Turizmda axborot texnologiyalari


S Interfeys formalari va komponentlari. S



Download 88,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/183
Sana18.07.2022
Hajmi88,63 Kb.
#820582
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183
Bog'liq
Turizmda axborot texnologiyalari. Zaynalov N.R

S
Interfeys formalari va komponentlari.
S
Vizual dasturlash muhitida interfeysli dasturlar yaratish.
S
Tayanch so‘z va iboralar.
S
Nazorat savollari.
■S
Test savollari.
v' Foydalanilgan adabiyotlar.
4.1. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
Ilk bor kompyutemi dasturiy boshqarish tamoyillarini va das- 
tumi xotirada saqlanish g‘oyalarini 1830-yillarda Charlz Bebbidj


taklif etgan. Uning shogirdi Ada Lavleys 1843-yilda Charlz 
Bebbidj ma’ruzalari bo‘yicha yozilgan maqolaga yozgan izohida 
dasturlashtirishning asosiy tamoyillarini keltirib o‘tgan va unda ilk 
bor buyruqlar ketma-ketligini takroriy bajarilishi mumkinligini 
qayd qilgan. Ada Lavleys tuzgan birinchi dasturlar ikki noma’lumli 
tenglamalar sistemasini yechishga va Bemulli sonini hisoblashga 
mo'ljallangan bo‘lgan. Shu bois eng birinchi dasturlovchi deb Ada 
Lavleys e’tirof etilgan.
Kompyuterlami yaratilishi bilan amaliy matematikaning yangi 
sohasi, ya’ni dasturlashtirish yuzaga keldi. 1950-yillar orasida 
paydo bo‘lgan ushbu sohada mashina kodlarida dastur tuzilar edi. 
Bunda dasturlar juda katta va undagi xatoliklami aniqlash juda ham 
mushkul bo‘lgan. Ushbu qiyinchiliklami bartaraf etish maqsadida 
mnemokod ishlab chiqildi. Assembler yordamida mnemokodda 
tuzilgan dasturni mashina kodiga o‘tkazib bergan. Ushbu texno­
logiya hozirgi kungacha qo‘llaniladi. Keyinchalik avtokod ishlab 
chiqildi, uni har xil kompyuterda qoilanilishi va dasturlami o'zaro 
almashtirish imkoni mavjud bo‘lgan.
1954-yilda J.Bekus boshchiligida Fortran (Formula Trans­
lation) birinchi yuqori darajali dasturlash tili yaratildi. Ushbu 
dasturlash tili hozirgacha keng qo‘llanilib kelinmoqda.
1965-yilda D.Kemen va T.Kurtslar tomonidan Fortranning 
soddalashtirilgan Basic varianti ishlab chiqildi.
1958-1960-yillarda Yevropada ALGOL yaratildi va keyin­
chalik unga o‘xshash AlgolW (1967), Algol 68, Pascal (N.Virt, 
1970), С (D.Ritchi va B.Kemigan, 1972), Ada (J.Ishbia, 1979 ) , 
C++ (1983) dasturlash tillari yaratildi.
1961-1962-yillarda Dj.Makkarti tomonidan Lisp tili yaratildi.
1970-yilga kelib dunyoda 700 dan ortiq yuqori darajali 
dasturlash tillari yaratilgan edi. Shu paytlarda tarkiblangan dastur­
lashtirish texnologiyasi yuzaga kela boshladi. Uning asosi 
quyidagilardan iborat:
- murakkab masala kichik oddiy masalalarga bo‘laklanadi. Har 
bir masalada bitta kirish va chiqish nuqtasi boiadi;
- umumiy boshqaruvchi dastur, bevosita elementar misollar 
to‘plamidan tashkil topgan bo‘ladi;
86


- dastur qadam-baqadam ishlab chiqiladi.
Keyinchalik modulli dasturlashtirish texnologiyasi yaratildi, 
unga binoan:
- funksional nuqtayi nazar masala mustaqil kichik masalalarga, 
ya’ni modullarga bo‘linadi, keyinchalik ular faqatgina kiritiladigan 
va chiqariladigan qiymatlar orqali bog‘lanadi;
- modullami qaysi dasturlash tilida yozilganligidan qat’i nazar 
ulami bitta dasturga bogiash mumkin.
1970-1980-yillarda dasturlashtirish mustaqil ilmiy soha sifa­
tida ajralib chiqa boshladi va unda dasturiy ta’minotni yaratish 
usullari o‘rganiladi.
Keyinchalik dasturlashtirish texnologiya darajasiga ko‘tarildi. 
Dasturiy ta’minotni yaratish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• yechimni aniqlashdagi xarajatlami hisoblash usullari;
• algoritmni tuzishda matematik usullar;
• tizim talablarini, uni tashkillashtirishni va bashoratlashni 
boshqaruvchi usullar.
1990-yillarda obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyasi 
yuzaga kela boshladi.
Dasturlashtirish sohasini sanoatlashtirishda dasturlovchi va 
tadbirkor Bill Geytsning (Gates William Henry, 1955) hissasi juda 
ulkandir. 1972-yilda Bill Geyts o‘zining sinfdoshi Pol Allen bilan 
birgalikda «Tref-o-Deyta» firmasini tashkil qilishadi. Ko‘chalarda 
avtomashinalar harakatlanishini tahlil qilish maqsadida 8008 
mikroprotsessorli kompyuterda ma’lumotlami qayta ishlashishgan. 
Keyinchalik, 1975-yilda Garvard universitetining talabasi bo‘lgan 
do‘sti Allen bilan birgalikda MITS firmasining Altair kompyuteri 
uchun Basic interpretatorini tuzishadi. Eng qiziqarlisi, ular MITS 
firmasi bilan tuzgan shartnomasiga binoan ushbu dastur kompyuter 
bilan birgalikda sotuvga qo‘yilishi kerak bo‘lgan (1980-yillarda 
Bill Geyts QuickBasic tilini yaratdi va u «Microsoft» firmasining 
harakati bilan k;eng tarqalgan edi). Keyinchalik Bill Geyts va 
P. Allen «Microsoft» firmasini tashkil qilishgan. Unda ham ishlab 
chiqilgan dasturiy ta’minotlar bevosita kompyuter ishlab 
chiqaruvchilarga litsenziyalar sotish orqali keng tarqalgan.


Ilk bor kompyuterlar uchun dasturlar yaratish hisoblash texni- 
kasini ishlab chiqaruvchilar tomonidan bajarilgan. Keyinchalik, 
texnikaning rivojlanishi oqibatida, ushbu jarayon yuqori idrokli 
jarayonga aylandi. Chunki har bir dasturni tuzishda maxsus ilmiy 
bilimlarga ega bo‘lgan va chuqur fikrlash qobiliyatlari mavjud 
mutaxassis talab etiladi. Ushbu mutaxassisni biz dasturlovchi deb 
nomlaymiz.
Dasturlovchi hozirgi kunda fanlaming ko‘p sohalarini chuqur 
bilishi, mantiqiy va abstrakt fikrlash qobiliyati, yangiliklami 
qo‘llashda iste’dod sohibi, jarrohday aniqlik va yozuvchidek badiiy 
asarlar yaratish qobiliyatlariga ega bo‘lgan shaxsdek bo‘lishi kerak. 
Shu bois ham dasturlovchilaming mahsulotlarini san’at asari yoki 
ilmiy ishlanma bilan taqqoslash mumkin.
Dasturlash ko‘nikmalarini hosil qilish va mahoratni oshirish 
uchun faqatgina har xil masalalar uchun dasturlar tuzish lozim 
bo‘ladi.
Dasturlovchi masalani yechishda quyidagilami bajarishi kerak:
- masalani chuqur anglab olish;
- umumiy yechimga olib keluvchi rejani tuzish;
- reja asosida dasturni tuzish;
- natijani tahlil qilish.
Ushbu ishlami amalga oshirish uchun dasturlovchi ko‘p 
sohalardan bilimga ega bo'lishi kerak.
Dasturlash tillari quyi va yuqori darajali tillarga tasniflanadi. 
Quyi darajali tillarga quyidagilar kiradi:
• mashina tillari - kompyuterning kodlar tizimi;
• mashinaga yo‘naltirilgan tillar - assembler, mnemokod.
Yuqori darajali tillarga quyidagilar kiradi:
• muammoli yo‘naltirilgan tillar - Fortran, Algol, Kobol, Ada 
va b.;
• universal tillar - Algol 68, PL\1; Pascal, QBasic, C++, C# va
b.;

Download 88,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish