4.2. Dasturlash tillari va ularning turlari
88
• loyihalovchi dasturlash tillari - Visual Basic, Delphi, MS
Visual C#, Borland C++ Builder va b.;
• gipermatn tuzuvchi tillar - HTML, XML va b.;
• jarayonni aniqlashtiruvchi tillar - makroslar, MS Office
dasturlarida keng qo‘llaniladi;
• tizimiarni modellashtiruvchi tillar - GPSS (General PurPose
Simulating System) - modellami dasturlash jarayonini avto-
matlashtiruvchi tillar.
Quyi darajali dasturlash tili - protsessordagi jarayonni amalga
oshiruvchi til. Ushbu tillarda dasturlar yaratish dasturlovchidan
maxsus tayyorgarlikni va mahoratni talab qiladi, chunki dastur
mashina kodlarida yoziladi. Ushbu dasturlar kompyuter uchun
samarali bo‘lsada, inson tomonidan uni o‘qib, tushunib olish juda
qiyin hisoblanadi.
Ilk bor haqiqiy dasturlash tili deb e’tirof etilgan til - 1949-yilda
Mochli boshchiligida yaratilgan ShortCode (qisqartirilgan kod).
Bunda ifodaami ikkilik sonlar bilan emas, balkim ikki belgili
kombinatsiyalar orqali yozish mumkin bo‘lgan.
Assembler tili - mashinaga yo‘naltirilgan til bo‘lib, mashina
tilini belgilar bilan tasvirlaydi va u mnemonika (ingl. mnemonic)
deyiladi. Mnemonika asosida tuzilgan mashina buyruqlari
mnemokod (ingl. Mnemonic code) deyiladi. Bir necha mnemo-
kodlami to‘plab, ularni makrobuyruq sifatida alohida nomlab,
keyinchalik uni nomi bilan chaqirib, qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Shunga qaramasdan ushbu tilda ham dasturlami tuzish murakkab
va hajmi jihatidan juda katta bo‘lib ketadi. Lekin kompyuter
qurilmalari bilan ishlaydigan dasturlar uchun juda samarali
hisoblanadi. Shu bois, tushunarli va qulay bo‘lgan dasturlash
tillarini yaratishga ehtiyoj juda katta bo‘lgan.
Yuqori darajali dasturlash tillari inson tillariga juda yaqin
bo‘lib, uni o‘rganibiolish ko‘p qiyinchilik tug‘dirmaydi.
1954-1957-yillarda IBM firmasida Bekus boshchiligida Fort
ran dasturlash tili yaratildi. Unda matematika va injenerlik soha-
lariga taalluqli masalalar yechiladi. Dasturda kodlarni yozilishida
89
qat’iy qoidalar yengillashtirilgan, masalan, matematik formulalar
qariyb odatiy ko‘rinishda yoziladi.
1958-yilda Syurixda o‘tkazilgan ilmiy majlisdan so‘ng
ALGOL (ALGorithmic Language) dasturlash tili yaratildi. Bu til
ham hisoblash jarayonlarini dasturlashga qaratilgan bo‘lib, unda
dastur bloklanib yoziladi.
1959-yilda tijorat masalalarini yechishga qaratilgan COBOL
(Common Business Oriented Language) universal tili ishlab
chiqildi va u juda yaxshi tarkiblangan tildir. Cobol dasturi to‘rt
qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular aniq ketma-ketlikda bo'ladi:
identifikatsiyalash (unda dastuming nomi, yordamchi ma’lu
motlar); qurilmalar (kompyuterning ko‘rsatkichlari); ma’lumotlar
(qayta ishlanadigan ma’lumotlar tavsifi beriladi); protseduralar.
1964-yilda IBM tomonidan PL\1 (Programming Language
One) tili taklif etildi. Unda Fortran, Algol-60 va Cobol tillarining
imkoniyatlari jamlangan edi. Bu esa uni murakkablashtirib,
o‘rganishga noqulaylik tug‘dirdi.
1961-1965-yillarda Djon Makkarti tomonidan LISP (List
Processing Language) tili taklif etildi. Ushbu til «ro‘yxat»ni qayta
ishlovchi belgili tildir. «Ro‘yxat» sifatida algebraik ifoda, graf,
to‘plam va shimga o‘xshash tushunchalar bo‘lishi mumkin.
1965-yilda Djon Kemeni va Tomas Kurtz tomonlaridan BASIC
(Beginner’s All-purpose Symbolic Instruction Code) tili ishlab
chiqildi. Shu yerda ta’kidlash lozimkim, 1975-yilda Pol Allen va
Bill Geyts Altair 8800 mikrokompyuteri uchun ilk bor Basic tili
dasturini kiritishgan, keyinchalik ular mashhur Microsoft kom-
paniyasini yaratishdi.
1969-yilda N.Virt tomonidan Pascal tili yaratildi. Ba’zi bir
adabiyotlarda uning kelib chiqishini Paskal olimiga bag‘ishlangan
deyilgan bo‘Isa, boshqalarida “Philips Automatic Sequence
CALculator” so‘zlaridan kelib chiqqan deb yozilgan. U yuqori
darajadagi algoritmik til hisoblanib quyidagilarga ega:
1. Dasturlashtirish konsepsiyasini va tarkibini tizimli va aniq
ifodalaydi;
2. Dastur tuzishni tizimli olib borish imkonini beradi.
90
3. Dastur tuzish uchun boy termin, tarkiblanish sxemalariga
ega.
4. Hosil bo‘lgan xatoliklarni tahlil qilish tizimiga ega bo‘lib, u
dasturlashtirishni ma’lum darajada o‘rgatishni tashkil eta oladi.
1971-1972-yillarda
Alan
Kolmari
tomonidan
Prolog
(Programming in Logic) tili taklif etildi. Ushbu til sun’iy idrok
tizimlarini yaratishga qaratilgan. Ushbu til orqali kompyuter
«fikrlashtirish» qobiliyatini yaratish mumkin bo‘ladi.
1972-yilda D.Ritchi va B.Kamigan “C” dasturlash tilini
yaratishdi. Keyinchalik 1979-yilda Bern Stroustrop С tiliga klass
tushunchasini kiritdi va 1983-yilda C++ tilini ishlab chiqdi.
1975-1980-yillarda J.Ishbia boshchiligida Ada tili yaratildi.
Eng qiziqarlisi, ushbu til bevosita Pentagon tomonidan buyurilgan
bo‘lib, harbiy obyektlaming bort tizimlarini boshqarish uchun
ishlab chiqilgan. Ada tili obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillariga
mansub bo‘lib, bevosita Pascal tiliga o‘xshash hisoblanadi.
1979-yilda N.Virt tomonidan Modula-2 tili yaratildi. Unda ham
Pascal tiliga o'xshashlik va modullik tamoyilligi mavjud.
1987-yilda N.Virt Oberon tilini yaratdi. Unda ko‘p yaxshi
jihatlami umumlashtiruvchi til sifatida qarash kerak, shu o‘rinda
kombinatsiyalashgan tiplar, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash.
Bundan tashqari, translatsiya jarayonida dastur kodlarini qat’iyatlik
bilan nazorat qilish imkoni mavjud.
Hozirgi kunda bir necha ming dasturlash tillari mavjud.
Ulardan keng tarqalgani loyihalovchi dasturlash tillari - Visual
dasturlash tizimlari, bularga Visual Basic, Delphi, C++ Builder,
Visual C++ tillarini misol qilib aytish mumkin. Ilk bor 1991-1993-
yillarda Microsoft firmasida Visual Basic yaratildi. 1995-yilda
Borland firmasi Delphi tilini ishlab chiqdi, Microsoft esa Visual
C++ tilini yaratdi.
Internetning rivojlanishi quyidagi tillaming yaratilishi bilan
bog‘liq bo‘ldi.
1987-yilda Larry Wall PERL (Practical Extraction and Report
Language) - tilini yaratdi. Undan ma’lumotlami fayllardan o‘qib
olish va hisobotlami tuzishda foydalanish mumkin. U orqali katta
hajmdagi matnlar va fayllar qayta ishlanadi. Tilning sintaksis
91
qoidalari С tiliga o‘xshash. Ushbu tilda web-serverlar bilan
muloqotga kirish va HTML shakllaridan ma’lumotlarni o‘qib olish
mumkin bo‘ladi.
1991-yilda “Svm Microsystem” firmasi tomonidan Java tili
yaratildi. Ushbu tilni D. Gosling, P.Norton, K.Vort, E.Frenk,
M.Sheridanlar ishlab chiqqanlar va uni ilk bor OAK deb
nomlashgan. Asosiy maqsad - har xil platformalarda ishlaydigan
dasturlash tili yaratish bo‘lgan. Java tilida istalgan masalalarni
yechimini aniqlash mumkin, undan tashqari u veb-sahifalaming
imkoniyatlarini kengaytirish imkoniga ega. Java tilida tuzilgan
dastur kompyuter arxitekturasiga bog‘liq emas, chunki bunda Java
dasturi maxsus mustaqil bayt-kodga translatsiya qilinadi. Java tilida
kompyuter viruslaridan va ruxsatsiz kirishlardan himoya mavjud.
Keyinchalik Netscape firmasi LiveScript tilini ishlab chiqdi. U
orqali HTML fayllariga oddiy dasturlami kiritish mumkin bo‘lgan.
Sim firmasining ruxsati bilan ushbu til JavaScript deb nomlandi.
HTML (Hyper-Text Markup Language) - veb-sahifalarni
yaratish uchun qo‘llaniladigan til. Ushbu tilda matn, grafika,
'jadvallar va boshqa obyektlarni joylashtirish teglar orqali amalga
oshiriladi. Bu faylni ochish uchun esa maxsus brauzerlar ishlab
chiqilgan. Uning faqatgina HTML 2.0 versiyasi standart sifatida
1995-yilda qabul qilindi.
1990-yilda Tim Bernes Li gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu
loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro
almashish imkonini berar edi. Shunday qilib Xalqaro axborot
tarmog‘iga, ya’ni World Wide Web (WWW) ga poydevor
yaratildi.
Ushbu kashfiyot Dunyo olimlari tomonidan maxsus Mingyillik
sovriniga The Millennium Technology Prize tavsiya etildi. Ushbu
sovrin (The Millennium Technology Prize) - Finlandiya tomonidan
joriy etilgan eng yirik xalqaro sovrin bo‘lib, odamlarni hayotini
o‘zgartirishga qaratilgan eng yirik texnologik kashfiyotlar uchun
taqdim etiladi. Sovrindorlar tanlovi har 2 yilda o‘tkaziladi. Ilk bor
ushbu sovrin 2004-yili Tim Berners Liga berildi.
1991-yilda gollandiyalik Guido van Rossum tomonidan
“Python” tili yaratildi. Unda dasturlash texnologiyalarining barcha
92
imkoniyatlari mujassamlashtirilgan: tarkiblangan, obyektga yo‘nal-
tilgan, funksional, imperativ va aspektli.
1994-yilda daniyalik Rasmus Lerdorf tomonidan PHP
(Personal Home Page) tili yaratildi. Unda dinamik veb-sahifalami
yaratish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda keng
qo‘llaniladigan tillardan biridir.
SQL (Structured Qu6ry Language)- protsedurasiz yuqori
darajali dasturlash tili, shu bilan u boshqa algoritmik tillardan
farqlanadi. U relyatsion ma’lumotlar bazasida ma’lumotlami
yaratish, qayta ishlash va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu
tilni ishlab chiqish 1970-yillarda IBM firmasida boshlangan va
SEQUEL (Structured English QUEry Language) tili deb
nomlangan. 1986-yilda ushbu til ANSI standarti tomonidan SQL
deb qayd qilingan.
2000-yilda Microsoft firmasida Anders Xeylsberg tomonidan
C# (’Si sharp’ deb o‘qiladi) ishlab chiqildi. Unda .NET Framework
muhitida ishlash imkoni va shu bois boshqa tillarga muammosiz
ko‘chirilishi mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |