Yangi ishlanmaning turiga ko’ra, yangilikni ikki asosiy guruhga ajratish
mumkin: moddiy-texnik va ijtimoiy. Moddiy-texnik yangiliklarga quyidagilar
kiradi:
-
Texnika (jihoz, asboblar). Sayyohlik sanoatida
ularga sayyohlik korxonasi
tomonidan yangi transport vositasining sotib olinishi yoki mehmonxona
majmualari nomerlarini texnik qayta jihozlashni kiritish mumkin.
-
Texnologiya (ishlab chiqarish jarayonlari). Mazkur holatda bu sayyohlik
operatorining sayyohlik xizmatini ko’rsatuvchilar (otellar, transport kompaniyalari
va shu kabilar) bilan bozor talablariga ko’proq moslashgan o’zaro harakati
sxemasini ishlab chiqish; marketing va sayyohlik mahsulotlarini
rivojlantirishda
qat’iy yangi yondashuvlarni amalga oshirish, korxonaning tashkiliy tuzilmasini
shakllantirish va boshqalar.
-
Sanoat materiallari (xomashyo va tayyor mahsulot). Ijtimoiy yangiliklar
quyidagilarga bo’linadi:
Iqtisodiy (sayyohlik korxonasi ishchilar mehnatining me’yorini belgilash va
yangicha haq to’lash usullari, bozor talablariga moslashtirilgan strategik va taktik
boshqaruv ko’rsatkichlari
tizimlarini ishlab
chiqish,
reklama kampaniyasining samaradorligini ta’minlash).
Tashkiliy-boshqaruv (sayyohlik korxonasining
yangi tashkiliy tuzilmalari,
gorizontal va vertikal o’zaro harakat shakllarini ishlab chiqish, sayyohlik firmasi
direktori rolini o’zgartirish, mehnat taqsimoti).
Ijtimoiy-boshqaruv, ya’ni sayyohlik korxonasi direktori va mehnat jamoasi
orasidagi munosabatlarni o’zgartirishga qaratilgan jamoa orasidagi munosabatlar
(asosan ishchilarning huquq va majburiyatlari bo’limlarida), qaror qabul qilish
shakllarini maqsadli ravishda o’zgartirish, gorizontal, bo’limlararo o’zaro harakatni
tashkil etish, kasaba uyushmalari va ishchilarning boshqa birlashmalari rolini
o’zgartirish.
Huquqiy. Asosan,
sayyohlik
bozorini
tashkil
etishning
huquqiy tamoyillarini o’zgartirish (litsenziya berish, sertifikatlash,
standartlash), sayyohlik sohasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish
(personal malakasini oshirish, xizmat pog’onasi bo’yicha ko’tarish), sayyohlik
manbalarini muhofaza qilish doirasidagi munosabatlar;
-
pedagogik (o’qitish, tarbiyalash uslublari).
Ijtimoiy-madaniy xizmat
ko’rsatish (servis) va turizm sohasi mutaxassislarining professional (kasbiy) ta’lim
olish doirasida, sayyohlik sanoati kadrlarini qayta tayyorlash, sayyohlik
korxonalari ishchilari va direktorati xodimlarining malakasini oshirish sohalarida
qo’llaniladi. Shunday qilib, ijtimoiy yangiliklar
korxonada biror ishlanmani
o’zgartirish yoki ishchilarning ijodiy salohiyatini faollashtirishga yordam berish
imkonini beradi
1
.
Ba’zida iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy yangiliklar “boshqaruv” tushunchasi bilan
birlashadi. Guruhlarga bo’lishning boshqa variantlari ham mavjud. Biz endi ko’rib
Do'stlaringiz bilan baham: