T/r
|
Mаvzu
|
Mа’ruzа
|
Аmаliy
(sеminаr)
|
Mustаqil
ish
|
1-sеmеstr
|
1.
|
“O‘zbekiston iqtisodiyoti”kursiga kirish
|
2
|
2
|
2
|
2.
|
Iqtisodiy taraqqiyotning “Ozbek modeli”
|
2
|
2
|
2
|
3.
|
Milliy iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari
|
2
|
2
|
2
|
4.
|
O’zbekistonning demografik ko’rsatkichlari
|
2
|
|
2
|
5.
|
Mineral xom ashyo resurslari
|
2
|
2
|
2
|
6.
|
Yer va suv resurslari
|
2
|
2
|
2
|
7.
|
O’zbekistonning ishlab cherish. Ilmiy-texnika va innovatsiya salohiyati
|
2
|
2
|
2
|
8.
|
O’zbekiston iqtisodiyotining hududiy tarkibi
|
2
|
2
|
2
|
9.
|
Sanoat majmuasi
|
4
|
2
|
4
|
10.
|
Agrosanoat majmuasi
|
2
|
2
|
2
|
11.
|
Transport majmuasi
|
2
|
|
2
|
12.
|
Aloqa va telekommunikatsiya majmuasi
|
2
|
2
|
2
|
|
Оrаliq nаzоrаt (ОN)
Joriy nazorat (jn)
|
|
|
|
13.
|
Qurulish majmuasi
|
2
|
|
2
|
14.
|
Iste’mol bozori
|
2
|
|
2
|
15.
|
Xizmatlar sohasi
|
2
|
2
|
4
|
16.
|
Investitsiyalar
|
4
|
2
|
4
|
17.
|
O’zbekiston iqtisodiyotida mulk munosabatlari
|
2
|
2
|
2
|
18.
|
O’zbekiston iqtisodiyotida raqobat va monopoliya
|
2
|
2
|
2
|
19.
|
Davlat va xususiy sektor hamkorligi
|
2
|
2
|
2
|
20.
|
O’zbekiston iqtisodiyotida korporatsiyalar
|
2
|
|
2
|
21.
|
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
|
2
|
2
|
4
|
22.
|
O’zbekiston iqtisodiyotini budjet-soliq dastaklari orqali boshqarish
|
2
|
|
4
|
23.
|
O’zbekiston respublikasining bank-kredit tizimi
|
2
|
2
|
2
|
24.
|
Ijtimoiy soha va aholi turmush sifati
|
4
|
2
|
4
|
25.
|
O’zbekiston jahon iqtisodiyoti tizimida
|
2
|
|
4
|
|
Оrаliq nаzоrаt (ОN)
Joriy nazorat (jn)
Yakuniy nаzоrаt (YAN)
|
|
|
|
1-sеmеstr bo’yichа jаmi
|
56
|
34
|
64
|
Umumiy
|
56
|
34
|
64
|
АSОSIY QISM
Mа’ruzа mаshg’ulоtlаri
“O‘zbekiston iqtisodiyoti”kursiga kirish
Kursning asosiy vazifasi – talabalarni O‘zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zaruriyati, qonuniyatlari va natijalari, butun dunyoda tan olinib, yuksak rivojlanish darajasini ta’minlab kelayotgan «o‘zbek modeli»ning mazmun-mohiyati va maqsadi, mustaqil milliy iqtisodiyotning obyekt va subyektlari, xo‘jalik tizimi va turlari, harakatlantiruvchi kuchlari va imkoniyatlari, iqtisodiy o‘sishning ichki va tashqi omillari va bu jarayonda davlatning o‘rni masalalari, moliyaviy institutlar faoliyatini tahlil qilish orqali xulosalar chiqarishga o‘rgatishdan iborat.
Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri:diаlоgik yondаshuv, muаmmоli tа’lim, T-sхemаsi, bumеrаng, bаliq skеlеti, guruhlаrdа ishlаsh, blist-so’rоv, munоzаrа, o’z-o’zini nаzоrаt.Аdаbiyotlаr:А1; А2; А3; А4; А5; Q1; Q2;Q3; Q4; Q5;Q6;.
Iqtisodiy taraqqiyotning “Ozbek modeli”
«O‘zbek modeli» tushunchasining paydo bo‘lganiga 20 yildan oshdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1992-yilda chop etilgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida o‘zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g‘oya uning 1993-yildagi «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» kitobida yanada rivojlantirildi.
O‘tgan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g‘oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to‘la namoyon etdi. O‘zbek modeli ikkita katta sinovdan o‘tdi. Birinchi sinov – o‘tgan asrning 90-yillarini o‘z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakat boshdan kechirgan o‘tish davri edi. Hali o‘tish davri davom etayotgan pallada O‘zbekiston postsovet maydonida birinchi bo‘lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko‘rsatkichlardan oshib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov – 2008-yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bo‘ldi. Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri:diаlоgik yondаshuv, muаmmоli tа’lim, T-sхemаsi, bumеrаng, bаliq skеlеti, guruhlаrdа ishlаsh, blist-so’rоv, munоzаrа, o’z-o’zini nаzоrаt.Аdаbiyotlаr:А1; А2; А3; А4; А5; Q1; Q2;Q3; Q4; Q5;Q6;.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari
MHT – mamlakat, uning mintaqalari va sektorlari iqtisodiy faoliyati natijalarini o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi asosida kompleks tadqiq etish uchun qo‘llaniladigan iqtisodiyotning o‘ziga xos modeli hisoblanadi.
MHT «butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi» deb yuritiladi. Bunga sabab shuki, buxgalteriya hisobining ba’zi muhim tamoyillari MHTda ham qo‘llaniladi va ularning maqsadi bir-biriga muvofiq keladi.
Milliy hisoblar tizimi yordamida muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. MHTning eng asosiy ko‘rsatkichlari – yalpi ichki mahsulot (YIM), yalpi milliy mahsulot (YMM) yoki yalpi milliy daromad (YMD) va sof milliy mahsulot (SMM) hisoblanadi.
Yalpi ichki mahsulot – MHTning eng asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakat iqtisodiy birliklari – rezidentlarning ma’lum davr ichida (ko‘pincha bir yilda)gi ish faoliyatining natijalarini ifodalaydi. U pirovard iste’molning bozor baholarida, ya’ni xaridor tomonidan to‘lanadigan (tovarlarga solinadigan soliqlar va barcha savdo-transport ustamalarini ham o‘z ichiga oladigan) baholarda hisoblanadi.
Yalpi ichki mahsulot uch xil usulda aniqlanadi:
– ishlab chiqarish usuli;
– taqsimlash usuli;
– pirovard foydalanish usuli.
Milliy iqtisodiy tizim komponentlarining tuzilishi sohalar, tarmoqlar, ishlab chiqarish majmualarini tashkil etsa, ular o‘rtasidagi munosabat, ularning o‘zaro ta’siri milliy iqtisodiyot tarkibini ifodalaydi. Tarkibiy nisbatlar esa proporsiyalarni tashkil etadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy inqirozga barham berish, iqtisodiy taraqqiyotni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni muayyan darajada saqlab turish, umuman olganda, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish tushuniladi.
Iqtisodiy o‘sish bevosita real yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlarining har bir birligi hisobiga o‘sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri:diаlоgik yondаshuv, muаmmоli tа’lim, T-sхemаsi, bumеrаng, bаliq skеlеti, guruhlаrdа ishlаsh, blist-so’rоv, munоzаrа, o’z-o’zini nаzоrаt.Аdаbiyotlаr:А1; А2; А3; А4; А5; Q1; Q2;Q3; Q4; Q5;Q6;.
Do'stlaringiz bilan baham: |