Turizm sohasida xizmatlar va ularni lokalizatsiya qilish



Download 75,98 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2023
Hajmi75,98 Kb.
#905887
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SHARIZODAGA 1



QORAQOLPOG’ISTON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INISTITUTI HUZURIDAGI
URGANCH AGROTEXNOLOGIYALAR TEXNIKUMI


Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga qo‘yildi
Kafedra mudiri __________ Sh. Sariyeva
«____» ______________2022 yil
_____________ __Xudarganova Shaxrizoda.___________________
TURIZM SOHASIDA XIZMATLAR VA ULARNI LOKALIZATSIYA QILISH”
mavzusidagi
5.81.02.01-“Turizm” yo‘nalishi bo‘yicha
Eko va agroturizm mutaxassisi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Bitiruvchi:







Xudarganova.Sh




(imzo)







Rahbar:







Musayev.M




(imzo)







Taqrizchi:







Otajonov.X




(imzo)







Urganch 2022

MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. Xizmat tushunchasi va uning turizmdagi o’rni………………………..

    1. Servis va xizmat turlarinig jahon ichki mahsulotidagi o’rni……………………………

    2. Turizm sohasida xizmat tushunchasi…………………………………………………….

    3. Xizmat ko’rsatish sohasida jahon tajribasi……………………………………………….

II BOB. Turistik xizmat turlarini O’zbekiston sharoitida mahalliylashtirish.
2.1. Mahalliy turistik xizmatalar sifatini oshirish………………………………………………...
2.2. Turizm sohasida xizmat ko’rsatish va qonunchilik o’rni……………………………………
2.3. Xizmat ko’rsatish sohasi rivojining samaralari va natijalari…………………………………
III BOB. MEXNAT MUXOFAZASI VA TEXNIK XAFSIZLIGI QOIDALARI.
3.1. Turizm faoliyatida kompyuterdan foydalanish qoidalari………………………...
XULOSA va takliflar …………………...…………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…..…………………………………………
ILOVA…………………………………………………………………………………
ANNOTATSIYA
Mazkur bitiruv malakaviy ishi “Turizm soxasidagi xizmatlar va ularni lokolizatsiya qilish”deb nomlangan bo‘lib, kirish, 3 ta bob, 8 ta paragraf, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati va “Turizm soxasidagi xizmatlar va ularni lokolizatsiya qilish”to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida Xizmat tushunchasi va uning turizmdagi o’rni bo‘yicha ma’lumotlar yoritib berilgan.
Ikkinchi bobida: Turistik xizmat turlarini O’zbekiston sharoitida
mahalliylashtirish.dasturini yaratish.
Malakaviy ishning 3-bobi Turizm sohasida xizmat ko’rsatish va uni tartibga solish bo’yicha ma’lumotlar yoritib berilgan. Xizmat ko’rsatish sohasi rivojining samaralari va natijalari jahon turizmi va qishloq sohasidagi turistik ob’ektlar timsolida tushunchalar mavjud.
Malakaviy ishni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy va ommaviy adabiyotlar, internet saytlaridan foydalanilgan.
Kirish
O'zbekistonda turistik xizmatlarning rivojlanishi uning ma'naviyat, ilm-fan, madaniyat, ma'rifat, tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarning ona tabiatimizga qiziqishini oshirish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va muttasil boyita borish muammolarini hal qilish imkoniyatlarinigina emas, balki iqtisodiy masalalarni mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilash, ularni ish joylari bilan to'laroq ta'minlash, xorijiy sayohatchilarni o'ziga jalb qiluvchi dunyoga mashhur qadimiy shaharlarimiz, tarixiy yodgorliklarimiz asrab avaylanishini, Vatanimiz yanada gullab yashnab, yurtdoshlarimiz farovonligini tobora oshira borishga salmoqli hissa qo'shish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Turizm dunyoda jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. 2017 yilda turizm industriyasida 350 mln. dan ortiq ishchi xizmat qildi va undan olingan daromad 720 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi . Dunyo turizmi oqimi rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon yo'nalmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan shu jabha, ya'ni ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda. Ekspertlarning ma'lumotlariga qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 foizni qamrab olgan, o'sish sur'ati esa turizm industriyasining umumiy o'sish sur'atidan bir necha marotaba yuqori. Vatanimizning ekoturizmga bog'liq, betakror go'zal tabiati, o'ziga xos landshaftlari, xilma-xil noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, nodir, jahonshumul ahamiyatiga ega bo'lgan arxeologik topilmalari, poleontologik qoldiqlari ham, yer yuzida kam uchraydigan geologik kesimlar, yuzlab tabiiy yodgorliklari ham xorijliklar e'tiborini tortishi tabiiy. O'zbekiston Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar orasida katta ekoturistik imkoniyatlarga ega va bu borada raqobatbardoshligi yuqori mamlakat. Biroq, Respublikada bu imkoniyatlardan to'la-to'kis foydalanish omillari mukammal ishlab chiqilmaganligi tufayli xududga turistlar kelib-ketishi qabul qilish salohiyatiga nisbatan bir necha barobar kam. Ta'kidlash lozimki, bunga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining xalqaro turizmga ko'rsatgan salbiy oqibatlari ham sabab bo'lgan. Inqiroz sharoitida xalqaro turistlar harakati ham ma'lum darajada chegaraladi. Bunday sharoitda mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.Karimov ta'biri bilan aytganda, « xizmat ko'rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta'minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish-ustivor vazifa» bo'lib qolishi lozim. Shuni ta'kidlash joizki, ekoturistik resurslarga juda boy bo'lgan respublikamizda ekoturizmning rivojlanishi talab darajasida emas. Fikrimizcha, bunga to'sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri - muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar hamda milliy tabiiy bog'larimizda Markaziy Osiyoda kamyob hayvonlar erkinlikda yuzlab, minglab yashashi uchun yetarli darajada moddiy-texnika bazasining yaratilmaganligidadir. Bu ekoturistlarni juda qiziqtiradi. Qolaversa, jahon talablariga javob bera oladigan yangi milliy tabiiy bog'larni yaratish uchun birinchi navbatda ekoturizmning O'zbekistondagi salohiyat ko'rsatkichlari, maqsadi, tashkiliy-huquqiy, ekologik ta'lim-tarbiya va ijtimoiy-iqtisodiy xizmat va servis sohasini rivojlantirish masalalari bo'yicha omillar tizimi puxta ishlab chiqilishi lozim.
Shu munosabat bilan, 2006 yil 17 aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ- 325-sonli qarori imzolandi. Mazkur qarorni amalga tatbiq qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi «O'zbekiston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari»ni ishlab chiqdi. Unda mamlakatimizda ekoturizmni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun bu yo'nalishdagi tashkiliy-huquqiy jihatlar, ekologik ta'lim-tarbiya va ijtimoiy- iqtisodiy masalalari bo'yicha tadbirlar belgilab berilgan. Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun tabiatdan turistik yo'nalishda oqilona foydalanishdir. Demak, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida ekoturizmning iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyatini aniqlash, rivojlanish parametrlarini tahlil qilib, uni respublikamiz turizmiga tatbiq etish, ekoturizm faoliyati bozorini tashkil qilish hamda uning istiqbolli yo'nalishlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Ekoturizm jahon turizmi industriyasiga o'tgan asr oxirlaridan asta-sekin kirib kela boshlagan. Ekoturizm endilikda jadal sur'atlarda rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Eslatib o'tish kerakki, Yevropa va Osiyoning turizm rivojlangan mamlakatlaridagi ekoturistik tashkilotlari erishgan yutuqlar sohaning ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari ilmiy tadqiqotlar, maxsus adabiyotlarda o'rganilgan. O'zbekistonda esa bu masalaga yetarli darajada o'rganilmagan. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin mamlakat iqtisodchi olimlari va amaliyotchilari tomonidan turizmning iqtisodiyotda tutgan o'rni va roli, iqtisodiyotga ta'siri, tashkiliy-iqtisodiy muammolari ma'lum tomonlari o'rganilmoqda. Lekin xorijiy mamlakatlar turizmining boy tajribasi, xususan, ekoturistik faoliyati respublikamizda endi o'rganilmoqda. Buning ustiga ularda tarmoq faoliyatining ba'zi jihatlarigina o’z aksini topgan, ekoturizmning umumiy turizmdagi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni esa haligacha yetarli darajada o'rganilmagan. Endilikda iqtisodiyotning muhim bo'g'inlaridan biri hisoblangan ekoturistik tashkilotlar faoliyatini ilmiy o'rganish, tahlil qilish, sohadagi yutuqlarni, shuningdek, turistik korxonalarga, turfirmalarga, xususiy sektorlarga jumladan, ekoturizm bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarga tatbiq etish zarur. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ekoturizmning barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun tabiatdan turistik yo'nalishda oqilona foydalanish va respublikamiz turizm xizmatlari bozorida ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-nazariy asoslarni va amaliy tadbirlarni ishlab chiqish, bitiruv malakaviy ishining maqsadini tashkil etadi. Shuningdek, turizm sohasini isloh qilishda ekoturizm faoliyati va uning bozorini tashkil etishni takomillashtirish, uning umumiy turizmdagi o'rnini, aniqlash xalqaro turizm bozorida milliy turistik mahsulotlar raqobatbardoshligini va turmahsulotlar eksportini oshirishni ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni zamon talablariga mos holda o'rganib, ekoturistik faoliyatni boshqarishni takomillashtirishda ilmiy-amaliy yo'nalishlarni ishlab chiqish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. Qo'yilgan maqsadga muvofiq tadqiqotda quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan: -ekoturizm industriyasini rivojlantirishni bir butun iqtisodiy-ijtimoiy tizim sifatida o'rganib bu jarayonga tegishli qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar berish; -ekoturizmni mahalliy uyushma (birlashma) darajasida rivojlantirish orqali mahalliy aholining ijtimoiy muhofazasini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish; -ekoturizmning rivojlanish shart-sharoitlari va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini baholash;

-ekoturizmning rivojlanish strategiyasi va istiqbolini belgilashni prognozlashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; -milliy davlat hududini ekoturizm bo'yicha rayonlashtirishni takomillashtirish va uning istiqboldagi rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini aniqlash. Bitiruv malakaviy ishi ob'ekti sifatida ekoturizm tizimidagi mulkchilikning shakllariga mansub korxona va tashkilotlar xususan, O'zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan “Turizmni rivojlantirish davlat ko’mitasi” va "Ekosan" halqaro jamg'armasi qoshidagi "Ekotur" markazi, O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, shuningdek, ekoturizmni rivojlantirish bilan bog'liq boshqa mahkama va idoralar hamda turistik tashkilotlar tanlandi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti ekologik turizmning O'zbekiston Respublikasi turizm xizmati bozoridagi o'rni va ahamiyatini ochib berish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy-uslubiy asoslarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Statistika, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitalari, Jahon turizm tashkiloti, “Turizmni rivojlantirish davlat ko’mitasi” hujjatlari hamda chet el va respublikamiz iqtisodchi olimlarining o'rganilayotgan muammolarga doir asarlari tashkil etadi. Tadqiqot uchun shuningdek, turistik korxona va firmalarning hisobotlari, va shuningdek, muallifning maxsus izlanishlari asosida aniqlangan materiallar ham statistik asos bo'lib xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiyot nazariyasi, marketing, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, xalqaro turizm biznesi, turmahsulotlar marketingi, turizmning kelajakdagi rivojlanishini prognozlashga bag'ishlangan iqtisodiy adabiyotlar, bu mavzuda vaqtli matbuot nashrlarida berilgan maqolalar ham batafsil o'rganildi. Bitiruv malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, uning natijalaridan ekologik turizmni rivojlantirish bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishda, bu yo'nalishning turizm infratuzilmasidagi o'rnini aniqlashda, turmahsulotlar raqobatbardoshligini kuchaytirishda va ularning eksportini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqishda, shuningdek, O'zbekistonda ekoturizm rivojlanishi muammolarining kelib chiqishini aniqlashda, ular turizm rivojlanishiga ko'rsatadigan ta'sirini hisoblashda, ekoturizmning samarali rivojlantirish yo'llarini ko'rsatib berishda va shu orqali kelajakdagi istiqbollarini bashoratlashda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish, 2 ta bob, oltita paragrapf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.



Download 75,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish