Turizm va servis” kafedrasi “Mijozlarga xizmat ko’rsatish texnologiyasi”fanidan kurs ishi mavzu: Servis faoliyatning iqtisodiy mohiyati Bajardi


Xizmatlar ko’rsatish uchun harajatlarning qoplanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar



Download 57,16 Kb.
bet18/21
Sana30.12.2021
Hajmi57,16 Kb.
#91008
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Abxufattoxova Husnoraxon Kurs ishi

Rentabellik ko’rsatkichlari bir necha guruhlar bo’yicha hisoblanadi:
1. Xizmatlar ko’rsatish uchun harajatlarning qoplanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
2. Sotish foydaliligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
3. Kapital daromadliligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.







5.Servis korxona va tashkilotlarida samaradorlikni oshirishning asosiy yo’llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo’jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo’lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yo’qotish bilan izohlash mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo;lib kelgan va hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo’llar bilan foydalanish mumkin:
*7 ishlab chiqarish va mehnatni mehanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda kompleks ravishdagi mehanizatsiyalashtirish;
*8 asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;
*9 progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
*10 xom ashy ova materiallar zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;
*11 ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;
*12 ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani toppish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina xohish va istaklarning o’zigina yetarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo’lgan yo’nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag’larini va boshqa zarur bo’lgan resurslar (investitsiyalar) izlab toppish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog’lash”, to’rtinchidan, o’z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi.
Fan-texnika taraqqiyoti so’ngi paytlargacha evolyutsion ravishda rivojlanib kelayotgan edi. Asosiy e’tibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora-tadbirlar ma’lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi.
Yangi texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik talab darajasida emas edi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari “ekspluatorlik belgisi” sifatida, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul qilingan. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralgan hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo’l qoyilmagan.
Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o’zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so’ngi avlod texnikasiga o’tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. Shu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq bo’lmish universitetlar, ilmiy markaz va labaratoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o’rinlarda turishi ham bejiz emas.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda
Download 57,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish