Bog'liq Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko\'rsatuvchi subyektlarida xarajatlar
Turistik firma va mehmonxonalarda ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiruvchi xarajatlar va ularning hisobi
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga asosan ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar;
Xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq mehnat xarajatlari;
Xizmatlarni ko‘rsatishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
Xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya xarajatlari;
Xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar;
Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlari xizmatlari tannarxiga kiruvchi xarajatlar 21-son BHMSga muvofiq 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida olib boriladi. Bu schyot aktiv bo‘lganligi sababli turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarga buxgalteriya ishlovi berish jarayonida ushbu schyot debetlanadi, xarajatlarni hisobga olib boruvchi (0100–0299, 0410-0490, 1010-1090, 2810, 2920, 6520, 6710 va boshqalar) schyotlar kreditlanadi. Hisobot davri ohirida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» kreditlanadi, 9130 «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi» schyoti debetlanadi va shu yo‘l bilan yopiladi.
TURISTIK VA MEHMONXONA XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI SUBYEKTLARIXIZMATLARI TANNARXIGA KIRUVCHI XARAJATLAR
1. Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlari tomonidan mijozlarga xizmatlarni ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan moddiy xarajatlar dalolatnomaga asosan buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: D-t 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» K-t 1010-1090 «Materiallar» 2. Mijozlarga xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq xodimlarga hisoblangan ish xaqi xarajatlari ish haqi hisob-kitoblariga asosan quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: D-t 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» K-t 6710 «Xodimlar bilan ish xaqi bo‘yicha hisoblashishlar» 3. Mijozlarga xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq xodimlarga hisoblangan ish xaqi miqdoridan mahsus fondlarga hisoblangan ajratmalarga, ajratmalarga doir hisob-kitoblarga asosan quyidagicha yozuvlar amalga oshiriladi: D-t 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» K-t 6520 «Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar» 4. Mijozlarga xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya xarajatlariga, amortizatsiya hisob-kitobiga asosan quyidagicha aks ettiriladi: D-t 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» K-t 0212-0299 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» 5. Mijozlarga xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi korxona schet-fakturalar, dalolatnomalarga asosan buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi. D-t 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» K-t 6010 «Ta'minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»