3 Ommaviy kommunikatsiyaning shakllari, turlari. - 3 Ommaviy kommunikatsiyaning shakllari, turlari.
- Kommunikatsiya vositalari tarixini o‘rganishni bevosita bosma kitob davridan boshlash to‘g‘ri bo‘ladi degan fikrga qo‘shilish qiyin. Chunki kommunikatsiya vositalarini o‘rganish bevosita ushbu vositalardan ko‘ra insonning ijtimoiy tabiati va psixologiyasiga ko‘proq bog‘liqdir. Ommaviy kommunikatsiya vositalari texnikasi – jonsiz, o‘lik vosita. Unga hayot va ma’no bag‘ishlovchi esa insonlardir. Misol keltiraylik: matbuot paydo bo‘lganiga besh yuz yil to‘lgan bo‘lsa, teleko‘rsatuv boryo‘g‘i yetmish yil oldin kashf etildi. Ya’ni, rasmiy xronologik yondashuvga ko‘ra, matbuot teleko‘rsatuvdan sakkiz marta ko‘proq umr ko‘rgan, demak, tarixiy, kasbiy tajribasi va xizmatlari jihatidan ommaviy kommunikatsiya vositalari orasida, so‘zsiz, birinchi o‘rinni egallashi kerak. Aslida bunday emas. Doimiy teleko‘rsatuvlar efirga chiqqandan keyin yigirma yil o‘tar-o‘tmas teleko‘rsatuv matbuotni ortda qoldirdi va hanuzgacha ommaviy kommunikatsiya vositalari orasida hukmronlik qilib kelmoqda. Ommaviy axborot vositalari voqea to‘g‘risida to‘liq tasavvur berishda va konsensusni shakllantirishda odamlarga yordam berish uchun axborotni yetkazishi, izohlashi va tushuntirib berishi; ijtimoiy taraqqiyotning o‘xshashligi va meros bo‘lib qolish uchun hayotiy muhim bo‘lgan madaniy qadriyatlar va ramzlarni aks ettirishi kerak. Bundan tashqari “ko‘ngil ochish”. U madaniyatni yetkazishdan tashqari, yana bir jihatga ega bo‘lib, mukofot olib keladi, tanglikdan ozod qiladi
Ommaviy kommunikatsiyaning asosiy funksiyalari qo‘yidagilar: - Ommaviy kommunikatsiyaning asosiy funksiyalari qo‘yidagilar:
- Axborot berish:
- – jamiyat va dunyodagi voqealar to‘g‘risida axborot bilan ta’minlash;
- – hukumat bilan munosabatlar to‘g‘risida ogohlantirish;
- – yangilanish, moslashish va taraqqiyotni yengillashtirish;
- Korrelyatsiya qilish (ya’ni, voqealarni o‘zaro bog‘lash):
- – voqea va axborotlarning ma’nosini tushuntirish, izohlash va sharhlash; – mavjud hokimiyat va me’yorlarning qo‘llab-quvatlanishini ta’minlash;
- – ijtimoiylashtirish;
- – faoliyatning turli shakllarini koordinatsiyalash;
- – konsensusga erishish;
- – ustunlikni o‘rnatish va tegishlilik maqomi to‘g‘risida ogohlantirish;
- Vorislilikni ta’minlash:
- – hukmronlik qilayotgan madaniyatni ifoda etish va shaxslar madaniyatini va yangi madaniy oqimlarni tan olish;
- – umumiy qadriyatlarni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash;
- 4. Ko‘ngil ochish:
- – ko‘ngil ochishni, asosiy ishdan chalg‘itishni, bo‘shashtirish vositalarini ta’minlash; – jamiyatdagi tanglikni kamaytirish;
- 5. Safarbar qilish:
- – ijtimoiy maqsadda siyosat, urush, iqtisodiy taraqqiyotva inqiroz, bandlik va boshqa sohasiga tegishli tadbirlarni o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |