turistik vaucher – turistning tur tarkibiga kiruvchi xizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va ularning haqi toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat;
turistik yoʻnalish – sayohat vaqtida turist, ekskursant tashrif buyuradigan asosiy joylarning roʻyxati boʻyicha turistning, ekskursantning rejalashtirilga harakatlanish yoʻli;
turistik xizmatlar – joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ekskursiya va maslahat xizmati koʻrsatish boʻyicha xizmatlar, shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan xizmatlar;
ekskursant – vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |