Turizm va iqtisod


Markaziy iqtisodiy region



Download 88,42 Kb.
bet8/14
Sana28.02.2022
Hajmi88,42 Kb.
#473662
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
МАКРОИКТИСОД КУРСИШИ

3. Markaziy iqtisodiy region o’z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu region hudud jihatdan eng katta va kengdir. U respublikaning 37% hududini egallaydi, aholi soni jihatidan 19.9%, milliy daromadini 18.6%, sanoat mahsulotini – 14.6%, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini – 20.8% ini ishlab chiqaradi.
4. Janubiy iqtisodiy region - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iboratdir. U respublikaning 11% hududini va 15.8% aholisini tashkil qiladi. Bu regionda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilik rivojlangan. Unda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19.4%, sanoat mahsulotini 12.4% ini, milliy daromadini 14% shu region etishtiradi
5. Mirzachol iqtisodiy regioni o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. U respublika hududini 5.7%ini, aholisini 6.6%ini oladi. Bu regionda o’rta hisobda respublikaning 6.1% milliy daromadi, 2.7% sanoat mahsuloti va 8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini etishtiriladi.
6. Orolboyi iqtisodiy regioni. Unga Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38.4% hududi va 11.5% aholisi joylashgan. Bu region respublika sanoat mahsulotini 6.3%ini, qishloq xo’jaligi mahsulotini 12.5% ini etishtiradi.
3. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va YAIM ni hisoblash usullari;
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor
ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki maxsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar. Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozoriqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish -iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab
chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy maxsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq qilish
natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi. YaIMni hisoblash usullari Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu -yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot –bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. YaIM -bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;

Download 88,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish