1. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING MAQSAD VA
VAZIFALARI
Bitiruv malakaviy ishi (malakaviy ish) oliy o ‘quv yurti bakalavria-
tida talabalarni o ‘qitishning yakuniy bosqichi bo‘lib, unga kafedra tomo-
nidan tayinlangan ilmiy rahbaming topshirig‘i va ko‘rsatmasi asosida
shaxsan talaba tomonidan bajariladigan ilmiy-nazariy va metodik loyiha
hisoblanadi. Shuningdek, bitiruv malakaviy ish talabaning o‘z ixtisosligi
bo‘yicha egallagan nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalari ko‘-
lami va darajasini, bitiruvchining saviyasi va salohiyatini belgilovchi,
mustaqil ilmiy, ijodiy tadqiqot ishidir.
Bitiruv malakaviy ish 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta max-
sus ta’lim vazirligining shunday ishlarga qo‘yiladigan m e’yoriy talablari
asosida bajariladi.