Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtisodiy
faoliyatdagi ulushi, %
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Eksport
|
10,2
|
6,0
|
13,6
|
27,0
|
26,5
|
Import
|
27,4
|
33,7
|
35,8
|
44,5
|
46,7
|
Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki ham tobora kengayib bormoqda. Import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub‘ektlarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi eksport hajmida kichik biznes hissasini oshirish imkonini bermoqda. Agar 2000-yilda respublika jami eksportining 10,2 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib bu ko‘rsatkich 26,5 foizga yetdi.
Kichik biznes subyektlarining asosiy eksport mahsulotlarini qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari, xalq amaliy san’ati buyumlari tashkil etadi.
Kichik biznes korxonalari mamlakat importida ham katta o‘ringa ega bo‘lib, u 2016-yilda 46,7 foizni tashkil etdi.
Kichik biznes subyektlari tashqi savdo aloqalarining jadallashuvida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining roli katta bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda kichik biznesning istiqboldagi rivojlanishi quyidagi muammolarning hal etilishiga bog‘liq:
– iqtisodiyotda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida kichik biznes jadal rivojlanishi uchun tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini takomillashtirish, uning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishdagi, aholi daromadlarini shakllantirish, bandlik muammolarini hal etishdagi rolini oshirish, tadbirkorlik tuzilmalarining xomashyo, ayniqsa, kredit resurslaridan va mahsulotni sotish bozorlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga moliyaviy yordamni ko‘paytirish, ularga mikrokreditlar berishning yaxlit tizimini yaratish;
– qishloq joylarida xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirishga, dehqonlar tafakkurida egalik hissini tarbiyalashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, meros qilib qoldirishdagi mulkchilik munosabatlarini joylarda joriy etish, shartnoma munosabatlarining aniq va tushunarli mexanizmini amalda shakllantirish, shartnoma munosabatlarining qat’iy bajarilishi ustidan nazorat va mas’uliyatni kuchaytirish;
– moliya va bank tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish, banklarning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlari hamda kredit berish imkoniyatlarini, o‘z kapitalini kuchaytirish, ularning investitsiya jarayonidagi ishtirokini kengaytirish;
– kichik korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi subyektlarini ustuvor tarzda rivojlantirish, ular o‘rtasidagi raqobat muhitini yaxshilash, zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mukammal texnologik jarayonlarni ustuvor rivojlantirish;
– kichik korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish;
– kichik korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xorijiy sarmoyalar ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatini berish;
– kichik biznes korxonalari tomonidan kredit olishda garov tizimini takomillashtirish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |