“Turizm va Iqtisodiyot fakulteti” Iqtisodiyot kafedrasi


J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti



Download 35,05 Kb.
bet7/7
Sana12.01.2022
Hajmi35,05 Kb.
#338078
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil

J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti


Yevropadagi ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar va AQShda butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o‘rin almashish davriga qadar, klassik maktab g‘oyalarining va konsepsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos bo‘lib keldi. Shu ma’noda Fransiyada A.Smit g‘oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan olim Jan Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi.

U 1767-yil 5-yanvarda Lionda savdogar oilasida tug‘ildi. Oilaviy tadbirkorlik an’analami davom ettirish uchun zarur bo‘lgan bilimni olish bilan birga, J.B.Sey o‘z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni o‘rganish bilan shug‘ullandi. Keyinchalik ma’lum boiishicha u A.Smitning “Xalqlar boyligi” asariga asosiy e’tibor qaratgan. Undagi g‘oyalami ommaviylashtirish, uning fikricha Fransiya manfaatlariga ham, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi. J.B.Sey hayotda har xil mashg‘ulot turlari bilan shug‘ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo‘lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jumal muharriri bo‘ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi - iqtisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o‘zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit konsepsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning yuksalishiga va xalq boyligini ko‘paytirishga to‘sqinlik qiluvchi “man etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalism to‘g‘risidagi g‘oya xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo‘jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to‘g‘risida g‘oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o‘sha davr Fransiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo‘lar edi. Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach, uning muallifini suhbatga chaqirgan va unga o‘z asarini tubdan qayta ishlashni taklif qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga majbur bo‘ldi. Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o‘zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yili uni sotib, topgan puliga



«Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814-yili chop etiladi, so‘ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 1819 va 1826-yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko‘p tillarga tarjima qilindi.

Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan o‘zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo‘yicha o‘z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko‘p leksiyalar o‘qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi. «Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlaming cheklanmagan erkin raqobati va proteksionizmning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillarini qoilab-quvvatladi va ulami ko‘klarga ko‘tardi. Agar bu tamoyillar qo‘llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko‘ra ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to‘la iste’mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlaming obyektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g‘oyani rivojlantirib, o‘zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko‘ra har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo‘lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng boMadi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o‘zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya’ni o‘z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi). Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlami bozorga yetkazish uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan foydalanishni nima kafolatlaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob keltirilgan: taklif o‘z talabini o‘zi yaratadi. Bunda muammo bo’lmasligi mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab bozorda haqiqiy talab sifatida qo’llanilish yoki qo;llanilmasligini hal qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati iste’molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to‘plash imkoniyatini rad etdilar, ya’ni hech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ulaming tizimida pul faqatgina ayirboshlash vositasi bo’lgan, shunday qilib ular depressiya yoki turg‘unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad etganlar. Klassiklar izohiga ko‘ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus hech qachon bu qiyinchiliklami aniq namoyish etmagan. U qabul qilingan taxminlar o‘z isbotiga muhtoj boMishi narariyasini rad etishga uringan. U bu nazariya noto‘g‘ri bo’lgan, deb gumon qilgan, lekin u hech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va iqtisodiy o‘sish darajasining hal qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini aniq ifodalab berolmagan.Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish boMmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p ishlab chiqarishdan qo‘rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlaming ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tugMlishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklar makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadlaming barchasini iste’molga sarflamaydilar, balki ulaming bir qismini jamg‘arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‘g‘ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste’molga sarflanishi kerak bo‘lgan daromadning bir qismi jamg‘armaga ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o‘rtasidagi muvozanat buziladi. Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy liberalizmning barcha prinsiplariga jamiyat tomonidan rioya qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o‘ziga mos ravishda iste’molni (talabni) keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmatlami ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoitida albatta, shunday daromadlami keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan «Sey qonuni» shu ko‘rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi xo‘jalik konyunkturasidagi o‘zgarishga darhol moslasha oladi, iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan.Haqiqatan ham agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli iqtisodiyot amal qiladi, desak unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo‘ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo'lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi.Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari. Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. A.Smit, D.Rikardo, sotsial-utopistlar,S. Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbayi mehnat, deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda tovar qiymati kapitalga, ish haqiga va yer rentasiga bo‘lgan xarajatlaridan tashkil topadi, degan bo‘lsa, ikkinchi bir joyda qiymat foydalilik bilan aniqlanadi, deydi. J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovaming) qimmati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniq qilib ko‘rsatib berdi. «Foydalilik bu qimmat o‘lchovidir», - deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham o‘lchanishi mumkinligini aytib berdi. J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e’tibor bergan. Uning tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf - ishchilar, kapitalistlar va yer egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilaming daromadi sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili kapitalistlaming daromadi sifatida foyda yaratadi, «yer» omili yer egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir omili qatnashadi (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi, deyiladi).

J.B.Sey yuqorida ko‘rsatilgan omillar (mehnat, kapital, yer) ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikka ega ekanligini qayd qilib o‘tadi.Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlaming cheklanmagan erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi sinflami ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallami beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar va bir-birlarini to‘ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari bir-birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini toidirib turadilar. Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha bu uning qobiliyati, iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to‘lanadigan haq. Uning fikricha kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflaming» ahvoli yaxshilanib boradi va ulaming ko‘pchiligi «yuqori sinf» safini to‘ldirib boradi.
Download 35,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish