Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 million ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi. Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 millionga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 million kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.
Temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km. Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin — Tegel, Berlin — Shenefeld, Bremen, Hamburg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km. Asosiy dengiz portlari: Hamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok.
Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalqlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgan. 6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat koʻrdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Germaniyada dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792-yil Avstriya bilan Fransiya oʻrtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. 1793-yil 18-martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—1804 yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. 1812-yilgi urushda Rossiyaning gʻalabasi Germaniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813-yilgi Leypsig urushu (xalqlar urushi)dan soʻng Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814—185 yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.
Germaniya Federativ Respublikasi Yevropadagi eng rivojlangan mamalakatlar ichida ulkan iqtisodiy salohiyati va rivojlanganlik darajasining o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin ajralib turadi. YaIM va sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha AQSH va Yaponiyadan so’ng 3-o’rinda turadi. Tashqi savdo aylanmasining hajmi bo’yicha jahonda 2-o’rinda turadi. Germaniyaning Yevropa va jahon xo’jaligidagi muhim ahamiyatini buning yuqori sifatli mahsulot chiqarishiga qaratilgan sanoat belgilaydi.
Germaniya dunyoda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biridir. Germaniya iqtisodiyoti yaxshi rivojlanganligi infratuzilmasi va malakaliy ishchi kuchi ega ekanligi bilan xarkterlanadi. Hozirgi mamlakat sanoat ishlab chiqarishi va yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha faqat AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyinda turadi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. GFR xo’jalik xususiyatiga ko’ra postindustrial davlat hisoblanadi. Germaniya sanoati Yevropa va jahon bozorida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida muhim ro’l o'ynaydi.
Fantalab tarmoqlarning hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jixozlarini, avtomabil, organik kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha Germaniya dunyodagi oldingi o’rinlardan birini egallaydi. GFR ning barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy koorparatsiyalardan iboratdir.(“Daimler-Benz”, “Wolswagen”, “Siemens”, “Hoechst”, “Bayer”).
GFR da elektr-energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. IESlar Rur va Saar havzalarida, port shaharlarida-ko’mir, neftni qayta ishlash markazlarida-mazutda ishlaydi, boshqa IES lar esa aralash yoqilg’ida ishlaydi. Keyingi vaqtda mahalliy ko’mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda olib kelinayotgan ko’mirning ahamiyati oshib bormoqda.AESlarda elektr quvvatining 30 foizi ishlab chiqariladi. GES lar asosan mamalkatning janubida joylashgan. [8]
Hozirgi Germaniya xo'jaligining tarmoq va hududiy tarkibi rivojlanishida GFR va GDR davlatlarining qirq yillik bo'linishi salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat birlashuvidan keyin Sharqiyyеrlarda xo'jalikni rivojlantirish muammolari sezilarli kuchaydi, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish pasayishi ro'y berdi. Shuningdek ijtimoiy muammolar vujudga keldi. (shu jumladan ishsizlik). GFRda xo'jalikni rivojlantirish darajasiga ko'ra hududiy nomutanosibliklar kuchaydi.Shunday qilib 1994 yilda Germaniya aholisi 20 foiz aholisi yashovchi sharqiyyеrlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bor yo'g'i 4 foizni tashkil etdi.
GFR —xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.
Sanoati. Mamlakat sanoat tarmoqlar tarkibida qayta ishlash sanoati hissasi juda yuqori.(Qazib chiqarish sanoati xissasi g'arbiyyеrlarda 2 foiz, sharqiyyеrlarda esa 9 foizni tashkil etadi).Germaniyada bir qancha qazib chiqarish (temir rudasi, mis rudasi, uran rudasi) tarmoqlari o'z faoliyatini amalda to'xtatgan. So'nggi yillarda import asosida olib kelinadigan arzon xom-ashyo iste’molning o'sish hisobiga ko'mir sanoatida toshko'mir qazib chiqarish keskin qisqarmoqda. Keltirilgan hom-ashyolar mamlakat iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir ko’mir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan mayda va kichik korxonalardan iborat.
Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir.
Texnika taraqqiyoti sohasida Olmoniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Olmoniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyodayеtakchi oʻrinda. Olmoniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.
Energetika sanoati o'zining yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojining yarmidan ortig'ini import hisobiga ta'minlaydi. Germaniya yoqilg'i-energetika balansida neft va tabiiy gaz muhim ro’l o'ynaydi. Ko'mir hissasi esa 30 foizni tashkil etadi. Neft mamlakatga neft quvurlari va tankerlar orqali Shimoliy dengiz, Rossiyadan, Afrika mamlakatlari (Nigeriya, Liviya) va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan tashib keltiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan bo'lib, uning Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Ingolshtadt, Shvedt kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Neft va gazni qayta ishlovchi markaz Gandove hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |