Turizm va servis” kafedrasi “Mijozlarga xizmat ko’rsatish texnologiyasi”fanidan kurs ishi mavzu: Servis faoliyatning iqtisodiy mohiyati Bajardi



Download 57,16 Kb.
bet20/21
Sana30.12.2021
Hajmi57,16 Kb.
#91008
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Abxufattoxova Husnoraxon Kurs ishi

Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko’rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbztida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yaxshi biluvchi, savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi.
Korxona faoliyatining samarali bo’lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob – uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullaridan foydalanish orqali erishiladi.
Albatta, yuqorida keltirib o’tilgan omillarni amalga oshirish ma’lum bir resurslar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarning mohiyati va ahamiyatini o’zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, zamon bilan hamnafas holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o’z salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga tayanuvchi korxona o’zining bugungi kundagi muvaffaqiyatlaridan tashqari, kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishni, jumladan, bozordagi o’z o’rni va raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo’lishini ta’minlaydi.



Xulosa
Korxonalar faoliyati manfaatlari uchun eng yangi imkoniyatlar va zaruriyatlardan biri korxonani texnik-texnologik jarayonlarni yanada rivojlantirish yo’li bilan samaradorlikni oshirish orqali respublika real iqtisodiyoti tarmoqlarida vujudga kelib qolgan taqchillikni oldini olish va istiqbolli taraqqiyotga imkon yaratishdir.
1-Prezidentimiz I.A.Karimov ―O’zbekiston innovatsion rivojlanish yo’li bilan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali samaradorlikni oshirishning xozirgi zamon modeliga o’tish uchun xamma zarur sharoitlarga ega,‖- deb ta’kidlab o’tadi. Darxaqiqat, fan - texnika taraqqiyoti mavjud texnika va texnologiyani takomillashtirishni, yangicha, ancha samarali va serunum texnika va texnologiyani, yangi xom ashyoni, materiallarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishni, mehnatni va ishlab chiqarishni yangicha tashkil qilishni, yangilab berishni o’z ichiga oladi. To’xtovsiz fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirib jadallashtiradi va uning samaradorligini oshirishning xal qiluvchi yo’nalishlaridan eng muximidir.
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish - alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo’li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha choratadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. 68 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish muammolarini tadqiq qilib quyidagi xulosalarga kelindi va bir qancha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
1. Bugungi kunda mamlakatimizda KBXTni, xususan, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasida qator tajribalar to‘plandi. Ammo amaliyotda bu imkoniyatlardan to‘laligicha foydalanila olinmayotganligi ham asoslandi. Ishda ulardan samarali foydalanish yuzasidan bir qancha tavsiyalar ishlab chiqildi. Bularga:
- soliq yukining yengillashtirilganligi;
- ruxsat berish tartibining qisqartirilganligi va soddalashtirilganligi;
- ish faoliyatiga noqonuniy aralashuvning oldini olish borasida ko‘plab me’yoriy hujjatlarning qabul qilinganligi;
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kiritishga asos bo‘ladigan umumiy mezonlar belgilanganligi (xodimlar soni, nizom jamg‘armasining miqdori, aktivlar miqdori, aylanma mablag‘lar hajmi, foyda, daromad va h.k.);
- tabiiy monopoliya sohalariga kichik biznes vakillarining kirishi uchun shart-sharoitlarning yaratilganligi;
- yuqori likvidli va monopol mahsulotlar sotib olish uchun tegishli sharoitlarning yaratilganligi;
- bo‘sh turgan bino va inshootlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlarning mavjudligi;
- KBXT sub’yektlariga moliyaviy ko‘mak berilishi;
- KBXT sub’yektlari uchun zarur infratuzilmalarning yaratilishi;
- monopol mahsulot va xizmatlar xarajatlarining kamaytirilishi;
- KBXTni qo‘llab-quvvatlovchi birlashmalar, Kengash va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotganligi, yirik tashkilot va birlashmalar, aksionerlik jamiyatlari ham kichik biznes va xususiy tadbirkorliklardan yordamini ayamasligi kabi tartiblarni kiritish mumkin.
2. Xizmat ko‘rsatish sohasida KBXTning iqtisodiyotni rivojlan-tirishdagi hamda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishdagi rolining kattaligi asoslandi. O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanish jarayoni 4 bosqichdan iborat ekanligi asoslandi.
3. Xizmat ko‘rsatish sohasida KBXT samaradorligini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash yo‘llari tavsiya etildi.
4. Xizmat ko‘rsatish sohasida KBXT samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar, ularning tasnifi va baholash yo‘llari ishlab chiqildi.
5. Xizmat ko‘rsatish sohasida KBXTni rivojlantirish va samaradorligini oshirishda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishning ob’yektiv zururligi va ahamiyati ochib berildi.



Download 57,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish