Majburiy sertifikatlashga turizm xizmatlarini taqdim etish bilan bogliq bolgan faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud bolgan turizm faoliyati subektlari tomonidan korsatiladigan turizm xizmatlari tortiladi.
Sertifikatlashni amalga oshirishda korsatiladigan xizmatlar tavsifi tekshirib koriladi hamda quyidagilarga imkon beruvchi tekshirish usulla-ridan foydalaniladi:
xizmatlarni identifikatsiyalash (tenglashtirish, aynan oxshatish) ni otkazish, jumladan, klassifikatsiya guruhlanishiga (OKUN) tegishli ekanini tekshirish;
sertifikatlanadigan turizm xizmatlarini meyoriy hujjatlarda belgilangan majburiy talablarga mosligini tasdiqlash.
Boshqa tekshiriladigan korsatkichlar tarkibi turizm xizmatlarini sertifikatlash maqsadlaridan kelib chiqib, sertifikatsiya tekshiruvida aniqlanadi. Buning uchun bir necha sxemadan foydalaniladi.
№ 1 sxema xizmatlarni ijro etuvchi mahoratini, texnologik va me’yoriy hujjatlardagi bilimini tekshirish bilan bog‘liqdir. Xizmat natijalarini tanlab tekshirish bilan bir qatorda ijro etuvchini xizmat sifatini navbatdagi inspeksiya tekshiruvida ekspert baholashdan foydalaniladi. Pulli ekskursiyalar, dam olish kunidagi sayohat, tur byurolar uchun tavsiya etiladi.
№ 2 sxema. Yo‘llanmani sotishdan va sifat tizimi elementlarini o‘z ichiga olib to‘rning tugashiga qadar guruhlarni shakllantirishdagi xizmatlarni korsatish jarayonlarini baholashni kozda tutadi:
turizm xizmatlarini korsatuvchi korxona imkoniyatlari va istemolchi talablari ortasida farqlarni tartibga solish maqsadlarida (yollanmani harid qilib olgunga qadar) taqdim etilayotgan turizm xizmatlari togrisida turistga malumotlar berish jarayoni;
subpurdatchilar bilan shartnomalar tuzish boyicha jarayonlar (turizm xizmatlarini realizatsiya qilishda ozaro hamkorlikda harakat qiluvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishdagi talablarni aniqlash: mehmonxonalar, transport korxonalari, sugurta kompaniyalari, umumiy ovqatlanish korxonalari va h.k.);
mos ravishdagi xodimni tanlashda, xizmatlarni taqdim etishda ishtirok etuvchi xodimlarga bolgan ehtiyojini aniqlash boyicha jarayonlar;
xizmalarni belgilangan talablarga mosligini tasdiqlash uchun taqdim etish jarayonida kerakli yozuvlarni yuritish boyicha jarayon;
korsatiladigan xizmatlar sifatini belgilangan talablarga mosligini tasdiqlas okh maqsadida rahbariyat tomonidan tahlil o‘tkazish, aniqlangan nomuvofiqlik bo‘yicha va ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar hamda qarorlar qabul qilish.Turagentlik marshrutlari bo‘yicha turizm sayohatlari uchun tavsiya etiladi.
№ 3 sxema. Navbatdagi inspeksiya nazorati bilan xizmat natijalarini tanlab tekshirish bilan turizm korxonalarini attestatsiyadan otkazishni kozda tutadi. Mazkur sxema boyicha sertifikatlashda korxonaga GOST 28681. -95 ga mos ravishda malum kategoriya (yulduz) beriladi (taqdim etiladi). U mehmonxonalar, motellar va kempinglar uchun tavsiya etiladi.
Mehmonxonalar taqdim etadigan turizm xizmatlarini sertifikatlashni majburiy sharti bolib, oz vakolatlari doirasida xavfsizlik uchun nazoratni amalga oshiruvchi mos ravishdagi davlat xizmatlari (yonginni ochirish xizmati, sanitar-tabbiy xizmatlar, texnik va boshqa nazorat organlari) hujjatli tasdig‘i bo‘lib hisoblanadi (ular xulosalarning mavjudligi). Bundan tashqari, mehmonxonalardagi ovqatlanish korxonalari muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishlari kerak.
№ 4 sxema. Uni faoliyat korsatishini barqarorligi ustidan navbatdagi nazorat bilan sifat tizimini sertifikatlashtirishga yonaltirilgan. Bu sxema barcha turdagi turizm korxonalari va mehmonxonalari uchun zarur hisoblanadi, ammo, turizm byurolari uchun yanada afzalroqdir. Shunga qaramasdan ixtiyoriy sertifikatlash sxemasi sertifikatlashtirish boyicha organlar bilan kelishuv boyicha buyurtmachini aniqlaydi. Xizmatlar sifatini tekshirish uchun texnologik jarayonlar nazorati, xizmat korsatish jarayonini baholash, ijro etuvchilar mahorati (malakasi, uddaburonligi, ustaligi) tadqiqot va ijtimoiy (sotsiologik) sorov natijalari usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |