Havo transporti haqida tushuncha, xalqaro aviatashuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash.
Havo transportida yo’lovchi tashish tartibga olishning huquqiy asoslari
Havo transportida yo’lovchi yoki yuk tashish to’g’risidagi shartnoma.
Aviachipta-aviatashish to’g’risidagi shartnomani tasdiqlovchi hujjat sifatida;
Aviachiptalarni bronlashtirishning zamonaviy tizimlari.
Havo laynerlarida ko’rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlar;
“O’zbekiston Havo yo’llari” milliy aviakompaniyasida yo’lovchilar tashish;
Tarix
Qanotlar yordamida uchish rejasini ilk bor Leonardo da Vinchi tuzgan edi. Leonardo da Vinchi qushlarning qanot qoqishini diqqat bilan kuzatib, qushlarning uchishiga asoslangan deltoplanni yasaydi. Biroq bu deltoplan mukammal emas edi.
1660-yilda Robert Guk qurishga urinib ko’rdi. Biroq, uning apparatida uchish xatarli bo’lgani uchun hech kim uni tekshirishga jur’at etolmadi.
1842- yilda Xenson ismli ingliz kishi bug’ mashinasi yordamida uchadigan apparat yaratishga urindi, biroq uning apparati ancha og’ir bo’lgani uchun ucha olmadi.
1870-yilga kelib Jorj Keyli samalyot qurishga imkon beruvchi parrakning nazariy hisob-kitobini taklif etdi.
Uning fikrlariga asoslab rus dengiz muhandisi A. F. Mojayskiy birinchi tayyora (samalyot)ni yaratib; unda parvoz qildi.
Bu voqea 1882- yilning yozida ro’y berdi.
1897 yilda nemis konstruktori Adden yaratgan “Avion” deb atalgan uchish aparati bilan ham xuddi shunday hol ro’y berdi.
1897 yilda nemis konstruktori Adden yaratgan “Avion” deb atalgan uchish aparati bilan ham xuddi shunday hol ro’y berdi.
Oradan olti yil o’tib aka-uka Orvill va Uilbur Raytlar juda yengil bo’lgan dvigatelni yasab uni o’zlari yasagan “flayer-1” samalyotiga o’rnatdi va 1903-yil 17-dekabr kuni osmonga ko’tarildi.
Ular 1905-yilda yana bir samalyot- “flayer-3” ni yaratishdi.
Bu apparat 12 sekundda 50 metr masofani uchib o’tdi.
1909- yilda esa ular soatiga 60 kilometr tezlik bilan yuradigan samalyotni yaratishdi
Xuddi shu modeldan boshlab Amerika va Evropada samalyotsozlik boshlandi. Yana shu narsa diqqatga sazovor-ki: 1909-yilda AQSh harbiylari aka -uka Raytlarning bu ixtirosini yuqori baholab, shu samalyotni harbiy variantini yasashni buyurtma berishgan.