TURIZM FAOLIYATI QANDAY LITSENZIYALANADI
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-apreld qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Turizm toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasining turizm toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining turizm toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |