SWOT – tahlil matritsasi
Shunday qilib, tahdid va imkoniyatlarni tahlili korxonaning ichki resurslar va imkoniyatlarni baholashga ko'maklashadi, tashqi muhit o'zgarishi yo'nalishlarini va korxonaning bu o'zgarishlarga moslashuv darajasini aniqlab beradi(3.1 - rasm).
3.1-jadval
Marketing tadqiqotlarni o‘tkazish tamoyillari
Turistik firmalar ikki xil tadqiqot o'tkazishi mumkin
Turistik bozorda ro'y beradigan barcha o'zgarishlarni va rivojlanish yo'nalishlarni aniqlash maqsadida doimo o'tkaziladigan joriy tadqiqot;
Turistik bozordagi o'zgarishlar tahlilini tekshirish yoki tahlil qilish maqsadida bitta aniq vaziyatni o'rganish.
Turizmdagi tadqiqotlar har xil shakllarda namoyon bo'lishi mumkin: - oddiylardan boshlab murakkablarigacha;
- dalillarni to'plashdan boshlab majmuali matematik modellarni qo'llashgacha;
Tadqiqot tarkibining har aniq vaziyatda o'ziga xos bo'lishiga qaramasdan, uning beshta majburiy bosqichlari to'g'risida aytib o'tish kerak(3.2-jadval).
3.2-jadval
Marketing tadqiqotlari jarayoni
Marketing tadqiqotlar tamoyillari, tadqiqot muammolari, maqsadlari va vazifalarini keng ravishda aniqlash hamda ishchi bashoratni shakllantirishdan iborat. Turistik korxonaning marketing imkoniyatlari deganda, raqibdan ustunlikni ta‘minlaydigan korxonaning marketing harakatlarni jozibali yo'nalishlarni tushunish kerak.
Servis va turizm korxona raqiblarning afzalliklarini – bu moddiy va nomoddiy aktivlar, hamda turistik korxona uchun strategik jihatdan muhim bo'lgan va unga
raqobat ko'rashida ko'maklaShuvchi faoliyat sohalari(3.3-jadval).
3.3-jadval
|
Marketing tadqiqotlarining usul va shakllari
Oldindan o'rganish bu kelajak to'g'risida axborot olish.
Kon‘yukturani oldindan o'rganish – omillar uchta guruhini tahil qilish yo'li
bilan amalga oshiriladi:
ob‘ektiv guruh (aholi daromadlari, demografik vaziyat, siyosiy vaziyat va boshq);
sub‘ektiv (psixologik xususiyatlari, milliy urf-odatlar va boshq.);
maxsus (turmahsulot assortimenti va narxi, sayohat ob‘ektining jozibaligi va arzon – qimmatligi, korxona obruyi va h.k.).
Kon‘yukturani prognozi odatda qisqa muddatli bo'ladi, chunki faqat ma‘lum chegaralarda bozor holati harakatini ifodalash mumkin.
Prognoz qilganda axborot tafsiloti mezoni asosida usullarning uchta sinfi belgilanadi:
Dalilografik;
Evristika;
Aralash.
Dalilografik, ya‘ni sifatli usullar. Bu usullar prognozlash ob‘ekti o'tmish va hozirgi davrda rivojlanishi to'g'risidagi haqiqiy axborotga asoslanadi. Asosan ular qidiruv prognozlashda, ya‘ni bugungi kundan kelajakgacha bo'lgan prognozlash ishlatiladi. Dalilografik usullar o'rtasida prognozlash ob‘ektining dinamik qatorlarini o'rganuvchi statistik usullar alohida e‘tiborga ega bo'ladi.
Evristik yoki sifat usullari. Prognozlash ob‘ekti to'g'risida mutaxassis – ekspertlarning bilimlaridan foydalanishga va ob‘ektning kelgusida rivojlanishi (yurish-turishi) to'g'risida ular finlarni umumlashtirishga asoslanadi. Shuning uchun ular, odatda, ekspert usullari, deb ataladi. Ekspert usullari ko'pincha sakrashlar ruy beradigan jarayonlarni me‘yoriy prognozlashga mos keladi. Ulardan eng ma‘lum bo'lganlar bu «Aql xujumi» va «Seniktika».
Aql xujumi usuli muammoni guruhiy mulohaza qilishda ishtirokchilar g'oyalarini umumlashtirishga asoslanadi. Bu asosda muammoni ko'tilmagan yechimga olib keladigan fikrlar zanjirchalari paydo bo'ladi. Yig'ilish vaqtida olingan g'oyalar banyonnomaga kiritiladi, keyin baholanadi. Aql hujumi usuli amalga oshirishning ko'pgina variantlarga ega.
«Seniktika» prognozlashning sezgi – ijodiy usuli hisoblanib, har xil, oldindan bir – biriga mos kelmaydigan unsurlarning birlaShuvidir. Bu usulda faoliyatning har xil sohalardan taklif etilgan mutaxassislar oldindan yaratgan o'z g'oyalari bilan ekspertlar baholashda qatnashadi. Undan keyin g'oyalarni bir-biridan ajratib, aniq belgilangan, ko'pchilikni o'ziga tobe etgan g'oya qabul qilinadi.
Delfa usuli ekspertlarni so'rov qilishda eng ommaviy va samarali bo'ladi. U qo'yidagi xususiyatlarga ega:
birinchi bosqichda har bir ekspert alohida ishlaydi;
ekspertlar so'rovi bir nechta bosqichda olib boriladi;
har bir o'tgan bosqichdan keyin ekspertlar bir-birini bilmagan holda va baholarning minimal hamda maksimal darajalarini keng isbotlash asosida ular boshqa ekspert baholari bilan tanishtiriladi.
Aralash usullarga ekspert usuli bilan bir qatorda dalilografik dastlabki axborotni ham o'z ichiga olgan aralash axborot asoslari kiradi.
Prognozlashning murakkab masalasi bo'lib, bir usul yordamida yechilmaydigan yangi tovar sotish hajmini oldindan bilish hisoblanadi. Marketing tadqiqotlarni yuritishda yangi tovarning dastlabki, aytaylik, uch yil ichidagi sotilgan hajmlari baholanadi. Bu maqsadda eksport usullari, so'rov usullari, nazorat bozordagi savdo olib borilishi kabi usullar qo'llanilishi mumkin.
Marketing bo'yicha mutaxassislar bilan shakllangan ekspert baholari dastlabki tahlil bosqichida to'plangan raqiblar savdosi, salohiyatli bozor o'lchami, umumiy talab, bozordagi har xil markadagi tovarlar ulushi, savdo aloqalarga kirish qulayligi va boshq. ma‘lumotlarga asoslanadi.
Agar axborot yetarli bo'lmasa, u salohiyatli iste‘molchilarni savdogar, yetkazuvchilar, imkoniyat bo'lsa, raqiblarni to'g'ridan-to'g'ri so'rash yo'li orqali to'planadi. Bozorni tekshirish haridorlarning haqiqiy bozordagi xulqini kuzatish jarayonidagi nazorat yangi tovarlar salohiyatli savdo hajmini baholashga ko'maklashadi. Bu usullar, odatda birga qo'llaniladi. Aytib o'tilgan yoki boshqa yondoShuvdan foydalanib, marketing xizmati tovarni sotuvga chiqarish uchun yangi tovar kelgusi savdo hajmini o'rnatishi kerak.
Prognozlash jarayonining yakuni bo'lib, prognoz, ya‘ni oldindan bilish – og'zaki, matematik, chizma yoki boshqa shaklda belgilangan, ma‘lum kelgusi davr mobaynida turfirma o'zini yoki turistlik sohaning, hamda muhitning imkoniy holati to'g'risidagi fikrlar bo'ladi.
Kon‘yukturani prognozlar turlariga nisbatan yondashish har xil bo'lishi mumkin. Bozordagi vaziyatni to'liq aks etish uchun ssenariy xizmat qiladi.
Ssenariy – bu kelajakni bayon etish. Unda xodisalarning taxminiy rivojlanishi, ularni amalga oshirish imkoni belgilanadi. Vaziyatni oldindan bilish, odatda rivojlanish taxminiy variantlarning aniq soni bo'lishi buning uchun prognoz bir nechta ssenariylardan iborat bo'lishi ularni amalga oshirish uchun har xil erkinliklar yaratish kerak. Ssenariyning eng ishonchli turi asosiy sifatida qabul qilinadi va uning asosida joriy yechimlar qabul qilinadi.
Ssenariy va prognoz o'rtasida ma‘lum farq bor. Prognoz maxsus vaziyatni oldindan bilishga qaratilgan fikr bo'lib, uning afzalliklarini yoki kamchiliklarni qabul qilinishi yoki bartaraf qilishga asoslanadi. Ssenariy esa bu prognozlarning qaysi turlari yaratilgan bo'lishini aniqlaydigan vosita.
Kon‘yukturani prognozlarning asosiy ob‘ektlari, bu:
firma o'z mahsulotini sotadigan bozor hajmining o'lchami va harakatchanligi;
2. tovar (firma) ulushi.
Do'stlaringiz bilan baham: |