2 Kommunikatsiyaning funksiyasi, maqsadi va vositalari - 2 Kommunikatsiyaning funksiyasi, maqsadi va vositalari
- Muloqot chog‘ida axborot almashuvi samarasizligi sababi kommunikatsiya – bu almashuv faktligini esdan chiqarishda. Almashuv jarayonida ikkala tomon faol rolni o‘ynaydilar. Masalan, agar siz boshqaruvchi sifatida o‘z xodimingizlarda biriga ishni qanday o‘zgartirish kerakligini tushuntirsangiz, bu faqat almashuvni boshlanishi.
- Axborot almashuvi samarali bo‘lish uchun sizni xodimingiz sizni vazifangizni va o‘z faoliyati natijasida kutiladigan natijani u qanday tushunganligini sizga xabar qilish kerak. Axborot almashuvi faqatgina bir tomon axborotni taklif etsa, boshqa tomon uni qabul etgan holdagina amalga oshadi. bunga erishish uchun diqqatni kommunikatsiya jarayoniga qaratish kerak. Axborot almashinuvining oddiy ko‘rinishi bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotdir. Muloqot – birgalikdagi faoliyat natijasida yuzaga keladigan aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni bo‘lib, u o‘z ichiga axborot almashish, o‘zaro munosabatlarning yagona strategiyasini ishlab chiqish, hamkorni, suhbatdoshni qabul anglash va tushunish kabilarni oladi.
- Muloqotning maqsadi – jonli mavjud faollikning ushbu turi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan maqsad. Hayvonlarda odatda, muloqotning maqsadi biologik ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘ladi, insonda esa boshqa ehtiyojlar ham mavjud, ya’ni: ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy, ijodiy, estetik, aqliy rivojlanish va axloqiy kamolotga intilish ehtiyojlari va boshqalar.
Kommunikatsiyaning asosiy funksiyalari quyidagilar: - Kommunikatsiyaning asosiy funksiyalari quyidagilar:
- – axborot-kommunikativ funksiyasi
- – kommunikatsiya jarayonida tomonlar bir-biri bilan o‘zlari to‘g‘risidagi eng yangi axborotlarni almashadilar;
- – gnoseologik funksiyasi
- – kommunikatsiya jarayonida kishilar bir- birlarini ish yuzasidan, oila, turmush tarzi va madaniyati bilan yaqinroq tanishishlari mumkin;
- – aksiologik funksiyasi – kommunikatsiya jarayonida kishilar o‘rtasida madaniy va ma’rifiy qadriyatlar almashinuvi yuz beradi va bir- birlarining madaniyatlarini o‘zlashtiradilar, kelgusida uni qo‘llashi yoki unga moslashuvini e’tiborga oladi;
- – me’yorni ta’minlash funksiyasi – inson hissiyotiga bog‘liq xolda kommunikatsiyaning ma’lum me’yorlarga amal qilish lozimligini anglatadi. Masalan bemor bilan suhbat, o‘zga ji– ijtimoiy-amaliy funksiyasi – kommunikatsiya jarayonida tomonlarning qobiliyat, bilim, malaka va ko‘nikmalar almashinuvi ro‘y beradi.
- Muloqot vositalari – muloqot jarayonida beriladigan, yetkaziladigan axborotni kodlash, yetkazish, qayta ishlash va ma’nosini aytib berishdan iboratdir. Mazmun – muloqot jarayonida bir jonli mavjudot tomonidan ikkinchisiga yetkaziladigan axborot. Odamlar bir birlari bilan dunyo haqidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan axborotlarni almashadilar, o‘z tajribalari, bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashadilar.
- ns vakillari bilan suhbat ma’lum me’yorlarga amal qilishni talab etadi);
Do'stlaringiz bilan baham: |