Turistik xizmatlar tashkilotchisi yoki turizm menejeri


Turistik xizmatlar tashkilotchisi yoki turizm menejeri



Download 30 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi30 Kb.
#262481
1   2
Bog'liq
Turizm haqida ma'lumot. 2 doc

Turistik xizmatlar tashkilotchisi yoki turizm menejerini – turizm sohasini harakatlantiruvchi asosiy mexanizm deb hisoblash mumkin.
Agar siz ushbu kasbni tanlasangiz turoperator, turagent, turanimator, ekskursovod ixtisosliklarini qo‘lga kiritib, keng imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.
Turistik xizmatlar tashkilotchisi turistik xizmatlar sifati va ularning xavfsizligini ta’minlaydi. U turistik biznesga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni bilishi talab qilinadi. YAxshi menejer bir nechta chet tillarini mukammal bilishi lozim (kamida ikkita: albatta, ingliz tili, ikkinchisi esa turfirma ixtisoslashgan sohaga bog‘liq). Uzoq SHarqda, masalan, xitoy, koreys, yapon tillari yaxshi “qarshi olinadi”. Bundan tashqari, bu soha mutaxassisi turistik biznesning iqtisodiy qirralari (marketing, menejment, buxgalteriya hisobi)ni ham tushunishi va tahlil qila olishi lozim.
Turizm sohasi mutaxassislarining majburiyatlariga yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish ham kiradi, shuning uchun u geografiyani yaxshi bilishi; dunyo mamlakatlari tarixi va madaniyatida yaxshi mo‘ljal ola bilishi; shuningdek, tashkil etilayotgan turning maqsadini aniq tasavvur qila bilishi kerak. Maqsadiga ko‘ra esa turizm quyidagilarga bo‘linadi:





  • Dam olish turizmi;

  • Biznes turizmi;

  • Sport turizmi;

  • Davolanish turizmi;

  • Ziyorat turizmi;

  • Ekologiya turizmi;

  • O‘qish turizmi;

  • Diniy turizm;

  • Etnik turizm;

  • Xizmat turizmi;

  • Bolalar turizmi;

  • Nostalgiya turizmi;

  • Kosmik turizm.


Turmenejer bo‘lish uchun mustaqil ravishda, mehmonxona xizmatlari, vizalar, transport, safar chog‘idagi oziq-ovqatlar narxlarini ham belgilab borgan holda, qiziqarli marshrutlar seriyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. O‘shanda sizga faqat mijozlarni, ya’ni siz tomoningizdan ishlab chiqilgan turlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan narxlar bilan qoniqadigan sayohatchilarni topish qoladi, xolos.
Albatta, hammasi bu darajada oson emas. YOlg‘iz menejerlarga hozirda deyarli hech kim o‘z pullarin ishonib topshirmaydi, shuning uchun yaxshisi firma tashkillashtirish va turoperator litsenziyasini olgan afzal. YOki mijozlarning ishonchini qozonib ulgurgan turistik firmaga ishga joylashish ham ma’qul.
Marshrutlarni ishlab chiqish – nafaqat qiziqarli, balki ancha jiddiy va sermashaqqat ish. Og‘irligi shundaki, aviachiptalardan tortib muzeylar chiptalarigacha narxlar o‘zgarib boradi, siz esa bu narxlarni nafaqat kuzatib borishingiz, balki o‘zingiz taklif qilayotgan turlarga narxlarni (servis darajasi va sifatini saqlab qolgan holda) to‘g‘rilab borishingiz talab qilinadi.
Nimaiki qilma, baribir boshida, ish kuni davomida mijozlar qo‘ng‘iroqlariga javob qaytaradigan, yo‘llanmalarni sotish bo‘yicha agent bo‘lib ishlashga to‘g‘ri keladi. Agar turistlar agent tomonidan taklif qilingan turlardan birini tanlagan bo‘lsa, agent ular bilan kelishuvni va tegishli hujjatlarni tashkillashtiradi. Ular tanlovda bir to‘xtamga kelolmayotgan bo‘lsalar, agent ularni didga qarab, tur tanlab beradigan menejer sari yo‘llaydi.
Turistik xizmatlar “qozonida qaynab”, tajriba orttirgach va rahbariyat hurmatini qozongach, nisbatan yuqori darajaga – faoliyat ko‘rsatayotgan marshrutlarni boshqarish bo‘yicha menejer darajasiga ko‘tarilish mumkin. Bu lavozim juda ham muhim, ayniqsa tashqi turizmda, chunki turistlar o‘zlarni chet mamlakatga yuborgan menejerdan boshqa odamga tayana olmaydilar. Bunday menejer ularning xavfsizligi va safar sifati uchun mas’uldir.
Eng yuqori cho‘qqi – turistik firmaning top-menejeri, ya’ni nafaqat turistik marshrutlar va ularning bozorda ko‘tarilish konsepsiyasini, balki turistlar bilan ishlashda band bo‘lgan barcha xizmatlarni ishlab chiquvchi turfirma boshqaruvchisi. Bu darajaga ko‘tarilgandan so‘ng, bemalol o‘z shaxsiy turfirmasini tashkillashtirish g‘oyasini ilgari sursa bo‘ladi.
Turizm sohasida ishga joylashish qiyin emas, bu sohada saqlanib qolish va karera zinasida ko‘tarilishni boshlash qiyin. Turizmda ishlash uchun mustahkam asablar, chiqishimli xarakter va ba’zida yoqimsiz, ya’ni juda ham injiq insonlar bilan aloqaga bog‘liq bo‘lgan ishga chinakam tayyorgarlik kerak. Bu kasbda ishni endigina boshlagan chog‘dayoq ikkilanib qolish mumkin.
Muvaffaqiyatli turmenejerlar iqtisodiyotning turli sohalaridagi kichik tashkilotlar direktorlari darajasida maosh olishadi. Lekin boshida kamtaringina ish haqi evaziga, barcha bayram va dam olish kunlarini unutgan holda, qattiq ishlashga to‘g‘ri keladi. Ommaviy ta’tillar vaqtida siz jon-jahdingiz bilan ishlashingizga oldindan tayyor bo‘lishingiz kerak. SHundagina kelajakda omadli turmenejerga aylanasiz.
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish