5.3. Pul multiplikatori va uning mohiyati.
Pul bazasi (yuqori-kuchga ega pullar) muomaladagi pullar C qo’shilgan bank tizimidagi umumiy zaxira R ga teng bo’ladi. Pul bazasi MB quyidagicha ifodalanadi:
MB = C + R
Federal Zaxira 100 miilion $ mablag’ni 100 million $ qiymatdagi qimmatli qog’ozlarga ayirboshladi, va uning buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
Ushbu holatda ochiq bozor siyosatining sof ta’siri shundaki, zaxiralar o’zgarmas bo’lsa, muomaladagi pullar ochiq bozordagi sotib olish tufayli $100 millionga ko’payadi. Natijada, ochiq bozordagi savdo tufayli pul bazasi $100 millionga ko’payadi, zaxiralar esa yo’q.
Tahlil shuni ko’rsatadiki, ochiq bozordagi savdoning zaxiralarga ta’siri obligatsiyalarni sotuvchining o’z daromadini depozitda yoki pul ko’rinishida saqlashiga bog’liq bo’ladi. Agar daromad pul ko’rinishida saqlansa, ochiq bozorning zaxiralarga hech qanday ta’siri bo’lmaydi; agar daromad depozitda saqlansa, zaxiralar ochiq bozordagi savdo miqdoricha ko’payadi.
Shunga qaramay, obligatsiyalarni sotuvchi o’z daromadini xoh pul ko’rinishida saqlasin, xoh depozitda, ochiq bozorning pul bazasiga ta’siri doimo bir xilda bo’ladi (pul bazasi sotuv miqdorida ko’payadi). Ochiq bozor sotuvining zaxiralarga ta’siri uning pul bazasiga ta’siridan ko’ra bir muncha noaniqdir.
Ochiq bozor sotuvi. Agar Federal Zaxira $100 millionlik obligatsiyalarini banklarga yoki nobank shaxslarga sotsa, pul bazasi $100 millionga kamayadi. Masalan, Federal Zaxira obligatsiyalarini jismoniy shaxslarga naqd pulga sotadigan bo’lsa, sotib oluvchilar $100 million mablag’larini $100 millionlik qimmatli qog’ozga almashtiradi. Va uning buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
Federal Zaxira, o’z navbatida, egaligidagi qimmatli qog’ozlarni $100 millionga kamaytirdi va, shuningdek, ogligatsiyalar uchun to’lov sifatida naqd pul qabul qilib olish orqali o’z monetar majburiyatlarini kamaytirdi, natijada muomaladagi pul miqdori $100 millionga kamaydi.
100 million dolarlik miqdordagi obligatsiyalarning ochiq bozor operatsiyalari orqali sotilishi natijasida zaxiralar doimiy holda saqlanadi deb faraz qilinsada, pul bazasining tang miqdorlarda kamayib borishiga erishiladi. Obligatsiyalarning xaridorlari banklar sanalganda, yoki sotib oluvchilar mahalliy bankda chekli deposit hisobraqamiga ochilgan cheklar orqali obligatsiyalarni sotib olish uchun pul to’lovlarini amalga oshirish jarayonida T korinishdagi buxgalteriya hisobraqamlari ustidan nazoratni amalga oshirish pul bazasida 100 million dollar miqdordagi kamayishga sabab bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, kamayish darajasi sodir bo’lib turadi, chunki zaxiralar darajasi 100 milion dollargacha tushib boradi.
Ochiq bozor savdolari va xaridlari tahlilidan quyidagi xulosa kelib chiqishi mumkin: Pul bazasi bo’yicha ochiq bozor operatsiyalarining natijasi zaxiralarga oid bo’lgan natijalarga qaraganda ancha aniqroq tasavvur qilinadi. Shuning uchun Federal Zaxira Tizimi pul bazasini ochiq bozor operatsiyalari orqali samaraliroq tartibga sola oladi, chunki bunda natijaga zaxiralarni nazoratga olish orqali erishish samarasiz sanaladi.
Ochiq bozor operatsiyalari davlat obligatsiyalari singari boshqa aktivlar shaklarida ham amalga oshirilishi mumkin va bunda ham shu kabi operatsiyalar pul bazasiga bir xil ta’sir eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |