Bog'liq Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko\'rsatuvchi subyektlarida xarajatlar
Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarida xarajatlar hisobi.
HBA-51 guruh
Xasanov Zafar
Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlari xarajatlarining tasnifi
Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlari xarajatlari - bu bevosita mijozlarga turli xizmatlarni ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan xarajatlarning puldagi ifodasining yig‘indisidir.
Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlari xarajatlarini mijozlarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha, amalga oshirilgan xarajatlarning tegishli davri bo‘yicha, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin
Turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlari tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari quyidagicha guruhlanadi:
Boshqa xizmatilar
Umumiy ovqatlanish xizmatlari
Turistik xizmat
Joy bilan ta'minlash (mehmonxona) xizmati
Savdo xizmati
TURIZM VA MEHMONXONA BIZNESI SUBYEKTLARI XARAJATLARI Faoliyat turlari bo‘yicha Tegishli davri bo‘yicha Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom bo‘yicha
Turizm faoliyatiga doir xarajatlar
Mehmonxona faoliyatiga doir xarajatlar
Savdo faoliyatiga doir xarajatlar
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar
Boshqaruv faoliyatiga doir xarajatlar
• Turizm faoliyatiga doir xarajatlar
• Mehmonxona faoliyatiga doir xarajatlar
• Savdo faoliyatiga doir xarajatlar
• Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar
• Boshqaruv faoliyatiga doir xarajatlar
• Ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
• Ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar, ya'ni davr xarajatlari
• Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
• Favqulotda zararlar
Turizm faoliyatiga doir xarajatlar – bu bevosita turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan xarajatlar yig‘indisi miqdori. Bularga turistlarni yotoq bilan ta'minlash xarajatlari, ovqatlanish xizmati xarajatlari, ekskursiyasi xizmati xarajatlari, transportirovka xizmati xarajatlari, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat xaqi bo‘yicha xarajatlari va shu kabi bevosita turistlarga ko‘rsatilgan boshqa xizmat xarajatlari taaluqli.
Mehmonxona faoliyatiga doir xarajatlar – bu turistlarga mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun sarflangan xarajatlar yig‘indisi. Bularga boshqa yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlari bo‘yicha (elektroenergiya, gaz, suv va shu kabilar) amalga oshirilgan xarajatlar, mehmonxona faoliyatiga taaluqli moddiy va mehnat xarajatlari, asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar va boshqa shu kabi xarajatlar kiradi.
Tegishli davri bo‘yicha turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: