2.2. Turistik marshrutlarning bahosi. Turistik marshrutlarning bahosini belgilashda turizmda qabul qilingan ma’lum bir hisob usuli yoki tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Ilmiy adabiyotlardan ma’lumki, chet el turizmida turistik marshrutlarning bahosini belgilashda ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Lekin ulardagi usullar va tavsiyanomalarni bizning turizmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki, ulardagi xizmatlar bilan bizdagi xizmatlar o‘rtasida katta farqlar bor.
Shuning uchun ham biz turistik marshrutlarning bahosini belgilashda albatda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni boshlashimiz kerak bo‘ladi. Maqsad shundan iboratki, turistlar ( ichki turistlar va xalqaro turistlar) turistik marshrutning baholarini surishtirishganda ularda hech qanday e’tirozlarga o‘rin qolmasligi kerak. Matbuotdagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, xalqaro turistlar ko‘pchiligi bizdagi xizmatlarning ancha qimmatliligidan hozirgacha shikoyat qilishmoqda (masalan, mehmonxona xizmatlari).
Turistik marshrutning bahosini belgilashda yoki tanlashda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘tkaziladi va bizning tavsiyalarimizning chizma holidagisi quyidagilardan iborat bo‘ladi (26-chizma). Rossiya davlatida Turistik marshrutning bahosini belgilashda marketing tadqiqotlaridagi asosiy yo‘nalishlar juda ko‘p. Shulardan xalqaro turizmda eng ommaviylashgan, kutiladigan natijalar bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi.
Turistik marshrutni tanlashda marketing tadqiqotlari yo‘nalish laridagi– «Bozorni tadqiq qilish» so‘rovida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, hozircha bizda turistik marshrutlarining bozori yo‘q. Marshrutlarning sotilishi va reklamasi haqida ham shunday xulosani keltirish mumkin. Turistik firmalar turistlar bilan qaysi marshrutlar bo‘yicha ishlashmoq da?– Bu holat ham noma’lum.
Bunday vaziyatlarda marketingda tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlari ning quyidagilari turistik marshrutni baholashda kutiladigan natijalarni beradi:
1. Turistik marshrutning bahosini belgilashda bozorni tadqiq qilish bo‘yicha marketing tadqiqotlari.
2. Turistik marshrutning bahosini belgilashda iste’molchini tadqiq qilish bo‘yicha marketing tadqiqotlari.
3. Turistik marshrutning bahosini belgilashda baholarni tadqiq qilish bo‘yicha marketing tadqiqotlari.
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha turistik marshrutning bozordagi umumiy talabi, haridorlari, ularning soni tadqiqot natijasida aniqlanadi, marshrutning turistik resurslardan foydalanishdagi o‘rni belgilanishi natijasida kerakli marshrut turi tanlanadi.
Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha marshrut haqida iste’molchilarning (turist larning) hohish istaklari, talablari, tanqidiy fikrlari hisobga olinadi. Bu axborotlar to‘planib tahlil qilinadi va iste’molchilar talabini qondira digan turistik marshrut ishlab chiqilib iste’molchiga taklif qilinadi.
Uchinchi yo‘nalish bo‘yicha turistik marshrutlarning baholari tadqiq qili nadi.Bu tadqiqotlarni o‘tkazish juda muhim hisoblanadi.Chunki respublika mizda ishlab chiqarilayotgan turistik marshrutlarning baholari tadqiq qilin magan. Hozirda Ӯzbekistonda muvaffaqiyat bilan ishlayotgan 2 ta marshrutning baholari quyidagicha:
1. «Tarixga sayohat» turistik marshrutda: bitta turist uchun -2057 AQSH dollari, ikkita turist uchun–1498 AQSH dollari, uchta turist uchun–1320 AQSH dollari, 3 ta turistning bir xonada joylashishi–615 AQSH dollari bahosida belgilangan.
2. «Tarix va zamonaviylik» turistik marshrutda: bitta turist uchun–3334 AQSH dollari, ikkita turist uchun – 1865 AQSH dollari, uchta turist uchun– 1652 AQSH dollari. 3 ta turistning bir xonada joylashishi–768 AQSH dolla ri bahosida belgilangan.
Ikkala turistik yo‘llanmaning narxi ham balandmi, pastmi tahlil qilish qiyin. Ovqatlar narxi, transport xizmati, dam olish va boshqa xizmatlar narxi alohida berilmagan va xizmat turlari aniq ko‘rsatilmagan, mahsulotlar narxi ham yo‘q. Bu holda turistik iste’molchiga turistik marshrutni qanday taklif qilish mumkin?
Shuning uchun ham turistik marshrut tanlanganda marshrutning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholar bo‘lishi shart. Marshrutdagi baholarni qo‘yish mezonlari keltirilishi yanada marshrut baholarining ishonchli qo‘yilganligi ni ham bildiradi.
To‘rtinchi yo‘nalishda turistik marshrutlarning ommaviylashgan reklama si ham sotish ham haridor ham hozircha yo‘q. Umuman olganda turistik marshrutlar ishlab chiqishning o‘zi qoniqarsiz holatda, marshrut yo‘q bo‘lgandan keyin uning bozori, reklamasi ham respublikamizda shakllangan emas (Turistik maarshrutlar deyarli og‘zaki tashkil qilinib og‘zaki o‘tkazilmoqda).