Kurs ishining maqsadi – turizm xizmatlari bozorida mehmonxonalar jozibadorligini oshirish orqali raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida mehmonxona intereri va landshaftining nazariy jihatlarini o‘rgatish.
Kurs ishining asosiy vazifalari – Mehmonxona intereri va landshafti fanining maqsadi va vazifalari; mehmonxonalar rivojlanishida interer va landshaft to‘g‘risidagi tushunchalarning mazmun mohiyati; mehmonxona intereri va landshaftining tarixiy uslublari; dastlabki interer-dizayn maktablarining tashkil topish tarixi; mehmonxona intereri va lanshaftini yaratishda ergonomik talablar; mehmonxonalarda zamonaviy interer uslublari; mehmonxonalarda landshaft dizaynining asosiy uslublari; mehmonxona landshaftini yaratish jihatlarini o‘rgatishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
- dizaynning O’zbekistonda va chet elda rivojlanishi haqida tushuncha berish;
- oxirgi o'n yillikdagi dizaynni rivojlantirish tendensiyalarini ko'rsatish;
- mehmonxonalarning interyer uslubini, O’zbekistondagi va xorijdagi mehmonxonalardagi eng muhim nazariy tushunchalar va amaliy ishlanmalarni tahlil qilish;
- jahon darajasidagi mehmonxonalarning ishlash mexanizmlarini aniqlash.
Fanni o'rganish jarayonida talabalar:
- nazariy material, zamonaviy nashrlar bilan tanishish va bu materiallarni tahlil qila olish;
- mehmonxonalarda ishlatiladigan dizayn uslublari va ularning rivojlanish tendensiyalari bo'yicha to’liq tavsiya qila olish;
- binolarning o'z dizayn loyihasini yaratish va undan amaliy maqsadlarda foydalanishni o’rganadilar.
Interyer dizayn?
Interyer dizayner?
Interyer dizayn, interyer makonni inson faoliyatining samarali muhitiga aylantirishni o'z ichiga olgan, turli xil ammo bir-biriga bog’liq bo’lgan loyihalarni tasvirlaydi.
Interyer dizayner – mana shunday loyihalarni olib boruvchi kishi. Interyer dizaynerlik - bu ko’p qirrali kasbki, u mehmonxona interyeri va dizayni loyihasini ijaraga berish va dizaynni boshqarish va bajarishni o'z ichiga oladi.
Rang nima? Rang aslida mavjud emas, lekin u spektrumdagi yetti rangdan tashkil topgan oq nurning parchalanishini ta'minlaydi. Buni shisha bo’lakchasidan yorug'lik nurini o'tkazish orqali osongina ko'rsatish mumkin. Rassom uchun bu pigment sifatida qabul qilinadi.