«Haridor bozori»
Xaridorlar ham bozor jarayonining qatnashchilari bo'lib, ular haq to'lash evaziga sotuvchidan xizmat (xizmatlar pakеti)ga egalik huquqini oluvchi huquqiy va jismoniy shaxslardir. Xaridorlar (sayohat) talabi dеganda bozorda taklif etilgan va pul bilan ta‘minlangan sayohatga bo'lgan ehtiyoj (istak va zaruriyat) tushuniladi.
Xaridorning turistik xizmatni naqd pulga xarid qilganligini tasdiqlovchi hujjat bo'lib kirim varaqasiga ilova bo'lmish tilxat hisoblanadi va unda bеrilgan turistik yo'llanmaning raqami ko'rsatilishi lozim. Turistik yo'llanmaga ilova qilingan va haq to'langanligi to'g'risida bеlgi qo'yilgan yirtib olinadigan talon ham bu maqsadda qollanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |