Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri:diаlоgik yondаshuv, muаmmоli tа’lim, T-sхemаsi, bumеrаng, bаliq skеlеti, guruhlаrdа ishlаsh, blist-so’rоv, munоzаrа, o’z-o’zini nаzоrаt.
Xizmatlar sohasi
. O‘zbekistonda xizmatlar sektori mamlakat iqtisodiy faoliyatining qariyb yarmini qamrab olmoqda. 2000 – 2016-yillarda xizmatlarning YIMdagi ulushi 46,9 foizdan 49 foizga chiqdi. Xizmatlar sohasining rivojlanishi va aholi daromadlari hamda turmush darajasining o‘zgarishi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik kuchaydi.
Yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar – mobil aloqa, yuqori tezlikda ishlaydigan Internet, kabelli televizion aloqa, masofaviy bank xizmatlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtomobillar va texnologik uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish turlari jadal rivojlanayapti. O‘zbekiston xizmatlar bozorida sug‘urta, lizing, konsalting xizmatlari segmentining roli kuchaymoqda.
Mustaqillik yillarida xizmatlar sohasining rivojlanishiga davlat tomonidan ustuvor ahamiyat berib kelindi. Xizmatlar sohasining tashkiliy-institutsional, tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda. Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda, kompleks dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Xizmatlar sohasini isloh qilish va modernizatsiya qilish faollashib bormoqda. Istiqbolda xizmatlar sohasining solishtirma og‘irligi YIMga nisbatan yanada ortib boradi. Zamonaviy yuqori texnologik hamda bozor xizmatlari bo‘lgan axborot-kommunikatsiya, bank, sug‘urta, lizing, turizm-sayohat xizmatlariga ustun darajada e’tibor qaratiladi.
Xizmatlar, xizmatlarning tasnifi, xizmatlar sohasi, xizmatlar sektori, xizmatlar iqtisodiyoti, servis xizmati, ijtimoiy xizmatlar, zamonaviy xizmatlar, yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar, masofaviy bank xizmatlari, sug‘urta, lizing, xizmatlar sohasini isloh qilish, xizmatlar sohasini modernizatsiya qilish.Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri:diаlоgik yondаshuv, muаmmоli tа’lim, T-sхemаsi, bumеrаng, bаliq skеlеti, guruhlаrdа ishlаsh, blist-so’rоv, munоzаrа, o’z-o’zini nаzоrаt.
Investitsiyalar
Respublikamizda investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlari joriy etilishi bilan ularni moliyalashtirish manbalari tarkibi yildan yilga o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri investitsiyalar hajmida davlat sektori ulushining pasayayotganligi va nodavlat sektori ulushining o‘sayotganligi bilan bog‘liq.
So‘nggi yillarda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishi jami investitsiyalar hajmida ishlab chiqarish tarmoqlari ulushining o‘sayotganligida o‘z aksini topmoqda.
Milliy, iqtisodiy, ekologik va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi, kengaytirilgan ishlab chiqarish va mamlakat aholisining hayot sharoitlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tadbirkorlik, ayniqsa, xususiy biznes uchun tashkiliy-iqtisodiy va texnik sharoitlar barpo etuvchi sohalar respublikamiz investitsiya siyosatining yaqin kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishi lozim.
Investitsiya, moliyaviy investitsiyalar, real investitsiyalar, anderrayting, xorijiy investitsiyalar, davlat investitsiyalari, xususiy investitsiyalar, qo‘shma investitsiyalar, portfel investitsiyalar, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, investitsiyalarning tarmoq tarkibi, investitsiyalarning hududiy tarkibi, investitsiyalarning texnologik tarkibi, investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |