Har qanday biznes turi uchun mos keluvchi universal binolar
KUBC biznes markazidagi binolar universal bo‘lib, har qanday faoliyat sohasidagi kompaniyalar uchun mos keladi. Bu yerda siz bank, restoran, do‘konlar va butiklarni joylashtirishingiz mumkin. Pastki ikki qavatdagi yorug‘ va keng joylar avtosalon uchun ideal joy bo‘la oladi – bu yerdagi panoramali oynalar, nafaqat binoning fasad qismidan, balki ikkita ichki qismda ham amalga oshiriladi. Shunday qilib, avtomobillar uch tomondan ko‘rish uchun ochiq holda bo‘ladi.
Ofis xodimlari KUBC'ning shishadan iborat fasad qismini juda qadrlashadi: kunning yarmida dam olish va ajoyib Toshkent panoramasidan bahra olish uchun bebaho imkoniyatdir.
“Men maxsus ixtisoslashgan biznesda KUBC biznes markazining raqobatbardosh afzalliklaridan foydalanishni maslahat beraman.Misol uchun, tibbiyot markazi bemorlar uchun uskunalar va inklyuzivlik joylashtirish uchun katta maydonlarni talab qiladi. Bizning biznes markazimiz esa buni ta'minlaydi. Biz post-transom maxsus oynalari bilan fasad tomonga qo‘zg‘alib harakatlanuvchi maxsus tizimlarini o‘rnatdik. Buning natijasida maxsus ko‘targich yordamida 1-qavatdan 5-qavatgacha bo‘lgan derazalarning panjaralari kengayib, lift yordamida yirik hajmga ega jihozlarni ichkariga olib o‘tishga imkon beradi. Masalan, stomatologik o‘rindiqlar yoki MRT apparatlari.
Har bir qavatda ehtiyojmand kishilar uchun yuvinish xonalari mavjud, keng koridorlarning qulay burchagi esa aravachalarda biznes markaz bo‘ylab erkin harakatlanish imkonini beradi.
Tez tibbiy yordam mashinasi uchun joy avtoturargoh kiraverishida joylashgan bu degani jamoangiz chaqiruv joyiga qisqa fursatlarda tez yetib bora oladi demakdir. Va, albatta, avtoturargohda nogironlar uchun alohida joy ajratilgan”, - deydi Evergreen CEA Tashkent kompaniyasining bosh direktori Pile Cho.
Toshkentning diqqatga sazovor maskaniga aylanuvchi restoran
Kishilar Eyfel minorasi, Burj-Xalifa, Moskva-Siti minoralari singari osmono‘par binolar restoranlarida kechki taomlanish uchun navbatda turishi bejiz emas. Boisi, bu restoranlar mehmonlar bu yerga yana va yana kelishiga sabab bo‘luvchi hayratlanarli darajadagi maftunkor manzaralarni taqdim eta oladi.
Ana shunday mashhur ko‘p qavatli bino konsepsiyasini KUBC biznes markazida ham to‘liq amalga oshirish mumkin. Binoning keng tom qismi ko‘p funksiyali kenglik muhitini yaratadi. Kunduzi restoran stollari tushlik qilish yoki muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan biznes-markaz rezidentlari bilan to‘la bo‘ladi, kechqurun esa restoran bo‘sh vaqtini unumli va maroqli o‘tkazish uchun qulay bo‘lgan sevimli maskaniga aylanadi. Aksariyat kishilar shubhasiz, poytaxt manzarasi oyoqlari ostida aks etib turuvchi o‘ziga xos romantik muhit hukmronlik qiluvchi bu maskanda biror bir uchrashuv yoki bayram ziyofatini o‘tkazishni istashadi.
KUBC tom qismidagi restoran – yulduzlar yanada yaqinlashuvchi sehrli maskandir.
Rejalashtirish yechimlari, shuningdek, KUBC biznes markazi afzalliklari va narxlari borasida uyidagi telefon raqami orqali yoki savdo ofisiga tashrif buyurgan holda bilib olishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |