Turizm tarixi



Download 64,31 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi64,31 Kb.
#617037
Bog'liq
turizm tarixi

Turizm tarixi

Lecture 2

Turizmning vujudga kelishiga turtki bo’lgan omillar

  • Ayrim xalqlar uchun sayohat bu asrlar davomida yashash joyining tabiiy iqlim sharoitlari ta’sirida shakllangan turmush tarzidir. Bunday xalqlarga misol qilib ko’chmanchilar — belujlar, badaviylar, lo’lilar, shuningdek, qochoqlar va majburiy ko’chuvchilarni ko’rsatish mumkin.

Turizmning vujudga kelishiga turtki bo’lgan omillar

  • Yangi erlarni ochish va o’zlashtirish
  • Resurslar va yangi transport yo’llarini izlab topish
  • Harbiy xarakatlar
  • Ko’chmanchilarning ko’chib yurishi
  • Geografik kashfiyotlar
  • Turli din vakillari bo’lgan ziyoratchilar o’z dinlarini yoyishi 

Buyuk sayohatchilar

  • Buyuk arab olimi va sayohatchi Ibn Battuta (Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavati at-Tanji) (1304—1368) 21 yoshidan sayohat qilishni boshlagan va sharqning barcha mamlakatlarini (70 ming chaqirimdan ortiq) piyoda bosib o’tgan, Shimoliy Afrika mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda bo’lgan.
  • U o’zining mashhur «Rixle» deb nomlangan asarida ko’plab mamlakat va savdo yo’llarining geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini batafsil tasvirlab bergan.

Buyuk sayohatchilar

  • Italiyalik savdogar Marko Polo (1254-1324) 1271 —1295 yillarda Xitoyga safar uyushtirib, u erda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob ma’lumotlarni to’plab, o’zining kitobida aks ettirgan.

Buyuk sayohatchilar

  • Ko’plab sayohatlar yangi hududlarni egallab olish yoki bo’lib olish maqsadida harbiy yurishlar bilan amalga oshirilgan. Ko’p sonli qo’shin bilan yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (eramizdan avvalgi 356— 233 yillar) 32 ming chaqirim yo’lni bosib o’tib, o’z davri uchun ajoyib ko’rsatkichga ega bo’lgan. O’rta asrlarda salb yurishlari minglab chaqirim masofadan Muqaddas yer va Vizantiyaga etib kelgan yuz minglab dindorlarni birlashtirgan.
  • Buyuk sayohatchi va kashfiyotchi olimlarga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451 — 1506) ko’rsatish mumkin bo’lib, ulardan oxirgisi 1492—1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o’tgan va Amerika qit’asini ochgan

Buyuk sayohatchilar

  • Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan Shotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirdi. endi bunday sayohat Dasturlarini ishlab chiqib, pul topish Tomas Kuk va uning o’g’li uchun biznes faoliyati bo’lib qoldi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Sook travel nomini oldi. Hozirgi kunda ham bu turfirma o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib, Shimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirishni boshlab ancha tajribalar orttirdi. Kuk Shimoliy Amerikaga olib borgan turistlar guruhini Nyu York, Vashington, Rich­mond, Mammouth Cave, Cincinati, Niagara sharsharasi va Monreal bo’ylab sayohat qildirdi.

Buyuk sayohatchilar

  • Tomas Kuk turizm faoliyatlariga quyidagi yangiliklarni olib keldi:
  • - transport, mehmonxona va boshqa xarajatlarni o’z ichiga olgan holda ommaviy sayohat qilish;
  • - kreditga sayohat qilish;
  • - yoshlar uchun ma’rifiy sayohatlar;
  • - ishchilar uchun maxsus sayohatlar uyushtirish;
  • - dengiz orti mamlakatlariga sayohatlar;
  • - valyuta almashtirish operatsiyalari.

Zamonaviy turizmning vujudga kelishi

  • Zamonaviy turizmning dastlabki shakli 16-asrdan boshlab yosh zodagonlar tomonidan amalga oshirilgan.
  • O’sha davrds sayohatning asl maqsadlaridan - ta'limni kengaytirish va ijtimoiy bilimlarga ega bo'lish edi; ammo, vaqt o'tishi bilan, hordiq chiqarish uchun sayohat qilish asosiy maqsadga aylandi.
  • Asosiy maqsadi ta’lim olish va dunyo haqida ko’proq bilish bo’lgan aristokratlar o’zlarining otliqlari, tarbiyachilari, murabbiylari, himoyachilari, xizmatkorlari bilan sayohat qilishgan.

Zamonaviy turizmning vujudga kelishi

  • Zamonaviy turizmning "erta", "oldin" yoki "rivojlanish" bosqichi odatda 18-asrdan 19-asrning birinchi choragigacha davom etgan. Bu bosqichda turistik sayohatlar faqatgina badavlat kishilar uchun mo’ljallangan. Ular uchun sayohat kuch, mavqe, pul va ijtimoiy tabaqasining namoyishkorona ifodasi edi.
  • Bu davrning sahoyatlari ikki xil xususiyatlari bilan ajralib turadi.
  • 1. ilm olish uchun vujudga kelgan sayohatlar o’rnini hordiq chiqarish uchun mo’ljallangan sayohatlar egallab boshladi
  • 2. bu davrga kelib o’rta tabaqa vakillari zodagonlarga taqlid qilib, o’zlari uchun sayotlar uyushtira boshlashdi.

Zamonaviy turizmda inqilobning vujudga kelishi

  • 19-asrning boshlaridayoq Markaziy Yevropa transport tizimining ochilishi haqiqatan ham zamonaviy turizm uchun"inqilobiy rivojlanish“ bo’ldi. Shuningdek, u sayyohlarning harakatchanligini oshirdi va yangi tendentsiyalarni yaratdi.
  • Qisqa muddatli va bir kunlik sayohatlar ommalashib transport texnologiyasining zamonaviy yutuqlaridan foydalanildi. 1812 yilda Shotlandiyada bug’ kemalaridan sayohat uchun foydalana boshlandi; 1820 yilda Germaniya ham bug’ kemalari kirib keldi.
  • Bundan tashqari temiryo’l transportining kashf etilishi ham, zamonaviy turizmning gullab yashnashiga turtki bo’ldi.

19-asrda ommaviy turizmning rivojlanishi

  • 1840-yillarga kelib barcha xizmatlarni o’z ichiga olgan hamyonbop ommaviy turizm rivojlana boshladi.
  • Ommaviy turizmning vujudga kelishi angliyalik Tomas Kuk nomi bilan bog’liq. Uning dastlabki ommaviy turi 1841-yilda Lechesterdan Loboroga amalga oshirildi va 571 kishini o’z ichiga oldi.
  • Tomas Kukning ommaviy turizmni kashf etishi, keyinchalik Germaniyada turli xil tur agentliklarining ochilishiga turtki bo’ldi. Shu tariqa zamonaviy va ommaviy turizm vujudga keldi va boshqa davlatlarda rivojlana boshladi.

Download 64,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish