“Turizm va Iqtisodiyot fakulteti” Iqtisodiyot kafedrasi


Rikardonig iqtisodiy ta’limoti



Download 35,05 Kb.
bet2/7
Sana12.01.2022
Hajmi35,05 Kb.
#338078
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil

Rikardonig iqtisodiy ta’limoti


David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. ULondonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug‘ilgan. Oiladagi o‘n yeti farzandning uchinchisi bo‘lgan David yoshligida muntazam ta’lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o‘qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o‘rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo‘lib ishlagan. D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo‘ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo'ladigan nikohiga qarshiedi. Oradan 5-6 yil o‘tgach, D.Rikardo birjada o‘ynab yirik boylik orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug‘iladi, keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko'radi). D.Rikardo 1810-yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslaming biriga aylanadi. 1799-yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning “Xalqlar boyligi ...” asarini o‘qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo‘lgan jiddiyqiziqish paydo bo‘ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug‘ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi. Rikardo o‘z davridagi iqtisodiy muammolami yechishga harakat qildi, uning asosiy vaqti bug‘doy narxini tushirish, ijara narxlarining ko‘tarilishi, Angliyadagi ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik o‘rtasidagi aloqadorlikni asoslab berish bilan kechdi. Ushu holatda eng asosiy savol bu xalqaro savdoni nazorat qilishda siyosiy manfaatdor taraflami taqqoslash edi. Yer egalari erkin savdo, unda xarajatlar erkinligi tarafdori bo‘lsa, Britaniya sanoat vakillari esa ko‘plab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va arzon xomashyoni import qilish tarafdori bo‘ldi. Rikardo siyosati keyinchalik faqatgina sog‘lom iqtisodiy rivojlanishgagina emas, balki qator iqtisodchilaming siyosiy qarashlarining shakillanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Rikardo modeli tarmoqlar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini tahlil qilishda amaliyotchilar tomonidan keng foydalanildi. Rikardo uslubi (yuqori abstrakt darajadagi) va uning siyosatga nisbatan yondashuvlari oxir - oqibatda keyingi iqtisodchilar uchun dasturul amal vazifani o‘tadi. Rikardo iqtisodiyotning asosiy konsepsiyasida burilish yasadi. Adam Smit xalqlar boyligini aniqlashda merkantilist g‘oyalariga tayandi, ammo Rikardo iqtisodiyotning asosiy maqsadi kapitalistlar va ishchilar o'rtasida daromadlami taqsimlashni tartibga solish qonunini o‘rganish, deb hisoblagan. Turgo, Stuart, Smit, Sismondi va boshqalar asarlarida ijara, foyda, ish haqi va boshqa tabiiy ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, siyosiy iqtisod muammolari: daromad va uni taqsimlash qonunlari ilmiy tahlil qilinmagan edi. Rikardo daromadlami taqsimlash funksiyasiga to‘liq kirishib, uni tizimda makroiqtisodiyotning bir qismi sifatida tan oldi. Uningcha bu yerda uch sinf muammosi yotadi, bular: kapitalistlaming foyda olishga qiziqishi, yer egalarining renta olishi, ishchilaming ish haqi olishi. Kapitalistlaming aksiyadan oladigan daromadini tushintirish uchun daromad, foiz, renta va ish haqi nazariyalari yaratildi. Xuddi Smit kabi Rikardo ham mikroiqtisodiy darajada ish olib bordi (lekin Rikardoning ko‘p nazariyalari, jumladan, aholi nazariyasi, ish haqi fondi ta’minoti, kadrlar, narxlaming umumiy darajasi va iqtisodiyotning qisqa va uzoq muddatli barqarorlik holati kabi makroiqtisodiy masalalardan iborat edi). Xususan, daromadlami taqsimlashda narxlaming davriy o‘zgarishlariga to‘xtalib o‘tilgan. Umuman olganda daromadlami taqsimlash funksiyasi zamonaviy iqtisodiyotining makro va mikro darajadagi oddiy ko‘rinishi, makroiqtisodiyot nazariyasining esa bir qismidir. Shunday bo‘lsada, u tomonidan ilgari surilgan qiymatning mehnat nazariyasi nisbiy

narxlaning shakllanishiga tayanch nuqta bo‘ldi. Boshqa tomondan, Maltus va Rikardoning iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlik g‘oyalari pravoslav cherkov tomonidan qariyb bir asrga yopib qo‘yildi.




Download 35,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish