli bir, yashash manzillarining yaqin-qo‘shni ekanligidan bizdagi do‘ppi va zardo‘zi to‘n tikish ularda ham bo‘lishi mumkin edi. Lekin qadimiy tub aholining buyumlar yaratishdagi milliy urf-odatlari va iqlim xususiyatlari, bayram tantanalarda kiyish odatlari va xush ko‘rishlari nuqtai – nazaridan Markaziy Osiyo xalqlarida qayd qilingan ikkala buyumni tikishda turli uslub, tanlash va yo‘nalish hosil bo‘lgan. Demak, bizdagi milliy do‘ppichilik va zardo‘zli to‘n tikish qo‘shni davlatlarda rivojlanmagan ekan dunyoning boshqa bironta davlatlarida bizdagidek usullari umuman yo‘q hisoblanadi (Xitoy xalq respublikasidagi uyg‘ur xalqida ham zardo‘zli kashtachilik rivojlangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |