Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan



Download 1,39 Mb.
bet153/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

17.3. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan

chiqarish va xususiylashtirish
Hozirgi kunda milliy qonunchiligimizda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlari bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘ri­sida»gi, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi, «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari va boshqalar ana shular jumlasidandir.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish vazifasi eng avvalo, bozor munosabatlarining uzviy qismi bo‘lgan, iqtisodiy jihatdan mustaqil va ma’suliyatli tovar ishlab chiqaruvchilar qatlamini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotda mutlaq davlat mulki ustuvorlik qilgan sharoitda uni tubdan o‘zgartirish va isloh etishdek murakkab va keng qamrovli vazifa faqat turli tarmoq korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish orqali hal etilishi mumkin.

Davlat mulki shaklida bo‘lgan korxona, tashkilot va mulk obyektlarini mulkning boshqa shakllariga (hissadorlik, jamoa, kooperativ, xususiy, aralash) o‘tkazilishi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonini bildiradi.

Davlat mulkining haq to‘lash yo‘li bilan yoki hech qanday to‘lovlarsiz, yoki imtiyozli xususiy mulkka o‘tkazilishi xususiylashtirishni bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasida mulklarning mavjud shakllari mamlakat Konstitutsiyasining 53-moddasida belgilab berilgan bo‘lib xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan muhofaza etilishi ta’kidlangan.

O‘zbekistonda mulkni isloh qilish va ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etishda, eng avvalo, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zbek modeli xususiyatlariga va mamlakat aholisining mentaliteti, ijtimoiy psixologiyasi va madaniy an’analariga tayangan holda chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Natijada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining boshqa davlatlardan, jumladan, aksariyat MDH mamlakatlari amaliyotlaridan farqli xususiyatlari quyidagilarda o‘z aksini topdi:

– mamlakatda chekli xususiylashtirish amaliyotidan voz kechilganligi;

– davlat mulkini boshqa mulk shakliga o‘zgartirishda uning faqatgina yangi mulk egasiga sotilishi;

– xususiylashtirishda dasturli yondashish va uning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;

– mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarning yaratilganligi va ta’minlanganligi;

– faoliyat ko‘rsatib turgan ishlab chiqarish va boshqaruv tarkiblarining bo‘laklarga ajratilganligi va monopoliyadan chiqarilganligi.

Mamlakatda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishning bosh tashkilotchisi bo‘lgan davlat jarayonga dasturli yondashishni ta’minlab berdi. Unga ko‘ra 1994-yilning boshlanishida O‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish Davlat dasturi»ni ishlab chiqdi va qabul qildi. Mazkur Davlat dasturi mamlakatda xususiylashtirish jarayonlarining istiqbollari va uning strategik maqsadlarini belgilab berdi. Xususiylashtirishning taktik (qisqa muddatli) maqsadlari esa davlat dasturidan kelib chiqib ishlab chiqilgan tarmoq va mintaqaviy dasturlarda o‘z aksini topdi.

O‘zbekistonda mulkni tubdan isloh qilish jarayonlari izchillik bilan olib borildi va bir nechta bosqichdan iborat bo‘ldi.

Birinchi bosqich 1992 –1993-yillarni qamrab olib, «kichik xususiylashtirish» nomini oldi va unda faol xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Mazkur bosqichda davlat uy-joy fondi, savdo, xizmat ko‘rsatish tizimi, mahalliy, yengil va oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporti, qurilish tizimlaridagi mayda korxonalarni xususiylashtirish amalga oshirildi. Mamlakat iqtisodiyotida agrar sohaning muhim ahamiyati va aksariyat aholining qishloq joylarida istiqomat qilish xususiyatidan kelib chiqib islohotlar avvalo qishloq xo‘jaligida amalga oshirildi. Bu esa islohotlarni yanada jadallashtirish va chuqurlashtirish uchun yetarli iqtisodiy poydevorni mustahkamladi va mamlakatdagi ijtimoiy muhitning yaxshilanishiga olib keldi. Natijada, ilgari davlat mulkida bo‘lgan uy-joy fondlari va mayda korxonalar asosan xususiy va jamoa mulki shakllariga o‘tdi. Ilgari aksariyati (95 %) yuridik maqomga ega bo‘lmagan 52268 ta yangi, nodavlat mulkdorlar qatlami yaratildi.

Ikkinchi bosqich 1994  –1995-yillarni qamrab oldi va unda «yalpi xususiylashtirish» amalga oshirildi. Ikkinchi bosqichda davlat nazorati saqlanib qolinishi shart bo‘lmagan tarmoqlar deb belgilangan yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalaridagi o‘rta va yirik korxonalar ommaviy tarzda xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilindi. Davlat dasturiga ko‘ra ikkinchi bosqichda tarmoq va mintaqa ahamiyatidagi 50 mingdan ortiq o‘ta muhim obyektlarni xususiylashtirish ko‘zda tutilgan edi. Ushbu davrda kichik korxonalar xususiy mulkka aylantirilgan bo‘lsa, o‘rta va yirik korxonalar esa ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Hissadorlik korxonalari aksiyalarining paketlari to‘rt qismga ajratilib, quyidagi nisbatlarda sotish amalga oshirildi: mehnat jamoasiga – 25 foiz; davlat ixtiyorida – 26 foiz; erkin savdoga 30 foizi; turdosh korxonalarga – 10 foiz; chet el investoriga – 10 foiz. Shuningdek, qisqa davrda 70 mingdan ortiq kichik korxonalar yaratildi va ro‘yxatga olindi. Mulkdorlar qatlami yanada kengayib, ular safiga xususiylashtirilgan korxonalarning 2 mln. dan ortiq aksiya, ulush va pay egalari, 3 mln.ga yaqin shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari egalari, 85 mingga yaqin xususiy va kichik korxonalar egalari, 14 ming ko‘chmas mulk egalari qo‘shildi.

Uchinchi bosqich hisoblangan 1996  –1998-yillarda nazorat paketlari davlat mulki shaklida saqlanib kelayotgan yirik korxona va tarmoqlarni isloh qilish belgilangan edi. «Yirik xususiylashtirish» nomini olgan mazkur bosqichda Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan xususiylashtirishga tortilmaydigan obyektlarning nomma-nom ro‘yxati belgilandi. Ularga suvdan foydalanish obyektlari, melioratsiya tarmoqlari, muzeylar, sanepidstansiyalari, strategik va harbiy ahamiyatdagi nobudjet jamg‘armalari kiritildi. Ushbu ro‘yxatdan o‘rin olmagan barcha korxona va obyektlar (jami 3146 ta) uchinchi bosqichda xususiylashtirilishi shart edi.

«Strategik xususiylashtirish» nomini olgan to‘rtinchi bosqichda (1998-yilning oxiridan – 2002-yilgacha) xususiylashtirishdan davlat budjetiga mablag‘lar safarbar etish, xususiylashtirilayotgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, boshqaruvning samaradorligini oshirish va yangi mulkiy munosabatlarni to‘liq faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish asosiy vazifalari sifatida belgilab qo‘yilgan. Natijada bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik industriya gigantlari, yoqilg‘i-energetika, kimyo va mashinasozlik komplekslarining yordamchi korxonalarini yirik xorij investorlarini jalb qilish asosida xususiylashtirish jarayonlari davom ettirilmoqda.

Mazkur Farmon iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmini joriy etishga olib keldi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini asta-sekin pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli obyektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartibini tasdiqladi.

Oltinchi bosqich – 2006  – 2009-yillar: mazkur bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2006-yil 10-iyuldagi 2006  – 2008-yillarda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi bilan boshlandi. Iqtisodiyotda xususiy mulkchilik rolining ortishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, yuridik va jismoniy shaxslarning binolari, inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari xususiy mulk huquqida xususiylashtirilishi ushbu bosqichning muhim xususiyati hisoblanadi. Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyulda qabul qilingan «Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari va inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Farmonidan kelib chiqadi.

Yettinchi bosqich – 2010-yildan boshlanib, hozirda ham davom etmoqda.

Mamlakatimizda davlat korxonalarini xususiylashtirishning 2000  – 2016-yillardagi asosiy natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish