Turizm geografiyasi


Germaniya urushdan keyingi yillardagi iqtisodi



Download 167,71 Kb.
bet3/14
Sana03.07.2022
Hajmi167,71 Kb.
#734631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shahzod 202

Germaniya urushdan keyingi yillardagi iqtisodi
Germaniya toʻrt okkupatsiya zonasiga boʻlindi. 1949-yil avgustda Gʻarbiy Germaniyada parlament saylovi oʻtkazildi. Oʻsha yili 20-sentyabrda OFR tuzildi. 1949-yil 7-oktyabrda Xalq kengashi Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tuzilganligini eʼlon qildi. Ikki suveren nemis davlati 1990-yil oktyabrgacha alohida-alohida yashab keldi. Lekin sotsialistax jamiyat qurish yoʻlini tutgan GDRning ijtimoiy turmush darajasi Gʻarbiy Germaniya darajasiga nisbatan ancha orqada qoldi — Gʻarbiy Germaniya jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan oʻrin oldi. nemis xalqining birlashish orzusi 1989-yilning soʻngida taqiq ramzi boʻlmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi (Berlin devorining qulatilishi). 1990-yil 12-sentyabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. GDR Xalq palatasining qaroriga binoan GDR OFRga qoʻshildi. Natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi. 1999-yildan Germaniya federal prezidenta — Yoxannes Pay. 1998-yildan federal kansler—Gerhard Shreder. Germaniya —1973-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Rerspublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 6-martda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3-oktyabr, Germaniya birligi kuni (1990).
Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir koʻmir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 million kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xoʻjaligiga oʻtilganligi hal qiluvchi omil boʻldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi oʻrinda. Germaniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.

Download 167,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish