Turizmda marketing Reja: Kirish Turizmda marketingning ahamiyati Turizmda marketing xizmatini tashkil etish



Download 181,67 Kb.
bet18/19
Sana02.08.2021
Hajmi181,67 Kb.
#135860
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
atamurotov khalil kurs ishi

Xulosa va takliflar

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini Xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirishda xususiy turistik korxonalarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish borasida talaygina siljishlarga erishilmoqda. Hozirgi kunda, mamlakatimizda 740 dan ortiq kichik va o’rta biznes subyektlari, 60 ga yaqin xususiy turistik korxonalar turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotganligi, turistik maxsulotning yangidan-yangi zamonaviy turlarini kichik va xususiy turistik firmalar tomonidan kashf etilayotganligi va bular doirasida turli xil turistik xizmatlarning ko'rsatilayotganligi, turistik firmalarning tashabbusi bilan mamlakatimizda mavjud turizm resurslarining boshqa turlaridan samarali foydalanishning amalga oshirilayotganligi va boshqa shu kabi o’zgarishlar fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi.

O`zbekistonda milliy turizmni rivojlantirish yo`llari mavjud. Har bir region o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Davlatimizda turistik yarmarkalarni bo’lib o`tishi ham shundan dalolat beradi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro, Farg’ona vodiysi va boshqa regionlar o`z turistik mahsuloti bilan ajralib turadi va bu regionlarning katta potensialga ega. Milliy turizm o`zi bilan bog’liq sohalarni ham ijobiy tomonga rivojlanishiga olib keladi. Bunday rivojlanish kelajakda nafaqat davlat mavqeini, balki turistik bozorda davlatning o`z o`rnini topishiga turtki bo’la olishi g’oyasini o`z ichiga olgan.

Milliy turizmning mazmuni va ichki tuzilmasi, uni rivojlantirish yondashuvlari, turistik oqimlarini O`zbekistonda destinatsion marketing vositalari orqali o`sish mexanizmini asoslashda o`z ifodasini topadi.

O`zbekistonda milliy turizm rivojlantirish va uning muammolarini o`rganish, tadqiq qilish natijalari yuzasidan quyidagi xulosalar chiqarildi:

*O`zbekiston turizm sohasining bozor iqtisodiyotiga o`tishning beshinchi bosqichi 2005 yilda boshlanib, nihoyatda boy turistik imkoniyatlardan to`liq foydalanish uchun hukumat tomonidan 2005-2010 yillarga mo`ljallangan "O`zbekistonda turizmni rivojlantirish dasturi" ishlab chiqildi. O`zbekiston turistik taklif sistemasi "paketli" xususiyatga ega bo’lib, turistik oqimlar barqaror bo’lmagan, uni vujudga keltiruvchi bozor subyektlari tomonlaridan shakllantriladigan, faqat "tashkil qilingan turizm" segmentining ehtiyojlarini qondirishga moslashgan infratuzilmaga ega bo’lgan turistik maskanlarga xos bo’lgan xususiyatga ega. O`zbekistonning keng turistik salohiyatidan samarali foydalanish, turistik oqimni keskin oshirish, undan tushadigan daromadni maksimallashtirish, o`lkamizning eksport salohiyatini kengaytirish va yangi ish o`rinlarini yaratishdek mas`uliyatli vazifani amalga oshirish, turistik manzillashtirish siyosatini olib borishni taqozo etadi.

*O`zbekistonga yetib keladigan xalqaro turistik oqimlarni barqarorlashtirish, uni mavsumiylik xususiyatidan holi qilish, turistik oqimni ichki resurslar evaziga to`g’ridan-to`g’ri shakllantirish va undan olinadigan daromadni maksimallashtirish maqsadida o`lkamizda "tarmoq" turistik taklif sistemasini joriy qilish kerakki, u milliy, mahalliy turistik manzil boshqaruv organlarini shakllantirishni taqozo etadi.

*O`zbekistonga yetib keladigan turistik oqimning katta qismi "tashkil qilingan turizm" namoyandalari bo`lganligi, turistik infra- va infotuzilma "mohir qo’llar turizmi" segmentining ehtiyojlarini qondirishgа moslashmaganligini nazarga olsak, aynan shu potentsial turistik bozor segmenti oqimini oshirishni rag’batlantirish maqsadida, shunday infra- va infotuzilma joriy qilinishi kerakki, ushbu turizm namoyandalari O`zbekiston o’lkasida hech muammosiz o’z turistik ehtiyojlarini qondirishga erishsin.

*O’zbekistonda faoliyat ko’rsatadigan, o`z turistik xizmatini internet orqali targ’ibot va tijorat qiladigan korxonalar veb saytlari sifatining uzluksiz takomillashib borishi va zamona talabiga javob berishini ta’minlash zarur.

*Yana bir muhim tarmoq bu-ichki turizm hisoblanib, bugungi kunda bu tarmoqdan potensialga yarasha foyda olinmayapti, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar juda kam samara beryapti, shu sababli, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turistik firma va korxonalarga qo’shimcha imtiyozlar berilishi lozim, kerak bo’lsa 5 yilga ichki turizm soliqlaridan firmalar ozod qilinsa, kelajakda mamlakatimiz bu sohada kata yutuqqa erishgan bo’lar edi, bu o’zbek milliy turizmini rivojlanishiga olib keladi.

Hukumatimiz tomonidan turizm sohasida faoliyat ko’rsatadigan biznes subyektlari faoliyatini har tomonlama qo’llab - quvvatlash va raqbatlantirishni ta’minlovchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar yaratilgan bo’lib, ulardan amaliyotda keng miqyosda foydalanish natijasida anchagina ijobiy natijalarga erishilmoqda. Biroq, bozor iqtisodiyotiga o’tishdek murakkab davrda mamlakatimizdagi boshqa barcha iqtisodiy tarmoqlarda bo’lgani kabi turizm infrastrukturasida ham bir qator qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Ayniqsa, xususiy turistik korxonalarning faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham talaygina muammolar mavjud bo’lib, ular quyidagilarda o’z ifodasini topgan:


  • turizm infrastrukturasida faoliyat ko’rsatadigan yangi turdagi kichik va o’rta xususiy turistik firmalarni boshqara oladigan va ulardagi operatsiyalarni jahon andozalari darajasida bajara oladigan yetuk malakali kadrlarning yetishmasligi;

  • xususiy turistik agentliklar tomonidan mamlakatimizda mavjud turizm imkoniyatlarini reklama qilish borasida sustkashliklarga yo’l qo’yilayotganligi;

  • turizm soxasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik va o’rta biznes subyektlari o’rtasida o’zaro munosabatlar tizimini rivojlantirish borasida kamchiliklar yuzaga kelmoqda;

  • mamlakatimizning turistik shaharlari hisoblangan Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlarida xususiy kichik mexmonxona va kempinglarning yetarli miqdorda emasligi, shuningdek, katta yo’l trassalari yoqasida bunday obyektlarning deyarli mavjud emasligi yoki mavjudlarida ham jahon sifat andozalari doirasidagi turistik xizmatlar ko`rsatish darajasining pastligi;

  • turizm sohasida faoliyat ko’rsatayotgan turistik agentliklar va turizm operatorlari kabilar bilan mahalliy kichik va o’rta ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida o’zaro munosabatning takomillashmaganligi oqibatida mamlakatimiz ichki bozorlarida turistlar extiyoj sezgan maxsulotlar hajmining kamligi yoki umuman mavjud emasligi va boshqalar.

  • Sayohatni tashkil qilayotganda ichki mahalliy aholiga infratuzilmalardan foydalanish qimmatga tushayotganligi, masalan avia chiptalar narxi, viza olish muammolarining mavjudligi, mamlakatimizda chiqish turizmining rivojlanishiga katta to’siq bo’lyapti. Bu o’z-o’zidan milliy turizmni rivojlanishini orqaga tortadigan muammolardir.

Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, davlatimiz tomonidan bu kabi muammolarni bartaraf etish borasida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq, murakkab o`tish davridagi keskin o`zgarishlar natijasida bunday muammolar hali ham o’zining to’liq yechimini topa olmagan.

Umuman olganda, milliy turizm kelajakda mamlakatimizning eng yuqori daromadli tarmoqlaridan biriga aylanadi. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar, siyosiy tinchlik va eng asosiysi, xalqimizning insonparvarligi va mehmondo’stligi nixoyatda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.




Download 181,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish