O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN TASHQARIGA OLIB KETISH MAN ETILADI: - – donlardan: bug'doy, javdar, arpa, suli, sholi, makkajo'xori, grechixa; non-bulka mahsulotlari (undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, pirojniy, o'zi ishlab chiqargan pechenelardan tashqari); un, yorma, mol, parranda go'shti va oziq-ovqat mahsulotlari, qand, o'simlik yog'i (jismoniy shaxslar tomonidan ushbu mahsulotlarni olib ketish me'yori O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'rsatilgan);
- – etil spirti, teri xomashyosi (standart bo'lmagani ham), mo'yna xomashyosi, qorako'l (standart bo'lmagani ham), lom, rangli metall chiqindilari, chuvashga yaroqli ipak qurti pillasi, ipak xomashyosi (o'ralmagan), ipak chiqindilari (chuvashga yaroqli bo'lmagan pilla, pilla tolasi va yumshab qolgan chiqindilari), Qizil kitobga kiritilgan O'zbekiston Respublikasidagi noyob va yo'qolib borayotgan jonivor turlari hamda o'simliklar;
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN TASHQARIGA QUYIDAGI MIQDORLARDA CHET EL NAQD VALYUTASINI OLIB KETISHGA RUXSAT BERILADI: - a) rezidentlarga ruxsatnoma olmasdan 5000 (besh ming) AQSh dollariga teng miqdordagi summa;
- b) rezidentlarga O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida 5000 (besh ming) dan ortiq AQSh dollariga teng miqdordagi summa;
- c) norezidentlarga - bojxona deklaratsiyasiga muvofiq ilgari O'zbekiston Respublikasiga keltirilgan summa doirasida. Norezident tomonidan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasida (olib kirish paytida to'ldirilgan) yoki TS-28 guvohnomasida (olib kirilishi paytida bojxona organi tomonidan berilgan) ko'rsatilgan summadan ortiqcha naqd chet el valyutasini olib ketish uchun asos bo'lib bank ruxsatnomasi hisoblanadi.
O’simiklar va o’simliklardan qilingan mahsulotlarni import qilish bo’yicha cheklovlar
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston aeroportlaridan Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlariga borilganda o’simiklar va o’simliklardan qilingan mahsulotlarni import qilish bo’yicha cheklovlar mavjud.
YI ga meva, sabzavot va o’simliklardan qilingan boshqa mahsulotlarni olib kirish, hattoki ularni import qilishni to’liq man etishgacha bo’lgan jiddiy qoidalar YI mamlakatlariga o’simliklardan qilingan mahsulotlar orqali yuqadigan turli kasalliklarni olib kirish, shuningdek zararlangan tovar kirib kelganda uning qishloq xo’jaligiga va oziq-ovqat ishlab chiqarishga zararli ta’sir ko’rsatish xavfi tufayli kiritilgan.
Iltimos, shuni e’tiborga olingki, YI mamlakatlariga yo’l olgan va ro’yxatdan o’tgan bagajida yoki qo’l yuki tarkibida fitosanitariya nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan mahsulotlar bo’lgan yo’lovchilar amalda bo’lgan fitosanitariya sertifikatining asl nusxasiga ega bo’lishlari kerak.
Ushbu turdagi tovarlar Bojxona xizmatida yoki yetib kelgach Karantin xizmatida deklaratsiya qilinishi kerak.
YI talablari buzilgan hollarda qoidabuzarlarga nisbatan 50 yevrodan kam bo`lmagan miqdorda jarima solinadi
U yoki bu mahsulotni YI ga olib kirish bo’yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi saytdan olish mumkin:
http://www.eppo.int/PUBLlCATlONS/poster/poster&leaflet.htm.
Do'stlaringiz bilan baham: |